Mavzu: Korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish Sifat-bu ishlab chiqarilgan mahsulotning maqsadi va unga qo'yilgan talablarga muvofiq, shuningdek iste'molchilarning talab ehtiyojlarini qondirish qobiliyati bilan tavsiflanadigan xususiyatlarning to'plami
Kompaniyaning sifat siyosatining asosiy maqsadi mijozlarning talabiga javob beradigan mahsulotlarning barqaror sifatini ta'minlash bo'lishi kerak.
Korxonaning sifat sohasidagi siyosati sifat tizimini shakllantirish boshlanadigan asosiy prinsipidir. Bu korxonaning umumiy siyosatining elementi bo'lib, rahbariyat tomonidan tasdiqlanadi.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi o'z tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni,moddiy vositalarni va kuchli axborot oqimini oladi. Mahsulot sifatini boshqarish o'zida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini mujassamlashtiradi:
Oldindan aytib berish va rejalashtirish
Ishlarni tashkil qilish, nazorat, hisob-kitob, tahlil qilish
O'zaro muvofiqlashtirish va tartibga solish
Faol harakatga keltirish va rag'batlantirish
Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari 2 guruhga bo'linadi: Ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajaga o'tkazuvchi (mahsulotning deyarli yuqori texnikaviy darajasini va sifatini yaratish va o'zlashtirishini ta'minlovchi;
Ishlab chiqarish tizimidagi turg'unlikni ushlab turish va o'zlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat darajasida ta'minlash.
Jozef Juranning sifatni boshqarish uchun 7 qadamlik tizimi:
1. Munosabatlarni aniqlash;
2. Bir necha hayotiy loyihalarni aniqlash;
3. Bitimlarning oqimini tashkil qilish;
4. Tahlilni amalga oshirish va sabablarini aniqlash;
5. O'zgarishlarga qarshilikni oldini olish;
6. Tezda o'zgarishlarni joriy qilish;
7. Yechimlarning bajarilishini nazorat qilish.
Sifat tizimi bo'yicha birinchi marta milliy standartlar 1983-yili Buyuk Britaniyada o'rnatilgan. Ushbu tadbirdan asosiy maqsad firmalarga mahsulot sifat tizimini joriy qilish va ushbu tizimni sertifikatsiyalash metodikasini yaratishdan iborat edi.
Buyuk Btitaniyadan keyin boshqa Yevropa mamlakatlarida ushbu tizim joriy etila boshlandi.
Korxonalar faoliyatiga sifat tizimini joriy qilish bo'yicha haqiqiy shovqin 1987-yili standartizatsiyalash bo'yicha xalqaro tashkilotning (SXT) (The International Organization for Standartization) ISO tomonidan mahsulot sifatini boshqarish va ta'minlash bo'yicha ISO 9000 guruh standartlarini chop etilganidan so'ng bo'lib o'tdi
XST 9000 ga asosan korxonaning sifat tizimi 20 ta elementdan tashkil topgan bo'lishi kerak. Ushbu elementlar minimal bo'lib, korxonalar ularning sifatli mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatini isbotlash uchun bajarilishi lozim.
E'tiboringiz uchun rahmat