6 - MAVZU. KORXONALARDAGI INNOVATSIYALAR MARKETINGI
REJA:
6.1. Innovatsiyalar marketingi konsepsiyasi
6.2. Strategik innovatsion marketing
6.3. Operativ innovatsion marketing
Tayanch so‘zlar: innovatsion marketing, strategik innovatsion marketing, bozorni tadqiqot qilish tizimi, bozor sig‘imi, bozorning geometriyasi, innovatsiyalarning iste’molchilari, operativ innovatsion marketing, poziyasiyalashtirish (joylashtirish), innovatsiyalarning diffuziyasi, matematik modellashtirish, marketing tadqiqotlari, marketing samaradorligi
6.1.Innovatsiyalar marketingi konsepsiyasi
Innovatsiyalar marketingi konsepsiyasi butun marketing xizmati, bozorni tadqiqot qilish va korxonaning raqobat strategiyasini qidirib topishning asosiy ishi bo‘ladi. Innovatsiyalarni qidirib topishning boshlang‘ich bosqichida marketing bo‘linmalarining birinchi darajali vazifasini bajarish:
Talab va raqobatning darajasi;
Xaridorning xulqi va uning afzalliklarining dinmikasi;
Raqobatlashuvchi mahsulotlarning mavjudligi va yangilik bozorida raqobatlashib qolish imkoniyatini o‘rganishdan iboratdir.
Marketing strategiyasi, bozorning tahlili va operativ marketing quyidagi 6 prinsipli bosqichlardan iborat bo‘ladi.
- umumiqtisodiy tahlil;
-iqtiisodiy holatning tahlili;
-bozorni maxsus tadqiqot qilish;
- yangilikni kirib borishi strategiyasini ishlab chiqish;
- marketingning operativ tadbirlari;
- marketingga xarajatlar va undan daromadlarni baholash.
Marketing konsepsiyasidan shu narsa kelib chiqadiki, innovatsion marketing zamonaviy tushunishda biznesning strategiyasi, falsafasi, boshqaruv tadbirlari va vazifalari va metodologik asosining yagonaligidan iboratdir.
O‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar uchun innovatsion marketing asosida yangilikdir. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda firmani rivojlanishining marketingi konsepsiyasi o‘n yilliklar davomida faxriy o‘rinni egallaydi, bunda ta’kidlash kerakki, innovatsion marketingni ilmiy fan sifatida fujudga kelishi faqat keyingi o‘n yilliklarga to‘g‘ri keladi.
Innovatsion marketing tushuncha sifatida innovatsion marketingdan kengroq, u o‘z ichiga tashkilotning vazifasi, tafakkurning falsafasi ilmiy-tadqiqotlar sohasi, boshqaruv uslubi va xulqni oladi. Bu cheklangan, majbur qilingan novatorlik emas, munosabatlarning alohida turi va hattoki to‘liq qabul qilinishidir.
Innovatsion marketing sotsial yo‘naltirishga, izdoshlarga ega. Strategik va operativ tashkil qiluvchilar uning eng muhim turlari bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |