Mavzu: Konyugatsimonlar yoki matashuvchilar sinfining xarakterli belgilari, klassifikatsiyasi. Zignemanamolar qabilasi vakillari.
Sistematikasi
DUNYO: O`simliklar
KENJA DUNYO: Tuban o`simliklar
KATTA BO`LIM: Suvo`tlari ( Algae)
BO`LIM: Yashiltoifa ( Chlorophyta)
SINF: Konyugatsimonlar yoki matashuvchilar (Conjugatophyceae)
Umumiy tasnifi
Kon’yugatsimonlar yoki matashuvchilar sinfi - Conjugatopsidae. Bu sinfga bir hujayrali, koloniyali va ko‘p hujayrali ipsimon shoxlamaydigan suvo‘tlar kiradi. Ular zoosporalar va gametalar hosil qiladi. Bu sinfning vakillari harakat qilmasligi, jinssiz ko‘payishning yo‘qligi, zoosporalar hosil bo‘lmaganligi, bir hujayralilaring ikkiga bo‘linib, ko‘p hujayralilaring esa tallomlari bo‘laklarga bo‘linib ko‘payishi bilan xarakterlanadi. Jinsiy ko‘payish kon’yugatsiya yo‘li bilan bo‘lib, bunda ikkita vegetativ hujayra protoplastining qo‘shilishi bilan bo'ladi. Ikkita hujayra jinsiy jarayonni amalga oshirish uchun bir biriga yaqinlashadi, ularning qo‘shilishi bu jarayonda hosil bo‘lgan kanalda protoplastlar qo‘shiladi. Hosil bolgan zigota po‘st bilan o‘ralganidan keyin tinim bosqichiga zigosporaga aylanadi. Zigospora unishida meyoz bolinish ro‘y beradi. Agar matashish har xil iplarning hujayralarini orasida ro‘y bersa bunga narvonsimon matashish deyiladi. Agar matashish bitta ipning turli hujayralarining orasida borsa yonbosh matashish deyiladi. Matashuvchilarning hujayralarini po‘sti uch qavatli. Tashqi qavat polisaxaridlarning majmuidan tashkil topgan. Ikkita ichki qavati mikrofibrill sellyulozadan iborat. sellyulozaning mikrofibrillari o ‘rta qavatda hujayrani uzunasi bo‘ylab, ichkaridagisi ko'ndalangigi yo‘nalgan. Hujayraning ustida bir qator harofitlarga va yuksak o‘simliklarda hujayra devorining dastlabki davrida ahamiyatga loyik boladigan kalloza (v-1 -3-glyukon) to'planadi. Bu sinf asosan uchta qabilani va 4500 turi o ‘z chiga oladi.
Zignemanamolar qabilasi — Zygnemales
Bu qabilaga oddiy ipsimon, shoxlanmagan, odatda oqmaydigan suv havzalarida muallaq holda yashaydigan suvo'tlari kiradi. Tallomi shilimshiq parda bilan qoplangan, silindr shaklidagi bir yadroli hujayralardan iborat. Xromatoforining tuzilishi va uning sitoplazmasida joylashishi asosiy sistematik belgilaridan bo'lib hisoblanadi. Vegetativ ko'payishi tallomining alohida qismlarga bo'linishi yordamida, jinsiy ko'payishi esa narvonsimon yoki yonbosh konyugatsiya yo'li bilan boradi. Zignemalar qabilasining eng xarakterli vakillari mujotsiy, zignema va spirogiralardir. Mujotsiy (Mougeotia) ko'p pirenoidli, yirik plastinkasimon xromatoforli bo'lib, hujayra ichida yon tomonidan tayoqcha, yuza tomonidan esa hujayrani to'liq egallab turuvchi plastinka shaklida ko'rinadi (1-rasm). Yorug'likning kuchli yoki kamligiga qarab xromatoforlari yuza yoki qirrasi tomonlarini burib o'zgartiradi. Bitta yirik yadrosi xromatoforiga yopishib turadi. Zignema (Zygnema) sarg'ishroq rangli, po'st va shilimshiqqa o'ralgan, ikkitadan yirik, yulduzsimon xromatoforli, bitta yirik yadrosi juft xromatofori o'rtasida protoplazmatik iplarga osilgan holda muallaq turadi (2-rasm)
1-rasm 2-rasm
Spirogira (Spirogira) ham qalin shilimshiq po'st bilan o'ralgan bir yoki bir nccha lenta shaklidagi xromatoforli bo'lib, hujayra markazi to'liq vakuoldan iborat. Vakuolning o'rtasida bitta yirik yadrosi protoplazmatik iplar yordamida osilib turadi. Spirogira va zignemalaming yadrolari yirik bo'lganligi sababli yadro xususiyatlarini o'rganishda klassik obyekt sifatida ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan uchala suvo'ti ham ko’lmak suvlarda, ariqlarda, kanallarda, daryo qirg'oqlarida, hovuz va ko’llarda keng tarqalgan.
Netrium turkumi bir hujayrali yaxlit po‘st bilan o ‘ralgan. Hujayralari ellips yoki cho‘ziq, oxiri yumoloqlashgan.
Spirotaenia bir hujayrali, spiral buralgan xloroplastli. Hujayralari kaltasilindrsimon, ikki uchi qavariqli. Zigota unganida 4 ta yadroni hammasi tirik qoladi.
201- guruh talabasi Rustamov Sanjar
Do'stlaringiz bilan baham: |