1-Amaliy mashg’ulot
1-Mavzu: MOLIYAVIY HOLATI TAHLILINING MOHIYATI, AHAMIYATI VA AXBOROT MANBALARI (4 soat)
1-Topshiriq:Quyida Buxgalteriya balansi ko’rsatkichlaridan foydalanib
talab etilgan topshiriqlarni bajaring.
1.Mol-mulk tarkibining tahlili
1-jadval. Buxgalteriya balansi aktiv moddalarining tahlil qiling.
Mol-mulkning
tarkibi
|
Yil boshiga
|
Yil oxiriga
|
O‘zgarishi (+,-)
|
Summa, ming so‘m
|
Salmo
g‘i, %
|
Summa, ming so‘m
|
Salmog‘i,
%
|
Sum-
madagi, ming so‘m
|
Sal-
moq-
dagi,
%
|
Yil boshiga
nisbatan o‘sishi, %
|
1. Uzoq muddatli aktivlar
|
186790
|
|
203491
|
|
|
|
|
2. Joriy aktivlar Shu jumladan:
|
531756
|
|
689066
|
|
|
|
|
a) Tovar-moddiy
zaxiralari, kelgusi davr va muddati kechiktirilgan xarajatlar
|
470833
|
|
531450
|
|
|
|
|
b) Pul mablag‘lari
va qisqa muddatli qo‘yilmalar
|
7657
|
|
9491
|
|
|
|
|
d) Debitorlar
|
53266
|
|
148125
|
|
|
|
|
Balans aktivining jami:
|
718546
|
100,0
|
892557
|
100,0
|
|
|
|
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, biz tahlil qilayotgan xo‘jalik subyektida o‘rganilayotgan joriy davrda jami aktivlar summasi ________ ming so‘mga yoki ______ % ga ko‘paygan. Aktivlarning ko‘payishini ijobiy baholagan holda, ma’lumotlarga e’tibor qiladigan bo‘lsak, aktivlarning ko‘payishi, asosan, joriy aktivlarning _____ ming so‘mga ortganligi hisobiga bo‘lgan. Korxonaning uzoq muddatli aktivlari ham ________ ming so‘mga ortganligini ijobiy baholamoq lozim. Joriy aktivlarning tarkibini o‘rganadigan bo‘lsak, joriy yil oxirida yil boshiga nisbatan tovar-moddiy zaxiralar _______ % ga ko‘paygan, ya’ni bu ______ ming so‘mni tashkil etadi. Xo‘jalik subyektining debitorlik qarzlari ham yil oxiriga kelib _______ % ga yoki ______ ming so‘mga ko‘payganligini salbiy baholamoq kerak, chunki, debitorlik qarzining bunday tartibda ortib borishi korxonaning aylanma mablag‘larini aylanishini sekinlashtiradi, to‘lov qobiliyatini yomonlashuviga olib keladi. Korxona aktivlari tarkibida asosiy salmoqni tovar-moddiy zaxiralari egallamoqda, ya’ni u ___ % ga yaqin aktivlar summasini tashkil etmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, korxonada me’yordan ortiqcha tovar-moddiy zaxirasi yaratilganligini hamda uning natijasida korxona joriy aktivlarini aylanishi sekinlashishini ko‘rsatmoqda. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati mavjud aktivlardan unumli foydalanish choralarini ko‘rishi lozim.
Bozor sharoitida aylanma mablag‘lar, zaxiralar va tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi eng kam, sof faoliyat ko‘rsatadigan sharoitiga yetarli bo‘lishi lozim. Tahlilda esa balans ma’lumotlari va materiallarni hisoblovchi schotlardan foydalaniladi.
2-Topshiriq: Mablag‘lar manbayi tahlili
2-jadval Buxgalteriya balansini passiv moddalarining tahlil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |