Bosh Buxgalterning huquq va majburyatlari Buxgalter har bir bajargan operatsiya ishlarida amalga oshirilgan muomilalar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi va imzo bilan tasdig’ini topadi. Buxgalter hisob to’risidagi qonuning 8-moddasiga binoan xo’jalik yuriyuvchi subekt rahbari xo’jalik muomilalarini amalga oshirish Ruxsatnomasiga va subekt nomidan hujjatlarni imzolash ega bo’lgan shaxslar ro’yxatining mavjudligi uchun javobgar bo’ladi. Korxona Bosh Buxgalteri Rahbar bilan birgalikda Tovar moddiy boyliklar va pulmablag’larini qabul qilish hamda berish uchun asos bo’ladigan hujjatlarga hisob kitob yoki kredit va molyaviy majburyatlar hamda xo’jalik shartnomalariga imzo chekadi. Ushbu hujjatlarda Bosh buxgalter imzosi bo’lmasa ushbu hujjatlar haqiqiy deb topilmaydi.
Hujjatlarga imzo chekish huquqi korxona rahbarining yozma ravishdagi farmoyishi bilan vakolatli shaxslarga berilishi mumkin korxona moddiy abobgar shaxslarga masalan kassir, ombor mudiri va boshqalar. Ishga tayinlash va vazifasini o’zgartirish va ishdan bo’shatish Bosh Buxgalter bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Agar korxona Bosh Buxgalteri ishdan bo’shatilsa uning ishlarini yangi tayinlangan Bosh Buxgalter zimassiga yuklatiladi bu jarayonda buxgalterya hisobining holati va hisobot malumotlari aniqligi tekshirilib korxona rahbari tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuziladi. Korxonaning choraklik va yillik hisobotiga Rahbar va Bosh Buxgalter imzo chekadi. Agarda korxonaning buxgalteriya hisobi ishlari shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan tashkilot yoki mutaxasis tomonidan yuritilsa molyaviy hisobotga korxona rahbari va buxgalterya hisobini yuritadigan mutaxasis imzo chekadi. Bosh Buxgalter xodimlarni korxonaning ishlab chiqarish va xo’jalik faolyatini operativ boshqarishda muhim o’rin tutadi va muhim vazifalarnini bajaradi hisob malumotlari asosida korxonaning rahbar va xodimlari reja topshiriqlarining hamma ko’rsatkichlari bo’yicha qanday bajarilyotgani haqida xulosalarni chiqaradi. 1.Material bo’limlar—bunda sotib olingan qiymatliklarni material buyumlar bilan hisob kitoblarni materiallarni saqlash va foydalanishi bo’yicha kirimini va srflanish bo’limini yuritadi .
2. Hisoblashish bo’limi—bu yerda dastlabki hujjatlarga asosan ish haqini hisoblash va undan ishlanmalar bo’yicha hisoblashishlar olib boriladi. . 3. Ishlab chiqarish bo’yicha –kalkulyatsiya bo’limi bu bo’limda barcha turdagi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobi yuritiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxi aniqlanadi Tugallanmagan ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar tarkibi aniqlanadi.
4. Umumiy bo’lim—bu bo’limda yuqorida sanab o’tilgan bolimlarda hisobga olinmaydigan muomilalar hisobi yuritiladi.