Yohann Volfgang Gyote (1749.28.8, Frankfurtmayn — 1832.22.3, Veymar) — nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70—80-yillari Germaniyada mavjud bo‘lgan «Bo‘ron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Gets fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik she’rlar yaratdi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani o‘sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo‘ldi. Yohann Volfgang Gyote (1749.28.8, Frankfurtmayn — 1832.22.3, Veymar) — nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70—80-yillari Germaniyada mavjud bo‘lgan «Bo‘ron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Gets fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik she’rlar yaratdi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani o‘sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo‘ldi. Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur o‘rganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Sa’diy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulug‘bek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote «Mag‘ribu mashriq devoni»ni (1814—19) Sharq she’riyatidan ilhomlanib yozgan. Devon «Mug‘anniynoma», «Hofiznoma», «Ishqnoma», «Tafriqnoma», «Ranjnoma», «Hikmatnoma», «Zulayxonoma», «Temurnoma», «Soqiynoma», «Matalnoma», «Forsiynoma», «Xuldnoma» kabi 12 bo‘limdan iborat. Devonda «bulbul», «hur», «fatvo», «mug‘anniy», «mufti», «tilsim», «mirzo», «darvesh» kabi so‘zlarni asliyatda qo‘llaydi. Gyotening «Faust» fojiasi (1768—1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo‘ldi. «Yosh Verterning iztiroblari» (Y. Egamova tarjimasi, 1975) kabi asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. Yosh Verterning iztiroblari sentimental asarlarning eng go`zal ko`rinishda akslantirilgan. Yosh Verterning muhabbat borasidagi azoblari sentimentalistik ruhda tasvirlangan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sulaymonova F. " Jahon adabiyoti tarixi fanidan tayanch ma'ruzalar matni ". Toshkent, 2016. 2. Hamdamov Ulugʻbek Abduvahhobovich, "Jahon adabiyoti ", Buxoro, 2018. 3. Hayrullayev M. "O'rta Osiyoda uygʻonish davri madaniyati ", Toshkent, 1994. 4. ZIYONET.UZ
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |