III. Yangi mavzuning bayoni. Rasmda berilgan hayvonlar o‘rinlarida emas ekranning chap tarafida qo‘llarida chipta bilan turadi. Sichqoncha bilan borib chiptaga ko‘ra joylashtiriladi. Agar to‘g‘ri joylashtirilsa, hayvonlar o‘tiradi agar joylashmasa yo‘q degan ma’noda boshini silkitadi.
BU mashqda o‘quvchilar chiptasiga qarab hayvonlarni joyiga joylashtiradilar.
Ekran yordamida koordinata burchagi mavzusi tushuntiriladi.
Son nurida berilgan nuqtalar nomini o‘quvchilar aytadilar.
O‘quvchilarga koordinata to‘ri qanday chizilshi tushuntiriladi. Bunda O nuqta (koordinata boshi) tanlanadi va undan o‘zaro perpendicular ikki OX hamda OY sonli nurlar o‘tkaziladi. Bu nurlar koordinata o‘qlari deb atalishi, hamda har qanday nuqtaning joylanish o‘rni ikki koordinata bilan aniqlanishi ko‘rsatib beriladi. OX gorizontal o‘q bo‘yicha, OY vertikal o‘q bo‘yicha topiladi.
Yangi mavzu ekranda tushuntiriladi. Ovozga qarab nuqtalar ekranda paydo bo‘ladi.
440-masala sharti o‘qilgach,
Uning yechish rejasi ishlab chiqiladi.
– masala. Ikki qishloqdan bir vaqtda bir – biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashishdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Qishloqlar orasidagi masofa qancha?
Masalaga mos chizma doskada chiziladi va shu chizma asosida masala tushuntiriladi va birgalikda yechadilar.
Agar piyodalarning yurgan vaqti va harakat tezligi ma’lum bo‘lsa, masofani toppish uchun ikkala piyodaning tezligini qo‘shib, keyin uni sarflangan vaqtga ko‘paytiriladi. S = T ∙ ( V + V)
3 km/soat + 4 km/soat = 7 (km/soat) bu piyodalarning tezligi
7 km/soat ∙ 3 soat = 21 (km) ular bosib o‘tgan masofa yoki qishloqlar orasidagi masofa
2-masala. Oralaridagi masofa 21 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir – biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi. Ulardan biri 3 km/soat tezlik bilan, ikkinchisi 4 km/soat tezlik bilan yurdi. Ular necha soatdan keyin uchrashadilar?
Bu o‘rinda tezlik va masofa ma’lum bo‘lib, piyodalarning sarflagan vaqtini toppish talab etiladi. Bunda vaqtni toppish masofani tezlikka bo‘lish lozim.
T = S : V
3 km/soat + 4 km/soat = 7 (km/soat) bu piyodalarning tezligi
21 km : 7 km/ soat = 3( soat) bu sarflangan vaqt
3– masala. Oralaridagi masofa 21 km bo‘lgan ikki qishloqdan bir vaqtda bir – biriga qarab ikki piyoda yo‘lga chiqdi va 3 soatdan keyin uchrashdilar. Piyodalardan birining tezligi 3 km/ soat, ikkinchisinikini toping.
Bu o‘rinda ikkinchi piyodaning tezligini toppish uchun masofani vaqtga bo‘lib, chiqqan umumiy tezlikdan piyodalardan birining tezligini ayirish kifoya.
21 km : 3 soat = 7 (km/soat ) Bu piyodalarning birgalikdagi umumiy tezligi
7 km/soat – 3 km/soat = 4 (km/soat ) ikkinchi piyodaning tezligi
Ko‘rinib turibdiki, masofa, vaqt va tezlikni topishda bizga quyidagi formulalar yordamga keladi.
T = S : V S = T ∙ ( V + V) V = S : T
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilarga formula asosida masala yechishning qulayligi tushintiriladi va masalardan namunalar beriladi.
V. Uyga vazifa berish. Uyga vazifa qilib 441 topshiriq va 442 misollar beriladi. 441 topshiriq sharti tushuntiriladi.
VI. O‘quvchilarni baholash va darsga yakun yasash. O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadi va rag‘batlantiriladi.