2. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va mustahkamlash.
1991-yil 31-avgust – O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining rasmiy e‘lon qilingan kuni – davlatimizning xalqaro hamjamiyatga keng ko‗lamli va dinamik integratsiyasi boshlangan sana hisoblanadi.
2021-yil 1-yanvar holatiga ko`ra O`zbekiston dunyoning 130 dan ortiq mamlakati bilan diplomatik aloqalar o`rnatgan.
Toshkentda 45 ta xorijiy davlatning elchixonalari, 9 ta faxriy konsulxona, 11 ta xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, 5 ta xalqaro moliyaviy tashkilotlarning vakolatxonalari, 3 ta diplomatik mavqega ega bo`lgan savdo vakolatxonalari faoliyat olib bormoqda.
Bugungi kunda xorijiy mamlakat va xalqaro tashkilotlarda O`zbekiston Respublikasining 46 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga a`zo bo`lib, turli xil ko`p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda.
Mamlakat Tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasiga muvofiq, O`zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi Markaziy Osiyo mintaqasi bo`lib, mamlakatning hayotiy muhim manfaatlari bu mintaqa bilan chambarchas bog`liqdir.
O`zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta‘minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning eng muhim muammolarini hal etishga, jumladan, Afg`onistondagi vaziyatni izga tushirishga ko`maklashishga, Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolari suv resurslaridan adolatli va oqilona foydalanishni va mintaqada ekologik barqarorlikni ta`minlashga, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonlarini yakunlashga, yangi tahdidlarga qarshi kurash borasida samarali chora-tadbirlar ko`rishga, barcha qo`shni mamlakatlar bilan o`zaro yaqin, manfaatli va amaliy hamkorlikni yo`lga qo`yishga qaratilgandir.
O`zbekiston o`zining yaqin qo`shnilari bilan munosabatlarda doimo ochiq, do`stona va pragmatik siyosat yuritish tarafdori bo`lib qoladi, mintaqadagi barcha dolzarb siyosiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan o`zaro manfaatlarni hisobga olgan holda, amaliy muloqot va xalqaro huquq normalari asosida hal etilishini yoqlaydi.
O`zbekiston Afg`onistonga nisbatan an`anaviy tarzda bu davlatning ichki ishlariga aralashmaslik pozitsiyasiga asoslanib, yaxshi qo`shnichilik va do`stona siyosat yuritadi, u bilan o`z munosabatlarini o`zaro milliy manfaatlardan kelib chiqib va afg`on xalqi tanlagan yo`lni hurmat qilgan holda ikki tomonlama asosda tashkil etishni ma`qul topadi. O`zbekistonning fikriga ko`ra, afg`on muammosini hal etishning yagona yo`li - siyosiy muzokaralar yo`li bo`lib, donormamlakatlarning moliyaviy, iqtisodiy va insonparvarlik ko`magi, hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining faol ishtiroki asosida o`zaro kurashayotgan tomonlar o`rtasida kelishuvga erishishdir.
O`zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo`nalishi MDHga a‘zo mamlakatlardir. O`zbekistonni bu davlatlar bilan tarixan shakllangan siyosiy, iqtisodiy, transport-kommunikatsion va boshqa aloqalar bog‗lab turadi.
O`zbekiston MDHning barcha mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini teng huquqli, o`zaro foydalimanfaatli, bir-birining manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilish asosida yo`lga qo`yishni davom ettiradi.
O`zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o`rtasidagi Strategik sherikchilik to`g`risidagi shartnoma (2004-yil 16-iyun), Ittifoqchilik munosabatlari to`g`risidagi shartnoma (2005-yil 14-noyabr), shuningdek Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to`g`risidagi deklaratsiya (2012-yil 4-iyun) asosida Rossiya Federatsiyasi bilan do`stona aloqalarni izchil rivojlantirish va har tomonlama mustahkamlash har ikkala mamlakat manfaatlariga mos keladi hamda mintaqada barqarorlik va xavfsizlikning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni va investitsion hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda diversifikatsiya qilish, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish va mintaqaviy xavfsizlik masalalaridagi hamkorlik – O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning muhim jihatlaridir.
Amerika Qo`shma Shtatlari bilan mushtarak manfaatlar asosida har tomonlama o`zaro foydali va amaliy hamkorlikni rivojlantirish O`zbekiston tashqi siyosatida ustuvor ahamiyatga ega bo`lib qolmoqda. Ushbu munosabatlar 2002 yilning 12 martida imzolangan O`zbekiston Respublikasi bilan AQSh o`rtasida Strategik sherikchilik va hamkorlik asoslari to`g`risidagi deklaratsiyaga asoslanadi. Afg`onistonda tinchlik va barqarorlik o`rnatishga ko`maklashish, transmilliy xavfxatar va tahdidlarga qarshi kurashish, O`zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya va islohotlar jarayonlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida investitsiyalar va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ikki tomonlama aloqalarning muhim yo`nalishlari hisoblanadi.
O`zbekiston Yevropa davlatlari, shuningdek Yevropa Ittifoqi va NATO bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga muhim e‘tibor qaratadi. Savdo, investitsion va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, yuksak texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta‘lim, ekologiya, sog`liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi aloqalar, shuningdek mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalari O`zbekistonning Yevropa mamlakatlari hamda tashkilotlari bilan hamkorligining muhim yo`nalishlaridir.
O`zbekiston o`zining yaqin mintaqaviy qo`shnisi hamda global muammolarni hal etishda muhim o`rin tutadigan davlat sifatida Xitoy Xalq Respublikasi bilan strategik sherikchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashdan manfaatdordir. Xitoy bilan ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish 2012-yil 6-iyunda imzolangan O`zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o`rtasidagi Strategik sherikchilikni o`rnatish to`g`risidagi qo`shma deklaratsiyaga, 2013-yil 9-sentyabrda imzolangan Do`stlik va hamkorlik to`g`risidagi shartnoma va Ikki tomonlama strategik sherikchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to`g`risidagi qo`shma deklaratsiyaga asoslanadi.
Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi barcha yetakchi mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli asosda savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish, O`zbekiston iqtisodining ustuvor ishlab chiqarish sohalariga investitsiya va yangi texnologiyalarni jalb etish, shuningdek fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirish hamkorlikning asosiy yo`nalishlari hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan har tomonlama va o`zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tarafdoridir. Jumladan, Hindiston va Pokiston bilan savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor.
Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari bilan, jumladan IHT va ITB doirasida o`zaro manfaatli munosabatlar iqtisodiyot, transport kommunikatsiyalari, moliya va investitsiya sohalarida izchil rivojlanmoqda va mustahkamlanmoqda.
O`zbekiston nufuzli xalqaro tashkilotlar ishida, eng avvalo BMT faoliyatida ishtirok etib kelmoqda. O`zbekiston BMTni dunyoda tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish, hozirgi shiddat bilan davom etayotgan globalizatsiya jarayonlarida davlatlarning barqaror rivojlanishini ta‘minlashga ko`maklashish borasidagi yagona universal va mas‘ul tashkilot deb biladi.
Respublikamiz shuningdek mintaqaviy tashkilotlar ishida ham faol ishtirok etmoqda. O`zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotini doirasida mintaqaviy xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurash, a‘zo mamlakatlarning barqaror ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotiga ko`maklashish, qo`shma infratuzilmaviy va investitsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish tarafdori.
O`zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi tashkiloti doirasidagi ko`p tomonlama hamkorligining ustuvor yo`nalishlariga savdo-iqtisodiy hamkorlik, transport kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, xavfsizlikning transmilliy tahdid va xavf-xatarlariga qarshi kurashish masalalari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |