Mavzu: Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti Reja: 1


Konstitusiyamizning XIII bobida jamoat birlashmalariga quyidagicha ta’rif beriladi



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/401
Sana08.02.2022
Hajmi1,53 Mb.
#436359
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   401
Bog'liq
2 5192695407385253356

Konstitusiyamizning XIII bobida jamoat birlashmalariga quyidagicha ta’rif beriladi:
“O’zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy
harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.”
10
Ta’rifdan ko’rinib turibdiki, barcha fuqarolik jamiyati institutlarini jamoat birlashmalari tashkil qiladi.
Demak, fuqarolik jamiyati institutlari jamoat birlashmalari sifatida jamoatchilik nazoratining subyektlari
hisoblanadi. Mana shu jumlaning o’zida fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini tashkil
qilishdagi o’rni va roli o’z ifodasini topgan.
Jamoat birlashmalari orasida siyosiy partiyalar jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda ancha faol ishtirok
etmoqda.Mamlakatimizdagi eng ko’p sonli jamoat tashkiloti kasaba uyushmalaridir. Ular mehnatni muhofaza
qilish, mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish va nazorat qilish kabi masalalarda birqancha ijobiy ishlarni
amalga oshirdi.
Tashkilot va korxonalardagi Jamoa shartnomalarining ma’muriyat tomonidan bajarilishini nazorat qilish
kasaba uyushmalarining eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifani kasaba uyushmalarining ko’pchilik
boshlang’ich tashkilotlari qoniqarli bajarmoqda.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida muhim omillardan hisoblangan ommaviy axborot
vositalari taraqqiy topmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda o’nlab nodavlat telekanallari, yuzlab bosma axborot
vositalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bari jamoatchilik nazoratining subyektlari hisoblanadi. Jamoatchilik
nazoratida ular ishtirokining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, ular mazkur jarayonda bevosita ishtirok
etishlaridan tashqari nazoratning boshqa subyektlari tomonidan aniqlangan qonunga xilof holatlarni keng
jamoatchilikka yetkazishda muhim rol o’ynaydi. Ular yetkazgan ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish
hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini shakllantiradi.
O’zbekistonda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat organlari barcha
sohalaridagi faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan biriga aylantiradi.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat hokimiyati organlari va o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyati
shaffofligini ta’minlash, ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayyorlanayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik
qarorlarni jamoatchilik ekspertizasidan o’tkazish,ijroiya hokimiyati organlari qoshida jamoatchilik kengashlarini
tuzish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash mexanizmlarini yaratish
bilan bog’liq. 
187


Jamoatchilik nazoratining hokimiyat vakolatlariga ega emasligi, uning yetarli ta’sir kuchiga ega emasligi
to’g’risida noto’g’ri tasavvurlar keltirib chiqarishi mumkin. Aslida, unday emas. Jamoatchilik nazorati jarayonida
aniqlangan qonundan chetga chiqish holatlari vakolatli davlat organlariga yoki jamoatchilik fikriga murojaat etish
orqali bartaraf etiladi. Mazkur holat jamoatchilik nazorati subyektlari nazoratning ham huquqiy, ham ijtimoiy
mexanizmlardan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Davlat nazorati esa, asosan, huquqiy mexanizmlardan
foydalanadi. 
Jamoatchilik nazoratining mohiyati davlat hokimiyati organlari faoliyatiga tanqidiy munosabatda
bo’lishdagina emas, ana shu tanqidiy munosabat orqali davlatni qo’llab-quvvatlashda ham namoyon bo’ladi. 
Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati organlari
faoliyatining shaffofligidir. 
Shuni alohida aytishimiz kerakki, davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2020 yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga
Murojaatnomasida quyidagi masalani olg’a surgan edi: “Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid va
jamoatchilikda alohida qiziqish uyg’otadigan o’ta muhim masalalarga doir qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik
bilan maslahatlar, jamoatchilik eshituvlarini o’tkazish majburiyligini aniq belgilash kerak. Jamoatchilik ma’qul desa
– ma’qul, noma’qul desa – noma’qul bo’ladi.
Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o’rtasida o’zaro yaqin hamkorlik o’rnatish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Jamoatchilik palatasini tashkil etishni taklif qilaman.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlarini bajarishda parlament, hukumat va
fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yo’lga qo’yish, bu masala bo’yicha muntazam ravishda
parlament va jamoatchilik eshituvlarini tashkil etish lozim”.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   401




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish