4.Bankrotlikni aniqlashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi va ularning qiyosiy tahlili.
5.Iqtisodiy nochorlikni baholashning milliy va xalqaro tajribalari.
6.Iqtisodiy nochorlik xavf-xatarlarini aniqlashda moliyaviy holat tahlili. Bankrotlikni aniqlashning turli modellari.
7.Bankrotlik taomillari: kuzatuv, tashqi boshqaruv, sanatsiya, tugatishda moliyaviy holat tahlili.
8.Korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
9.Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni oldini olish chora-tadbirlari.
10.Bankrotlikni oldini olishda moliyaviy menejmentdan foydalanish.
12.1. Iqtisodiy nochorlik (bankrotlik)ni baholashning obyektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
Qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarishga buyurilgan holat kishilik jamiyatining shakllanishining ilk davrlariga borib taqaladi. Shu sababli‚ ham bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)ning tarixini o‘rganishda uning yuzaga kelgan davri sanasini aniq belgilash doimo muammo bo‘lib kelgan.
Qarzdor o‘z majburiyatlarini bajarishga buyurilgan holat kishilik jamiyatining shakllanishining ilk davrlariga borib taqaladi. Shu sababli‚ ham bankrotlik (iqtisodiy nochorlik)ning tarixini o‘rganishda uning yuzaga kelgan davri sanasini aniq belgilash doimo muammo bo‘lib kelgan.
Jumladan “Yangi ahd”da yaxudiylarning har yetti yilda bir marta barcha majburiyatlaridan kechish urfi belgilangan. Har ellik yilda bir marta etnik tarkibidan qat’iy nazar barcha millat vakillarining majburiyatlaridan kechish, qullarni ozod qilish shartlari belgilangan.
Qadimgi Gretsiyada oila boshlig‘i o‘z majburiyatlarini to‘lay olmasa, uning barcha oila a’zolari majburiyatlarni to‘liq qoplagunga qadar, o‘z kreditor qarzini va zararini qoplagunga qadar qullikka mahkum qilingan. Ko‘pgina shaharlarda uning muddati 5 yil qilib belgilangan.
Qarzdorning kreditor oldidagi shaxsiy majburiyatlarini belgilashning huquqiy normalari ilk bor Rim qonunlarida uchraydi. Qarzdorlik majburiyatining yuzaga kelganligi va uning muddatining 90 kundan oshganligi ilk bor ushbu qonunlarda aks etgan.
Rim imperiyasi qo‘llagandan keyin iqtisodiy nochorlik normalarini belgilash va ularni rasmiy jihatlari Italiyada rivojlana boshlandi. Bu bevosita Italiyada savdo faoliyatining keskin rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Shu sababli ham ushbu jarayon birinchi navbatda savdo faoliyatida qo‘llanila boshladi. Iqtisodiy nochorlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi savdo sudlarining vujudga kelishiga ham ushbu jarayonga sabab bo‘lgan. Iqtisodiy nochorlikni e’lon qilish tartiblarida ilk bor qarzdor yoki kreditorlarning murojaati bilan nochorlikni tan olish va belgilash tartiblari qayd etilgan.