Bundan tashqari, qonunlar legitimlikka ega bo’lishi uchun, keng xalq ommasini ularning muhokamasiga jalb
qilish zarur bo’ladi.
Qonunlarning loyihalari bo’yicha loyiha mavzusi bo’yicha mutaxassis bo’lgan ekspertlar jalb qilinadi. Ayni
paytda, qonunlarni qabul qilishda ekspertlardan tashqari, turli maqsadli guruhlarga murojaat qilish ham zarur
bo’ladi. Bunday maqsadli guruhlarga mazkur qonunning qabul qilinishidan manfaatdor bo’lgan
tomonlarni
kiritish mumkin. Masalan, chorvachilikni rivojlantirishga oid qonun qabul qilinmoqchi bo’lsa, uning loyihasi
muhokamasiga, birinchi navbatda, chorvadorlarning vakillari jalb qilinishi kerak.
Bundan tashqari, chorva
hayvonlariga yem-xashak yetkazib beruvchi dehqonlar, omuxta yem yetkazib beruvchi sanoat vaklillarini ham
jalb qilish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, chorvachilik mahsulotlarini iste’mol qiluvchi keng xalq ommasi
vakillari ham ishtirok etishi shart bo’ladi. Mana shu bir qonun loyihasini muhokama qilishga jalb qilinganlar
orasida bir necha maqsadli guruh vakillarini ko’rish mumkin. Sanab o’tilgan
guruhlardan tashqari, qonun
loyihasini muhokama qilishga mamlakatimizdagi ijroiya va qonun chiqarish organlarining, shuningdek, mahalliy
o’zini o’zi boshqarish organlarining vakillarini ham jalb etish maqsadga muvofiq. Bulardan tashqari, qonun
loyihasini muhokama qilishda fuqarolik jamiyatlari institutlari (kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar,
iste’molchilarning huquqlarini
himoya qiluvchi tashkilotlar, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar,
yoshlar
tashkilotlarining vakillari ham) ishtirok etishi zarur bo’ladi. Sanab o’tilganlardan tashqari, mamlakatdagi har bir
fuqaro qonun muhokamasida ishtirok etishi mumkin.
Jamoatchilik muhokamasi o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy-siyosiy jarayon bo’lib, davlat boshqaruvida siyosiy
qadriyatlarni, ya’ni fuqarolarning siyosatni ishlab chiqishdagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bo’ladi. Davlat
boshqaruvi uchun siyosiy qadriyatlardan tashqari, huquqiy qadriyatlar ham xos bo’lib, ular siyosiy qarorlar qabul
qilish
chegaralarini belgilab beradi, alohida fuqarolarning va xo’jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini
himoya qiladi. Qarorlar qabul qilishda siyosiy va huquqiy qadriyatlardan tashqari, boshqaruv qadriyatlari ham
mavjud bo’lib, ular qonunlarni amalga tadbiq qilish jarayonida namoyon bo’ladi. Huquqiy qadriyatlar jumlasiga
huquqning
ustuvorligi, tenglik kabilar kirsa, boshqaruv qadriyatlariga boshqaruv
organlari faoliyatining
samaradorligi, optimalligi kabilarni kiritish mumkin.
Jamoatchilik muhokamasini o’tkazishda ishtirokchilar oldindan ro’yxatdan o’tishlari, xulq-atvor qoidalariga
hamda jamoatchilik muhokamasini o’tkazish reglamentiga amal qilishlari shart.
Muhokama qilinayotgan loyihani ko’rib chiqayotgan davlat hokimiyati organi yoki mahalliy o’zini-o’zi
boshqarish organi jamoatchilik muhokamasi tashkilotchisini mazkur tavsiyalarni ko’rib chiqish muddati va tartibi
to’g’risida oldindan xabardor qilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: