Abdurauf Fitrat (1886-1938) Hayoti va ijodining o’rganilishi tarixi, manbalari. Tarjimai holi. Ijodiy merosi. She’riyati. Nasriy asarlari. Dramalari. Tilshunoslik merosi. Adabiyot nazariyasiga oid ishlari. Qadimgi turkiy yodgorliklarga doir tadqiqotlari. Sharq mumtoz adabiyoti namoyandalari merosiga oid ilmiy ishlari. Tarixiy asarlari.
[A1.227-238; A5.289-302; A7.54-64; Q1.196-203; Q3.201-229; Q4.169-172].
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) Ijodining yangicha talqini. Tarjimai holi. Adabiy merosi. “devoni Nihoniy”da mumtoz she’riyat an’analari va novatorlik. She’rlarida milliy uyg’onish g’oyasi. Hamza nasri va jadidchilik. “Yangi saodat” milliy romani. Dramalari.
[A1.255-259; A5.304-308; A7. 72-84; Q1.218-232; Q3.222-239; Q4.176-180].
Abdulla Qodiriy (1894-1938) Hayoti sahifalari. Ijodiy merosi. “Baxtsiz kuyov” pesasi. Jadidchilik va Abdulla Qodiriy hikoyalari. Hajviy asarlari. Birinchi roman – “O’tkan kunlar”ning yaratilishi. “Mehrobdan chayon” romani. Bu romanlarning turkiy xalqlar adabiyotiga ta’siri. Abdulla Qodiriyning 30-yillardagi ijodida zamonasozlik mayllari, buning sabablari.
[A1.260-269; A5.315-321; A7.87-89; Q3.240-251; Q4.181-184].
Cho’lpon (1897-1938) Tarjimai holi. Jadidchilik va Cho’lpon she’riyati. Shoirning o’zbek she’r tizimidagi islohotlari. Hikoyalari. Dramalari. “Kecha va kunduz” romani. Romanning o’zbek realistik nasri shakllanishi va taraqqiyotidagi ahamiyati.
[A1.270-283; A5.323-329; A7.90-103; Q3.252-286; Q4.194-218].
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg’ulotlarda talabalar ilk mustamlakachilik davriga oid tarixiy, ilmiy, badiiy adabiyotlarni o’rganish va ularni o’zlashtirishlari ko’zda tutiladi.
Amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish bo’yicha tavsiya etiladigan taxminiy mavzular:
1. Komil Xorazmiy hayoti va ijodiga oid ilmiy asarlar, shoir she’rlari tahlili. Muhammad Rahimxon Feruzning “Elga shohu ishqqa qul” to’plamini o’rganish.
2. Ahmad Tabibiy lirikasi, dostonnavislik va tazkiranavislik faoliyati.
3. Karimbek Kamiy she’riyati va ijodiga oid ilmiy asarlar tahlili.
4. Muqimiy adabiy merosi va muqimiyshunoslik.
5. Furqat asarlari tahlili, furqatshunoslik tadriji.
6. Ishoqxon Ibrat va uning asarlari tahlili.
7. Ismoilbek Gasprinskiyning Turkistonga oid asarlari. Mahmudxo’ja Behbudiy – o’zbek jadidchilik harakatining karvonboshisi.
8. Abdulla Avloniyning jadid adabiyotida tutgan o’rni. Tavallo va she’riyatdagi yangilanishlar.
9. Fitratning she’riy, nasriy va dramatik asarlari tahlili.
10. Hamza ijodining mustaqillik davrida o’rganilishi.
11. “Qodiriy – o’zbek romanchilik maktabining asoschisi” mavzuida suhbat-munozara. Cho’lpon she’rlari tahlili.
Izoh: Mazkur ro’yxatdagi mavzulardan amaliy mashg’ulotlar uchun ajratilgan soatlar hajmiga mos holda foydalanish tavsiya etiladi.