Muayyan maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlaydigan kishilar birlashmasi an’anaviy ravishda, korxona va tashkilot, deb ataladi.
XX asrning oxirida korxona va tashkilot jamoat hayotining haqiqiy universal shakli b o ‘lib qoldi. Agar XIX asrdagi m a ’naviy va siyosiy inqiloblar insonni aksincha, qarashlaridan ijtimoiy qarashlarga ega b o ‘lgan mavjudotga aylantirgan b o ‘lsa, XX asrdagi inqiloblar, avvalo, texnologiya sohasidagi inqilob, insonni korxona va tashkilot odamiga aylantirdi.
Korxona va tashkilotga, avvalo, uch omil ta ’sir ko‘rsatadi. Ulardan b ir in c h is i — m ijo zlar (is te ’m o lc h ila r yoki b o z o r), ikkinchisi — mulk egalari (korxona va tashkilotga mablag4 q o ‘shgan kishilar), uchinchisi — xodimlardir. Ba’zan bu omillar sirasiga to'rtinchisini — rahbarlarni ham kiritiladi. Ular bir tomondan, mulk egalarining vakillari bo‘lishsa, ikkinchi tom ondan, boshqa xodimlar singari yollangan xodimlar hisoblanishadi.
Boshqaruv apparati mehnatini maqbullashtirishga yagona yondashuvni ta’minlash maqsadida ta'rif-malaka ma'lumotnomasi xam qo'llanilib, ularda xodimlar bajarishi lozim bo’lgan ishlar xajmi murakkabligi, rahbarlik lavozimi to'rli boshqaruvchilik vazifalarini bajaruvchilar uchun talab etiladigan daraja xamda ish staji ko’rsatiladi.
Boshqaruv ishi texnologiyasida ish vaqtining katta qismi (70%) xujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Shu sababli xujjatlar almashinuvini doimo takomillashtirib borish lozim.
Menejer mehnatiga, shuningdek, korxona va tashkilotda axborot oqimlari yo'nalishi va xujjatlar aylanish texnologiyasi makbo’lligi xam katta ta'sir ko’rsatadi. Bu erda xujjatlar o’tadigan bosqichlar sonini ularni birlashtirish natijasida qisqartirish katta samara berib, natijada asoslanmagan muvofiklashtiruv bartaraf etiladi. Agar muvofiklashtirish muhim bo’lsa, xujjatlar o’tish bosqichlari o'rnini almashtirish xam yaxshi natija beradi.
Xujjatlar almashinuviga ketadigan vaqtni qisqartirish maqsadida ular o’tish texnologiyasi belgilanadi, axborot o’zatilishining maqbul yo’llari belgilanadi. Rahbar faqat boshqalarga topshirish mumkin bo’lmagan xujjatlarga imzo chekadi. Xatlar tayyorlash bilan bog’liq ish vaqtini tejashda maxsus namunali matnlar standart blanklardan foydalanish katta axamiyatga ega. Korxona va tashkilotlar o'rtasida yozishmalarda kelgan xujjatni javobi bilan qaytarish keng qo'llaniladi.
Xujjatlarni bir xillashtirish va standartlash - menejer mehnatini tashkil etishning muhim yo'nalishidir. Standart blanklarni qo’llash xatolar kamayishiga va natijada boshqaruv xarajatlari qisqarishiga olib keladi.
Axborot xajmi muntazam ortib borayotgan sharoitda menejer mehnatini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ayniqsa muhimdir. Mutaxassislar fikriga ko’ra boshqaruv apparatida tashkiliy va xisoblash mashinasi, aloqa vositalari yordamida 7 % ishni mexanizatsiyalash mumkin ekan. Menejer mehnatini takomillashtirishning muhim younalishi ish joyini makbul tashkil etish va eng avvalo, mehnat xususiyatlarini bo’linmalar o’zaro aloqasini ishlar muhimligini xisobga olgan xolda joylashtirishdir. Ish stollari, uskuna, javon, kartotekalar qulay va qo'l etadigan qilib joylashtirilishi kerak.
Personalni boshqarishning zarur obyekti — korxona va
tashkilotning ijtimoiy muhitini rivojlantirishdir.
Ijtimoiy muhit korxona va tashkilot faoliyati va iqtisodiy
tomonlari bilan uzviy ravishda o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular
birgalikda bir butunlikni tashkil etadi.
Korxonaning ijtimoiy rivojlanishi — personalning ijtimoiy
tuzilishini takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonida mehnat
sharoitlarini yaxshilash, samarali mehnatni, jamoada sog‘lom
vaziyatni yaratish, xodimlarning ijtimoiy sug‘urtalanishini
ta’minlash, har bir xodimning oilasi turmush darajasini ta’minlash
rivojlanishni boshqarish-korxona va tashkilot imkoniyatlaridan
oqilona foydalanishga, uning asosiy maqsadlariga erishishga
bo‘ysundirilishni taqozo etadi.
Korxona va tashkilotlar ijtimoiy muhiti asosiy omillariga
korxona
potensiali, uning infratuzilmasi; ish sharoitlari va mehnatni
muhofaza qilish; xodimlarning ijtimoiy himoyalanganligi;
jamoadagi ijtimoiy-ruhiy vaziyat; mehnatni moddiy rag‘batlantirish
va oila budjetlari; dam olishdan samarali foydalanish
va shu kabilar kiradi.
Ijtimoiy infratuzilmalar va ularning obyektlari umumlashgan
uy-joy fondi, tibbiyot va davolash profilaktika muassasalari;
ta’lim va madaniyat obyektlari; savdo va umumiy ovqatlanish;
maishiy xizmat ko‘rsatish; sport inshootlari; jamoa, dala hovli
hamda bog‘dorchilik– mevachilik shirkatlari va boshqalar
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |