Mavzu: Korrupsiya – rivojlanish kushandasi



Download 20,38 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi20,38 Kb.
#344069
Bog'liq
Korrupsiya – rivojlanish kushandasi.


Mavzu: Korrupsiya – rivojlanish kushandasi.

Reja:


  1. Korrupsiya haqida.

  2. Korrupsiyaga qarshi kurash usullar.

  3. Korrupsiya-taraqiyot kushandasi


Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.

Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.

Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.

Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.

Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.

Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.

Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.

Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.

Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:

aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;

iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;

inflyasiyaning yuqori darajasi;

mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;

mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.

Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.

Ichki nazorat -bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadBu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.

Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.

Saylov tizimi orqali kurashish — demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.

Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. Ya’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan. 

Korrupsiya botqogʻiga botgan amaldorlar jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlib, umri xalqqa xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan oʻtishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi. Bu illatga qarshi kurash – toza vijdonli, oriyatli ziyolilarning qalb amriga aylanmogʻi lozim. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida boʻlib oʻtgan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzudagi davra suhbati tinglovchilarni yanada teran fikrlashga undadi.

OʻzMU prorektori Najmiddin Qodirov talabalar dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidladi. Buning uchun eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunini teran nigoh bilan oʻqib-oʻrganish zarur.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Botir Matmuratov jamiyatda, ayniqsa, yosh avlod kamolga yetadigan oliy taʼlim muassasalarida korrupsiya balosiga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmasligi, bu illatni tag-tomiri bilan yoʻqotish zarurligi haqida atroflicha soʻz yuritdi.

Aytish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga minbʼad chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmaydi.

Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Har bir davlat va jamiyat korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻlini oʻzi tanlaydi, aniqrogʻi, qanday yoʻl toʻgʻri ekanini hayot koʻrsatadi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashni keng qamrovda olib borish choralari koʻzda tutilgani, bu borada har bir masalaga alohida eʼtibor qaratilgani bejiz emas.

Mutaxassislar fikricha, korrupsiya soʻzi “sotish” va “sotilish” degan maʼnolarni ham anglatar ekan. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, oʻzining kimligini, eʼtiqodi, maʼnaviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy ziyon-zahmat yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obroʻsini toʻkadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obroʻ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qoʻyadi. Oliy oʻquv yurtida talabadan yo uning ota-onasidan pora olgan, tamagirlik qilgan dekan yo boshqa mansabdor shaxs uchun iymon, vijdon, insoniylik degan tuygʻular boʻlmaydi. Ular xarom-xarish yoʻl bilan topganlarini oilasida oʻz farzandlariga harom luqma yegizayotganini tushunmaydi. Bunday oilada oʻsgan oʻgʻil-qizlar ertaga undan battar ochofat, yulgʻich, poraxoʻr boʻlib oʻsadi va bir kun albatta qopqonga tushib, umri panjara ortida oʻtadi. Mana shu haqiqatni oliy oʻquv yurtlaridagi har bir mansabdor shaxs yaxshi bilib olishi zarur. U bugun qilayotgan qingʻirliklarimni hech kim bilmaydi, sezmaydi, deb oʻylaydi. Vaholanki, bugun odamlarning koʻzi ochilmoqda. Oliy oʻquv yurtida qaysi dekan yoki boshqa mansabdor shaxs shunaqa qingʻirliklar qilayotganini atrofidagilar yaxshi bilishadi. Oriyatli, vijdonli ziyolilar ular haqda tegishli idoralarga xabar berib qoʻyishni oʻzlarining vijdoniy burchi, pokiza yashashga intilgan xalq oldidagi qarzi deb bilmoqdalar. Shunga yarasha oliy oʻquv yurtlari ham asta-sekin tozalanmoqda!

Korrupsiya balosidan qutulish, islohotlarni uning changalidan qutqarish sharafli burchimiz ekanligini hamma birdek tushunmogʻi shart. Aks holda, oʻziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxoʻrlik va tamagirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrar!

Maʼruzada taʼkidlanganidek, oliy oʻquv yurtlarida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi huquqiy taʼlim va tarbiyani kuchaytirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Toʻgʻri ishlab, halol yashash saodatini yoshlikdan oʻrgangan odamning umri halovatda boʻladi. Adolatsizlik, qonunga hurmatsizlik, kasbu amalga, ishonchga xiyonat qilib boʻlmasligini oʻqib-uqqan, poraxoʻrlik va korrupsiyaga, suiisteʼmolchilikka qarshi oʻzida immunitet hosil qilgan yoshlar kelajakda jurʼatli, vijdonli inson boʻlib yetishadi. Halol mehnat bilan topilmagan boylik totli boʻlmasligini, hech kimga buyurmasligini, yaxshilik emas, yomonlik va kulfat keltirishini tushunadi. Tanish-bilishchilikdan davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetmasligi, qonunlarga, insonning qadr-qimmatiga raxna solinmasligi kerak. Oʻzining gʻarazli maqsadi uchun har qanday tubanlikdan tap tortmaydigan masʼul shaxs nafaqat oliy oʻquv dargohiga, shu bilan bir qatorda butun jamiyatga ziyon yetkazadi. Rahbar hammaga oʻrnak boʻlib, halol ishlab, fidoyilik koʻrsatish oʻrniga, kishi bilmas poraxoʻrlik qilsa, yosh kadrlar undan nimani oʻrganadi? Qanaqa oʻrnak oladi?



Darhaqiqat, har qanday vaziyatda ham halol odam hayotda gʻolib boʻlib, baxtli-saodatli yashaydi. Bugun butun jamiyatimiz ana shunday pokiza hayotga intilmoqda.

Tadbirda talabalar bu mavzuda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.
Download 20,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish