17
QARANG. SHavkat Mirziyodv. qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash - Yurt taraqqiyot va
xalq farovonligining garovi. O‘zbdkiston Rdspublikasi Konsttutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza // «Xalq so‘zi», 2016 yil 8 ddkabr.
47
SHu o‘rinda aytish joizki, 2016 yilning 24 sentyabridan boshlab dastlab
Bosh vazir, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur qabulxonaga qilingan murojaatlar va
ularning tezkor va sifatli hal etilishi jamiyatimizda shu paytgacha uchrab turgan
murojaatlarni chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo‘lish
holatlariga keskin chek qo‘yildi, desak, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi. CHunki,
qisqa davr ichida mamlakatimiz hududining eng olis joylaridan tortib,
poytaxtimiz Toshkent shahrigacha turli-tuman masalalarda yig‘ilib qolgan
muammolar tezkorlik bilan hal etilmoqda. Fikrimizni
quyidagi raqamlar ham
tasdiqlaydi, xususan, 2017 yilning 20 fevraliga qadar Virtual qabulxonaga jami
509122 ta murojaat qilingan va bugungi kunda ushbu murojaatlarning 436408
tasi ko‘rib chiqilgan
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda qabul qilgan
«Jismoniy va Yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
farmoni ana shunday
masalalarni hal etishning zamonaviy usullarini hayotimizga tatbiq etishni nazarda
tutishi bilan ahamiyatli
3
.
SHu maqsadda farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq
qabulxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida,
shuningdek» har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Xalq qabulxonalar) va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining virtual
qabulxonasi tashkil etilishi belgilab qo‘yildi.
Takidlash lozimki, bu aholining eng dolzarb muammolarini hal etish
imkonini beradi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari,
barcha darajadagi hokimliklar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali
mexanizmini yaratishga asos bo‘ladi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va
qonuniy manfaatlarini to‘laqonli himoya etish imkoniyatlari kengayadi.
Murojaatlar bilan ishlash sifati yangi bosqichga ko‘tariladi.
Murojaatlarni
e’tiborsiz qoldirish, ularning «yo‘qolib qolishi, sansalorlik, murojaatni quyi
idoralarga qaytarib Yuborish va boshqa shu kabi holatlarning oldi olinadi.
Joylarda, tuman va shaharlarda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
Xalq qabulxonalari tashkil etilishi fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga, Oliy Majlisga, Prezident devoniga, Hukumatga, davlat boshqaruvi
organlariga, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga, mahalliy
davlat hokimiyati organlariga, boshqa davlat tashkilotlariga va xo‘jalik boshqaruvi
organlariga murojaat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarining so‘zsiz amalga
oshirilishi uchun sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda
murojaatlarni qonunchilik doirasida to‘liq ko‘rib chiqish, xolislikka amal qilish va
o‘z vaqtida kanoatlantirish belgilab qo‘yilmoqda.
48
O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy
va Yuridik shaxslarning
murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalarda quyidagilar
nazarda tutiladi:
murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqishning intdraktv usullarini
kdngaytrish;
murojaatlarni ko‘rib chiqish natjalarini nashr dtb borish;
takroriy murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal dtsh, fuqarolarni sayyor qabul
qilish xususiyatlari;
viddokonfdrdnsalar
yordamida fuqarolarni
masofaviy
qabul
qilishni tashkil dtsh;
«Xalq,
qabulxonasi»
insttutning
umumiy
qoidalarini
bdlgilash;
«Ishonch tdldfonlari» orqali murojaatni qabul qilish, ko‘rib chiqishning
huquqiy asoslari.
Harakatlar strategiyasi, 66-band
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 7 fevralidagi
«O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida»gi PF-4947- son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021
yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantarishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga
oshirishga oid Davlat dasturida ham fuqarolarning murojaatlariga katta e’tibor
qaratilgan bo‘lib, ushbu masala bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: