O‘smirlarda deviant xulq-atvor sabablari.Inson taraqqiyoti ko‘pgina omillar o‘zaro ta’siri bilan asoslanadi: irsiy avloddan-avlodga o‘tuvchi, muhit, tarbiya, insonning shaxsiy amaliy faoliyati kabilarga bog‘liq. Voyaga etmaganlarning deviant xulq-atvorini asoslovchi asosiy omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. Biologik omil. Bola organizmining noqulay fiziologik yoki anotomik xususiyatlari mavjud bo‘lib, uni ijtimoiy moslashuvini qiyinlashtiradi. Bularga: - genetic, avloddan o‘tuvchi xususiyatlar. Ularga qaliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishda nuqsonli bo‘lganlar, asab sistemasining buzilishi kabilar kiradi. Bunday bolalar hali ona qornidayoq noto‘g‘ri qo‘yish, onaning kasallanishi (jismoniy va psixik jarohatlar, surunkali yuqumli kasalliklar bilan og‘rishi, bosh suyagi-miya psixik jarohatlari, tanosil kasalliklari); irsiy kasalliklarning ta’siri, ayniqsa, irsiylik, alkogolizm ta’sirida bo‘ladilar;
-inson organizmiga ta’sir etuvchi psixologo-fiziologik og‘ir tashvishlar, janjalli vaziyatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, energiyaning yangi turlari, samotik allergik kasalliklar turlariga olib kelishiga sabab bo‘ladi.
- fiziologik, o‘z tarkibiga nutqdagi nuqsonli, tashqi qiyofadagi nuqsonlar, konstitusion-samotik nuqsonlar sababli atrofdagilar bilan munosabatda yuzaga keltiradi va shaxslararo munosabatda bolaning o‘z tengdoshalri, jamoa o‘rtasida chekkaga chiqish tortilishga olib keladi.
2. Psixik omil. Bola psixopotologiyasida yoki aksentuasiyasida[3] (haddan tashqari zo‘riqish) xarakterning alohida xususiyati bilan ifodalanadi. Bu xulqiy og‘ishganlik bola asab ruhiy kasalliklar, psixopatiya, nevrosteniya bilan xastalanganligi orqali vujudga keladi.
Aksentukrlashgan xarakter xususiyatiga ega bo‘lgan bolalar turli psixologik ta’sirlarga o‘ta sezgir, psixik me’yorning eng chetki turi bo‘lib, tibbiy- ijtimoiy reabilitasiyaga muxtoj va tarbiya xarakteridagi chora-tadbirlarnin tadbirlarning ko‘rilishi talab etadigan bolalardir.
Ijtimoiy-pedagogik omillar. Oila maktab ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘ladi. Bu omil bolani ijtimoiylashuvidan og‘ishganlikka bolalik davridayoq maktabda o‘zlashtirmovchilik tufayli maktab bilan aloqaning uzilishi (pedagogik bo‘sh qo‘yish)olib keladi. O‘smirda maktabga ongli ravishda qiziqishning shakilanmasligi matuviga sabab bo‘ladi. Bunday bolalar maktabga yomon tayyorlangan, uy vazifalariga negativ munosabatda bo‘luvchi maktab baholariga befarq bo‘ladigan o‘quv dezadantasiyasiga uchrovchi bo‘ldilar.
- O‘quv dezadantasiya-bolaning maktabga bo‘lgan qiziqishini saqlashida bir yoki ikki fonni o‘zlashtirishida qiyinchilikka duch kelgan hollatidir.
- Maktab dezadantasiya- bolaning yosh hususiyatida ta’lim olishga qiyinchiliklar bilan bir qatorda, hulqiy buzilishlar holatlari o‘qtituvchilar sinflari bilan janjali vaziyatlar ko‘rinishi birinchi o‘ringa chiqadi. Dars qoldirish odatlari paydo bo‘ladi.
- Ijtimoiy dezadantasiya- bolaning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi maktab jamoasining talablariga javob berishdan qochish holatlari turli, asosial jamoalariga kirib ketish, spirtli ichimliklarga giyohvan moddalarga qiziqishining ortishi bilan namayon bo‘ladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishidagi og‘igan omillari yomon oilalar sabab bo‘ladi.SHunday oilaviy o‘zaro munosabatlar usullar mavjudki, ular voyaga etmaganlarning asosisiyal hulq-atvorlarining shakilanishiga olib boradi.
1 Tarbiyaviy va oilaning ichki munosabatlarining diogramonik usuli. Bu usul o‘zida bir tomondan, bola istaklariga ko‘ra bo‘lsa ikkinchi tomondan bolani inqirozli janjalli vaziyatlarga yoki oila ikki hil ahloqiy qarash mavjudligi oila uchun boshqa jamiyat uchun bo‘lgan boshqacha tarbiyaviy holatlar.
2 Barqaror bo‘lmagan janjalli usul. Noto‘lig‘ oilalarga tasrbiyaviy ta’sir etuvchi,er-hotin ajralish, ota-ona va uzoq muddat alohida yashashlari sababli yozaga keladi.
3 Munosabatlarning asosial usuli. Yomon tashkil etilgan oilalarda,doimiy-spirtli ichimliklar ichish, giyohvandlikka berilish, ahloqsizlik ota-onaning jinoyatchilik hulq atvor “oilaviy qahri qatiqlik ”va zo‘ravonlik kabi yozaga keladi. Qahri munosabatlar (haqorat ho‘rlash)deb bolaga unga g‘amho‘rlik qiluvchi, qarmog‘iga olgan odamlar tomonidan zarar etkazilishining ko‘pgina harakterlariga aytiladi. Bu holatlarga bolaga jismoniy zarar etkaziluvchi jismoniy emosional (hissiy)jinsiy qiynoqlar bilan azoblash ko‘p takrorlanuvchi noo‘rin jazolar kiradi. Qahrli munosabatlarga bolalar mehribonlik uylarida kasalhona va boshqa muasasalarida duch kelishlari mumkin SHunday holatlaridagi bolalar havsizlik hissisni sezmaydilar. Ularning meyoriy rivojlanishida bu hisiyotni ahamyati katta.Bu esa bolaga uni o‘zi haqida men yomonman hech kimga kerakmasman, sevimli kemasman deb o‘ylashlariga sabab bo‘ladi. Qahrli munosabatlarning har qanday turi bola sog‘lig‘iga zarar ko‘rsatadi. Uning hayoti va ijtimoiy moslashuvchanlik havf tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |