Mn2+ < Fe2+ < Co2+ Ni2+ < Cu2+ > Zn2+
Koordinasion birikmalarning beqarorlik va barqarorlik konstantlari tajribada to’g’ri usullar bilan aniqlanadi.
Oraliq metallar ionlarining azotli va kislorodli ligandlar bilan hosil qiladigan komplekslari ustida Tosh.DU xodimlari (O’z bekiston FA a’zosi, prof. Parpiyev N.A., Prof. Raximov X.R., dots. Muftaxov A.G., dots. Nigay K.G., dots. Asamov K.A., Tursunov A.A. va boshqalar) tomonidan olib borilgan tadqiqotlar koordinasion birikmalarning suvda va organik erituvchilarda barqarorligi, ularning ichki tuzilishi to’g’risida yangi ma’lumotlar olishga va ularning tayyorlashning yangi usullarini yaratishga imkon beradi.
Fermentlar hayotda ko’pchilik jarayonlarda (oziq-ovqat tayyorlashda: non pishirishda, vinosozlik, pivo, pishloq tayyorlash, choyni fermentasiyasida, sirka, spirttayyorlashda), mikrobiologiyada, farmasevtikada va tibbiyotda keng qo’llaniladi. Gidrolaza sinfiga kiradigan amilaza fermentini odamning sulak bezi ishlab chiqaradi. Kraxmal, glikogen va ularga yaqin bo’lgan polisaxaridlarning gidroliz reaksiyasini tezlashtiradi.
A.Verner nazariyasi asosida qoshimcha valentlik haqidagi tasavvurga asoslanib, koordinasion birikmalarning mavjudlik sababini va stereokimyosini izohlab berish mumkin. Lekin koordinasion boglanishdagi asosiy va qoshimcha valentliklarning manosi faqat elektron nazariya asosidagina tola tushuntiriladi. Shuningdek, bazi koordinasion birikmalarda ligandlar neytral molekulalar (masalan; H2O, NH3, CO, C2H5, C2H4, C6H6 va hokazolar) bolishi mumkin. Bunday koordinasion birikmalarda markaziy atom bilan ligandlar orasida donor-akseptor (bazan dativ) boglanish mavjud. Bazi koordinasion birikmalarda markaziy atom rasmiy nol valentli boladi, masalan; Cr(C6H6)2, Cr(CO)6, Fe(CO)5, Ni(CO)4, Co2(CO)8 kabi birikmalarda markaziy atom bilan ligandlar orasida dativ boglanish hosil boladi.
Koordinasion birikmalarda boglanish xarakteri (kovalentlik yoki ionli darajasi) markaziy atom xossasiga ham bogliq boladi. Koordinasion birikmalarda biror ligand bilan markaziy ion orasidagi boglanishning nisbiy mustahkamligi osha ligandga nisbatan trans-holatda turgan boshqa ligand tabiatiga bogliq.
Koordinasion birikmalarda boladigan kimyoviy boglanish dastlab Kossel va Lyuis nazariyalari asosida talqin qilindi. Keyinchalik bu haqda uchta nazariya yaratildi:
1. Valent boglanish yoki atom orbitallar metodi
2. Kristall maydon nazariyasi
3. Molekulyar orbitallar metodi (ligandlar maydoni nazariyasi).
Kristall maydon nazariyasiga kora d-elektronlar ligandlar band etgan joylarni band qilmaslikka intiladi. Bu nazariyaga kora markaziy atom bilan ligandlar orasida ion boglanish yoki ion-depol boglanish yuzaga keladi. Bu nazariya markaziy atomning kvant-mexanik tuzilishini hisobga oladi, lekin
ligandlarni hech qanday strukturaga ega bolmagan shunchaki zaryadli nuqtalar deb qaraydi; ularni faqat elektrostatik maydon yaratuvchi zaryadli zarrachalar deb tassavvur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |