4.Tavakkallikni baholash. Bozor sharoitida korxonalarning faoliyat ko’rsatishlari xo’jalik holatlarining barqarorligi, raqobatning mavjudligi, extiyojning o’zgaruvchanligi va tuzilishining o’zgarib turishlari, ishlash sharoitlarining doimiy o’zgarishlari, ya’ni korxonalarning tavakkalli ishlashlari bilan bog’lik bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida korxonalar o’z ishlarini uddalamok uchun yangi toifadagi rejalashtirishga o’tishlari lozim. Bozor sharoitida tavakkallikning mavjudligi mijozlar va tashish xajmlarini yo’qotish, extiyojini noto’g’ri baholash, shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik, extiyot materiallarni keragidan ortiqcha bunyod etish kabilar o’zlariga mos eng munosib (optimal) reja yechimlarini beradigan variantlarni aniqlash lozimligini belgilaydi. Tavakkallikni baholash usulidan «muvozanatli ifodalash»-xo’jalik muhitida amalda hisobga olinadigan tavakkallik omillarining juda aniq rasmiy chizmasini rejali yechimini tuzishda imkoniyat beradi. Avtomobilь transporti va TXKda bunday tavakkallik omillari sifatida transport xizmatiga bo’lgan extiyojlarning tasodifiy o’zgarib turishlari (beqarorligi), raqobatlarning mavjudligi, tashish shart-sharoitlaridagi o’zgarishlar, mijozlar bilan bo’lgan munosabatlar va boshqalar o’rin to’tadi. Avtomobilь transportida yetarli yuqori darajadagi tavakkallikni izoxlaydigan omil bo’lib uning ish texnologiyasi hisoblanadi. Xuddi shunday omborxona ishlari doimo ta’minlay olmaganligi uchun avtomobilь transport korxonalari o’zini extiyot rezervlari bilan qoplash mumkin bo’lgan beqaror extiyojini ta’minlashga qurbi yetmaydi, bundan tashkari 20-30 % yuk xajmi yakka xol talabnomalardan iborat bo’lib, qaysiki oldindan ko’rish mumkin emas. Bu ham tavakkalning oshishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, rejani tanlashda holis baholash bilan birga rahbar yana rasmiylashtirishga bo’ysinmaydigan, insonga bog’lik bo’lgan (bir tomonlama, shaxsiy) omillarni ham hisobga oladi. Bozordagi holatni, transport va texnik xizmatlarga bo’lish mumkin bo’lgan extiyoj darajasini rahbar yoki menejment (echim qabul qilayotgan shaxs) o’zining tajribasi, sezgisi (farqi, farosati), o’tgan davr vaziyatlarini tahili bo’yicha turlicha baholaydi. Bunday baholashlar, shaxsiy (sub’ektiv) baholash hisoblanadi va rejani tanlashga ta’sir ko’rsatadi. Avtomobilь transporti va aholi transportlariga TXK korxonalari faoliyatida tavakkallik omillarini tahil qilish va baholash hamda rejali yechim qabul qilish uchun xozirgi vaqtda rejali yechim qabul qilish texnologiyasining uslubiy asoslari ishlab chiqilgan. Ushbu ishlanmaga rahbar yoki menejment mo’ljallashi mumkin bo’lgan holis tavakkallik omillari, rahbarning shaxsiy afzalligi va ma’lum maqsadlari majmuasining mavjudligi hisobga olingan. Tavakkallik o’lchash va baholash masalalari ba’zi bir boshlangich ifodalarga e’tibor berishni talab qiladi. Masalan: tavakkallik vaziyati nima? Tavakkallikning o’zi nima? Bu savollarga qisqacha bunday javob o’rinli bo’lishi mumkin. Tavakkallik vaziyati deganda u yoki bu xodisa yechimining miqdor jihatdan bajarilishi extimol darajasini aniqlash imkoniyati tushiniladi. Miqdor ulchami, bu tavakkallik darajasini aniqlashda hisobga olinadigan extimollik qiymatidir. Tavakkallik deganda qabul qilingan rejali yechimlarni bajarmaslik extimoli tushuniladi, qachonki bu yechimlarning xaqikiy bajarilishi tasodifiy kattalik bo’lib mavjud xo’jalik muhiti sharoitida noaniqlik omillari ta’siriga bog’lik bo’lsa. Bashorat qilish va tavakkallik xavfini oldini olish uchun biznes-reja foydalaniladi. Biznes-reja bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyatini boshqarish vositasi (mexanizmi) bo’lib xizmat qiladi, shuning uchun sungi yoritiladigan izlanish materillari biznes-reja va bozorning muvofiklashtirish muammolarini yechishga qaratilgan. Bundan maqsad transport xizmati bozoridagi o’zgarishlarni keltiradigan tavakkalligi va avtomobilь transportida amaldagi xo’jalik mexanizmi bilan bog’lik tavakkallik elementlarini hisobga oluvchi eng kulay yechimlar ishlab topishdan iborat bo’ladi. SHunday unsurlardan, xususan jarima sanktsiyalarining turli tizimlari: shartnoma majburyatlarini buzish, xom ashyo zaxiralarini me’yoridan oshirib saqlash, ishlab chiqarish jamgarmalarini xizmat muddatidan ziyod foydalanishlar hisoblanadi. Xozirgi kunda yuk tashuvchi avtomobilь transporti korxonalarida xavfli yuklarni tashishda, yo’llar kurilishida tavakkalli baholash uslublari mavjud. Reja yechimlari qabul etishdagi tavakkallikni hisobga olish va baholash quyidagi chora-tadbirlar evaziga erishilishi mumkin.
1). Korxonalarning xo’jalik faoliyatlaridagi tavakkallikning chora -tadbirlari toifalarini ishlab chiqish bilan;
2). Korxonaning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini rejalashtirish texnologiyasi (ma’lum uslublar bilan rejalashtirishni amalga oshirish jarayonlarining majmui)da tavakkallik bilan chora-tadbirlarni hisobga olish yo’li bilan;
3). O’zgarib turgan xo’jalik sharoitida tavakkalli suxbat tarzida (dialog tizimida) olib boriladigan andoza tayyorlash tavakkallikning xususiyati va istalayotgan darajasiga qabul etilgan yechimini shaxslarga beriladigan reja andozasini ishlab chiqish bilan; 4). Yuklarni tashish xajmi, asosiy mablaglarni yoshiga karab aniqlash kabilarda tavakkallik omillari hisobiga oluvchi rejalashtirish uslublarini ishlab chiqish bilan; 5). Reja yechimlarini qabul etishda eng optimal tavakkallik darajasini baholash uslublarini ishlab chiqish bilan. Korxona faoliyatining tavakkallik omillarini hisobga olgan rejalashtirish texnologiyasi (ayniksa bozor munosabati sharoitida) dolzarb ilmiy muammo hisoblanadi, uning amaliy ahamiyati transport barcha mutaxasislarning manfaatiga dahildordir.