O‘zbekistoi “Adolat” sotsial-demokratk partyasi
(SDP) 1995 yil
18 fevralda tashkil topdi. Partiya milliy xususiyatlarni inobatga olgan holda halqaro sotsial-
demokratik harakatining asosiy negizi bo‘lgan “Adolat”, “Erkinlik”, “Birdamlik” shiorlarini
qo‘llab-quvvatlashini va o‘z faoliyatini o‘zini o‘zi boshqarish, oshkoralik va shaffoflik, qonuniylik,
ko‘ngillilik, partiya hayotida faol qatnashish, partiya saflariga kirish va undan chiqish erkinligi,
partiya a’zolarining teng huquqliligi asosida olib borishini e’lon qildi.
O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadi:
-demokratik, huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan kuchli,
adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishda hamda O‘zbekiston hududida yashayotgan barcha millat
va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan, fuqarolarning qonun oldida tengligi,
birdamligi, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari ta’minlangan ma’naviy jipslashgan jamiyatni
shakllantirishda faol ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |