Mavzu: Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari, kompyuterlarning turlari va tashkil etilishi tamoyillari. Kompyuterlarning asosiy ko’rsatkichlari Reja



Download 97,5 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi97,5 Kb.
#283027
1   2
Bog'liq
1-мавзу

O‘rnatish-ma’lum konstantali ikkilik kodni operatsion elementga yozish. Misol: hisoblagichning barcha razryadlariga «0» ni o‘rnatish, yoki tezkor xotiraga «1» ni yozish.

Uzatish va qabul qilish – bitta operatsion elementdan ikkilik kodni boshqa operatsion elementga qayta yozish.

Qayta ishlash - sonning kodini bitta kodlashtirish tizimidan boshqasiga o‘zgartirish.

Taqsimot – signallarni adres bo‘yicha ko‘p ma’nbalardan bittasiga yoki bittasidan ko‘p ma’nbalarga uzatish.

Qo‘shish-ikkilik kodda ifodalangan sonlarning yig‘indisini topish.

Ushbu amallar mantiqiy qurilmalar yordamida bajariladi. Bunday qurilmalarga registrlar, triggerlar, hisoblagichlar, kod o‘zgartirgichlar, multipleksorlar, demiltipleksorlar, jamlagichlar kiradi.

Elektron qurilmalar, kompyuterlarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar, natijalar va boshqa axborotlar ko‘p hollarda elektr signallar ko‘rinishida ifodalanadi. Hisoblash mashinalari tomonidan qayta ishlanayotgan berilganlar, natija va boshqa axborotlar faqat ikki qiymat oladigan (ikkilik sanoq tizimi) elektr signallari ko‘rinishida ifodalanadi.

Qandaydir moddiy shaklda fiksirlangan va mujassamlantirilgan axborot xabar yoki signal deb ataladi. Signallar uzluksiz yoki diskret bo‘lishi mumkin.

Uzluksiz (analog) signal, o‘zgarishi qaralayotgan jarayon haqida axborotni vaqt bo‘yicha akslantiruvchi qandaydir fizikaviy miqdor elektr toki, kuchlanish va bosh sifatida ifodalanadi. Uzluksiz signalni uzatuvchi fizikaviy miqdor biror aniq intervalda ixtiyoriy qiymatlarni qabul qilishi mumkin, va vaqtning ixtiyoriy momentlarida o‘zgarishi mumkin.

EHM - bu elektron raqamli qurilmadir. Elektron qurilma deyilishiga sabab har qanday ma’lumotlar EHM da elektr signallari orqali qayta ishlanadi. Raqamli deyilishiga sabab EHM da har qanday ma’lumot sonlar yordamida tasvirlanadi.


Sonlarni yozish usuliga sanoq sistemasi deb ataladi. Sonlarni yozish uchun har bir sanoq sistemasida o‘ziga xos turli belgilar to‘plamidan foydalaniladi. Foydalanilgan to‘plamdagi belgilar ularning soni, sanoq sistemasini xarakterlovchi asosiy kattaliklardir. Sanoq sistemasida foydalaniladigan belgilar soni sanoq sistemasining asosini tashkil etadi. Berilgan sanoq sistemasida sonlarni yozishdagi foydalanilgan belgilar soniga qarab, o‘nlik, ikkilik, sakkizlik, o‘n oltilik va boshqa sanoq sistemalarni kiritish mumkin.

Shu bilan birga sanoq sistemalarini pozision va nopozision turlarga ajratish mumkin. Pozision sanoq sistemasida berilgan sonning qiymati sonni tasvirlovchi raqamlarning egallagan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Misol sifatida, 0,1,2,3, ... ,9 arab raqamlaridan tashkil topgan o‘nlik sanoq sistemani qarash mumkin. Nopozision sanoq sistemalarida, belgining qiymati uning egallagan o‘rniga bog‘liq emas. Misol sifatida rim raqamlari sanoq sistemasini keltirish mumkin. Masalan, XX sonida X raqami, qayerda joylashganiga qaramasdan o‘nlik sanoq sistemasidagi 10 qiymatini anglatadi.

Sanoq tizimlar deb, har qanday raqamlarni chegaralangan simvollar yordamida yozish qoidalariga aytiladi.

Sanoq tizimlarning asosi unda qo‘llaniladigan raqamlar yig‘indisi bilan belgilanadi. Raqamli texnikada o‘nlik (DEC), ikkilik (BIN), sakkizlik (OCT), o‘n oltilik (HEX) sanoq tizimlar keng qo‘llaniladi:

q 10 = {0,1,2,3,4,5,6,7,8,9}

O‘nlik sanoq tizimi, bu erda 10-sanoq tizimining asosi,

0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 bazis raqamlar.

q 2 = {0,1}

q 8 = {0,1,2,3,4,5,6,7}

q10 = {0,1,2,3,4,5,6,7,8,9}

q 16 = {0,1,2,3,4,5,6,7,8,9,A,B,C,D,E,F}

A(a) = 10, B(b) = 11, C(c) =12, D(d) = 13, E(e) =14, F(f)=15



SANOQ SISTEMALARI

2

3

4

5

6

8

10

16

0

0

0

0

0

0

0

0

1

1

1

1

1

1

1

1

10

2

2

2

2

2

2

2

11

10

3

3

3

3

3

3

100

11

10

4

4

4

4

4

101

12

11

10

5

5

5

5

110

20

12

11

10

6

6

6

111

21

13

12

11

7

7

7

1000

22

20

13

12

10

8

8

1001

100

21

14

13

11

9

9

1010

101

22

20

14

12

10

A

1011

102

23

21

15

13

11

B

1100

110

30

22

20

14

12

C

1101

111

31

23

21

15

13

D

1110

112

32

24

22

16

14

E

1111

120

33

30

23

17

15

F

10000

121

100

31

24

20

16

10

Bu jadval bo‘yicha bir sanoq sistamasidan ikkinchisiga o‘tish masalasini ko‘rib o‘taylik. Masalan: 10 lik sanoq sistemasidagi 13 soniga 8 lik sanoq sistemasida 15 soni mos keladi va u 13 ni 8 ga bo‘linganda hosil bo‘lgan butun son 1 va qoldiq 5 lardan tashkil topgan. Xuddi shuningdek 13 ni 6 ga bo‘lganda hosil bo‘luvchi butun son 2 va qoldiq 1 lar 21 sonini hosil qiladi. Bu son 13 sonining 6 lik sanoq sistemasidagiqiymatidir.


Odatda biror X sonining qaysi sanoq sistemasiga tegishliligini ko‘rsatish uchun uning pastida indeks sifatida zarur sanoq sistemasining asosi ko‘rsatiladi.
Masalan, X6 – X sonining 6 lik sanoq sistemasiga tegishli ekanligini ko‘rsatadi.

X10=13 sonining X2-ikkilik sanoq sistemasidagi ko‘rinishini topaylik. Yuqoridagidek, 13 ni ketma-ket 2 ga bo‘lamiz va bo‘lishni to butun qismida nol hosil bo‘lguncha davom ettiramiz.


Ba’zi bir sanoq sistemalaridan ikkinchisiga qulayroq, osonroq holda o‘tish imkoniyatlari mavjud. Xususiy holda, 2 ga karrali sonlarning biridan 2 ikkinchisiga o‘tish qoidasini ko‘rib o‘tamiz.

Masalan, 8 lik sanoq sistemasida berilgan X8=5361 sonidan X2 ga bo‘lish uchun, X8 ning har bir raqamini 2 likdagi ko‘rinishi (23=8) bilan almashtirib chiqamiz:

D8A216ni 2 lik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun uning har bir raqamini 2 lik sanoq sistemasidagi to‘rtliklar bilan almashtiramiz:





Mustaqil topshiriqlar:

  1. Axborotlar qanday o’lchov birliklarini bilasiz?

  2. 1 2610 X2

  3. 2 5610 X8

  4. 1 01011002 X10

  5. 2 348 X10

  6. B 7C316 X2

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. M.M.Aripov, J.O‘.Muxammadiev. Informatika, informatsion texnologiyalar, Darslik. Toshkent: TDYUI. 2005. -276 b.

2. O.O.Hoshimov, M.M.Tulyaganov. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar. Darslik. T.: YAngi asr avlodi. 2009. -104 b.

3. K.Xamaxer, Z.Vraneshich, S.Zaki. Organizatsiya EVM, 5-izd. SPb.: Piter; Kiev: Izdatelskaya gruppa BHV, 2003. – 848 s.

4. E.Rudometov, B.Rudometov. Arxitektura PK, komplektuyuщie, multimedia. – Piter, 2000.



5. A.P.Pyatibratov, L.P.Gudыno, A.A.Kirichenko. Vыchislitelnыe sistemы, seti i telekommunikatsii. M.: «Finansы i statistika», 2002 . – 509 s.

6. Informatika: Uchebnik. Izd 3-e prererab./ Pod red.prof.N.V.Makarovoy. -M.: Finansы i statistika, 1999, -
Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish