Fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash. Harakatlar strategiyasida Fuqarolarning huquq va
erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash borasida
fuqarolarning xususiy
mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga
oshirish kafolatlarini mustahkamlash masalalari ham nazarda tutilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida «Bozor
munosabatlarini
rivojlantirishga
qaratilgan
O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat
iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik
va mehnat
qilish
erkinligini,
barcha
mulk
52
shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza
etilishini kafolatlaydi», - deb belgilangan.