Ushbu masalani hal qilishning 2 xil usuli mavjud:
1-usul. Ma`lumotlarni xotiradan o`qish davomida u bilan bog`liq buyruqlarni bajarib borish. Agar qaysidir buyruq ixtiyoriy so`z (word)ni xotiradan o`qilguniga qadar ushbu so`zdan foydalanishni talab qilsa, u xolda protsessor ushbu buyruqni to`xtatadi. Xotira qanchalik sekin ishlasa, buyruqlarni to`xtatish shunchalik ko`p uchraydi.
2-usul. Bu usulda shunday kompyuterni ishlab chiqish talab etiladi-ki, unda kompilyator-dasturlar so`z (word) xotiradan o`qilmasidan avval uni ishlatmaydi va to`xtalishlarni oldi olinadi. Lekin bu oson ish emas. Odatda bu usulda to`xtalishlar apparat sathida emas balki dastur sathida amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |