Ma’lumki, NNTlar hokimiyat funksiyalari va vakolatlariga ega emas. Lekin ular davlat hokimiyat organlari
faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Ana shu huquq samarali ishlashi uchun davlat hokimiyati organlari
faoliyatining shaffofligini ta’minlash zarur. Shuning uchun mamlakatimizda davlat hokimiyati
va boshqaruvi
organlarining ochiqligini ta’minlash bo’yicha maxsus qonun qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to’g’risida”gi Qonunida ham fuqarolarning
birlashmalar tuzish huquqi kafolatlangan: “Inson huquqlari to’g’risidagi Umumiy deklarasiyaga, O’zbekiston
Respublikasining
Konstitusiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish
erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo’yiladi”
8
Mazkur Qonunda “jamoat birlashmasi”
tushunchasiga ta’rif ham berilgan: “O’z huquqlari, erkinliklarini xamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish,
fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish
uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma
jamoat birlashmasidir.” Ko’rinib turiptiki, jamoat birlashmalariga berilgan ta’rif ko’pchilik tomonidan e’tirof
etilgan “Vikipediya” lug’atida keltirilgan ta’rifga to’la mos keladi va ta’kidlash joizki, bizning qonunimizda
jamoat birlashmalariga berilgan ta’rifning bir qator jihatlari “Vikipediya”dagidankengroq va mustahkamroqdir.
Konstitusiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo’yilgan.
Jamoatchilik
nazoratidavlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati bo’lmagan davlatni
ijtimoiy davlat deb bo’lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo’lsa, davlatning ijtimoiylik darajasi
shunchalik yuqori bo’ladi.Davlat ijtimoiy hayotida xalq qo’llab-quvvatlagan narsalargina yashashi kerak.
Jamoatchilik ekspertizasi yakunlariga ko’ra aholi qo’llab-quvvatlamaydigan narsa va hodisalarga barham
berish zarur. Jamoatchilik nazoratining shakllaridan biri bo’lgan jamoatchilik
ekspertizasi mamlakatda yuz
berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarga aholining munosabatini aniqlaydi va mazkur
jarayonlarning qay biri yashashi va qay biridan voz kechilishi kerakligi to’g’rsida xalqning hukmini ifodalaydi.
Fuqarolik jamiyati institutlari jumlasiga jamoat birlashmalari,
siyosiy partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar
harakatlari, ekologik harakat, turli jamg’armalar, uyushmalar kiradi. Bu institutlar tom ma’noda
jamoat
birlashmalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: