Mavzu; Konstitutsiya - baxtimiz qomusi.
Darsning mazmuni;
8-dekabr-O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiys kuni.
Darsning maqsadi;
O'quvchilarga Vatan mustaqilligi tuyg'usini tushuntirish va singdirish,ularda vatanni sevish,ardoqlashga va unga sodiq bo'lishdek buyuk hislarni shakllantirish,ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Konstitutsiya asosiy qonunimiz,baxtimiz,qomusimiz ekanligini bolalarga tushuntirib berish.
Darsning jihozi;
O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi ramzlarining ko'rinishi tasvirlangan rasmlar,konstitutsiya, vatan to'g'risida she'r va maqollar.
D arsning borishi;
O'quvchilar bilan salomlashish.Ularni Konstitutsiya bayrami munosabati bilan tabriklab,ularga o'qishlarida omad hamisha yor bo'lishi haqida istak bildirish.
Siz Mustaqil O'zbekistonning ko'rar ko'zi,kelajagisiz,yaxshi kunlardan xabar beruvchi yosh ko'ngil egasisiz.Vatanimiz sizdan ko'p narsalarni kutishga haqli.Buning uchun o'qish,o'rganish kerak.
Mana shu davrimizda jonajon O'zbekistonimizda bir qator ijobiy o'zgarishlar ro'y berdi.O'zbekistonda ijtimoiy hayotning deyarli barcha
sohalarida mustaqillik sharofati bilan ildam qadamlar qo'yilmoqda.Bu ayniqsa siyosiy,iqtisodiy va ma'naviy sohalarda yaqqol namoyon bo'lmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya,,Muqaddima",6 ta bo'lim, 26 ta bob hamda jami 128 ta moddadan tashkil topgan.Konstitutsiyada adolat bosh mezon
hisoblanadi.Shuning uchun Konstitutsiyamizni,,Adolat-qomusi" ham deymiz.Adolat mezonlarini belgilashda esa umuminsoniy va milliy qadriyatlardan kelib chiqilgan.
Ozodlik.
Bir guruh bolajonlar Barcha bola o'rashdi
Bog'dan bulbul tutishdi. Dedilar,- har bir inson
Qafasda don suv berib, -Ozod hurlikni sevar
Sayrashini kutishdi. Hattoki shu bulbul ham,
Bulbul hecham sayramas, Bo'lsam deydi erkparvar.
Barcha bolalar hayron. Shunda sho'xchan bolalar
Bog' yonidan o'tardi, Bulbul sirin bilishdi
Haq berdi bobo shu on. Birgalikda kelishib,
Sayramaslik sababin, Uni ozod qilishdi.
Shunda undan so'rashdi.
Haqberdi bobo yonin
Mana shu oddiygina she'r mazmunidan ham ozodlik,hurlik va mustaqillik naqadar ulug' ne'mat ekanligini bilib olamiz.
0'zbekiston xalqimizni,millatidan qat'iy nazar O'zbekiston Respublikasining fuqorolari tashkil etadi.
8-modda.Har bir shaxs mehnat qilish,erkin kasb tanlash,adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadirlar.
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga
40 modda.Har kim bilim olish huquqiga ega.Bepul umumta'lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
41 modda.Xalqimizda ona-Vatan,ona-til degan so'zlar mavjud.Negaki go'dak ko'z dchib onasini taniydi.O'sha ona qiyofasida u Vatan timsolini ham
ko'radi,onasini,vatanini hech kim va hech nimaga alishtirmaydi. Inson hayotida Vatan va ona yagonadir.
Har qanday poyonsiz ummonning boshlang'ich nuqtasi bo'lganidek
Vatanning hfam boshianishi bor.
U kindik qoni to'kilgan joy.O'zbekiston mustaqil bo'lgandan so'ng butun
dunyoga tanildi.Biz O'zbekiston nomi bilan dunyoga mashhur bo'lgan go'zal
vatanda yashaymiz.vatanimiz keng va bepoyonlunda yai^ri-uashil vodiylar,baland tog'lar,daryo va ko'llar bor.Shahar va qishloqlari tobora obod bo'lib ko'rkamlashmoqda Mustaqil!ik tufayli bizning milliy an'analarimiz o'zbek xalqining madaniyati o'z tariximizni bilishga, mustaqil fikrlashga erishdik. Milliy qadriyatlarimiz tiklandi.
Biz kirn mulki-Turon,
Amir Turkistonimiz.
Biz kim-millatlarning
Eng qadimi va eng ulug'i
Turkning bosh bo'g'inimiz.
AmirTemur.
1992-yil 2- iyul-0'zbekiston Respublikasining davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining X-sessiyasida tasdiqlandi.
Gerbimizda tog'lar bor
Daryolar bor;bog'lar bor.
O'ng tomoni paxtazor,
So'l tomoni bug'doyzor.
Chambarakka o'ralgan
Moviy uzra quyosh bor.
Hurligimizning ramzi
Humo degan qushi bor.
O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi.
,,Gerb" so'zi nemishcha ,,erbo"so'zidan olingan bo'lib shohlar va hukmdorlarga davlat,sarhad,hudud va boshqa nasldan meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
,,Tamg'a" so'zining ma'nosi nemischa ,erbo" so'zining ma'nosiga to'la mos keladi. 1992-yil 10-dekabr-O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqiandi.
O'zbekiston RespublikasJnig Davlat madhiyasi so'zini ulug' mutaffakur shoir Abdulla Oripov yozgan. Musiqasining muallifi ko'pgina mukofotlar sovrindori Mutal Burhonovdir.
O'zbekiston Respublikasining Davlat tili o'zbek tilidir. O'zbek tili go'zal, boy,nihoyatda chiroyli,har qanday fikr va tuyg'uni ifoda qilishga qodir...
Tilga ihtiyorsiz-elga e'tiborsiz.
A.Navoiy,
Kishilarning go'zalligi uning tilidan bilinadi.
1993 yil 2-sentabrda Lotin yozuviga o'tilgan.
Qachonki bir millat tilini yo'qotsa u muqaddas dinini va millatini ham yo'qotur.
O'zbekiston -kelajagi buyuk davlat.
Yangiyo’l shahar XTB ga qarashli
8-umumiy o’rta ta’lim maktabining Tarix fani o’qituvchisi Tillabayeva Nargisaning
“Konstitutsiya - baxtimiz qomusi”
mavzusida
Do'stlaringiz bilan baham: |