4.7-rasm. GAZ – 53 A avtomobil dvigateli gaz taqsimlash fazalarining doiraviy diagrammasi.
Diagrammaga nazar tashlansa, tirsakli valning aylanma yo’nalishi bo’yicha 460 davomida ikkala klapan ochiq turadi. Bunga klapanlarning baravariga ochiq turishi deyiladi. Bu davr juda qisqa bo’lib yangi zaryad amalda ishlatilgan gazlar bilan aralashib tashqariga chiqib ketishga ulgurmaydi. Demak, bu davr davomida silindr puflanadi, ya’ni u ishlatilgan gazlardan yana ham yaxshi tozalanadi. Klapanlarning bunday baravariga ochiq turishi dvigatelning ish jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Gaz taqsimlash fazalarini to’g’ri o’rnatish uchun dvigatelni yig’ish paytida taqsimlash tishli g’ildiraklarining (yulduzchalarining) belgilangan joylarini aniq tutashtirish lozim. 4.1-jadvalda ba’zi avtomobil dvigatellarining gaz taqsimlash fazalari keltirilgan.
4.1-jadval
Avtomobil dvigatellarining gaz taqsimlash fazalari (tirsakli valning aylanishi burchagi bo’yicha graduslarda)
Dvigatel
|
Kiritish klapani
|
Kiritish dav- ri
| Chiqarish klapani
| Chiqa
rish davri
|
Ikkala klapanning baravariga ochiq turishi
|
YuChN gacha ochilishi
|
PChN dan so’ng yopilishi
|
PChN gacha ochilishi
|
YuChN dan so’ng yopili
shi
| Tiko |
12
|
36
|
228
|
46
|
10
|
236
|
22
|
VAZ-2101
|
12
|
40
|
232
|
42
|
10
|
232
|
22
|
GAZ-53A
|
24
|
64
|
268
|
50
|
22
|
252
|
46
|
ZIL-130
|
21
|
75
|
276
|
57
|
39
|
276
|
60
|
YaMZ-236
|
20
|
56
|
256
|
56
|
20
|
256
|
40
|
SamKoch Avto
|
12
|
31
|
223
|
50
|
16
|
246
|
28
|
MATIZ
|
12
|
36
|
228
|
46
|
10
|
236
|
22
|
NEKSIYa
|
|
|
|
|
|
|
|
DAMAS
|
12
|
36
|
228
|
46
|
10
|
236
|
22
|
8-Mavzu: Gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi,
Ishlashi va konstruktiv xususiyatlari
O’QUV MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI MODELI
Vaqt:80 daqiqa
|
O’quvchilar soni: ________nafar.
|
O’quv mashg’ulotining shakli va turi:
|
Aqliy hujum, ikkiyoqlama tahlil usuli, grafik organayzeridan foydalangan holda.
|
O’quv mashg’ulot rejasi:
|
1.Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi o’rganish
2.Gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi haqida umumiy ma’lumot.
3.Gaz taqsimlash mexanizmining ishlash uslubi
|
O’quv mashg’ulot maqsadi:a) ta’limiy:mavzuga oid nazariy bilimlarni egallash va mustahkalmlash. O’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarni amaliy faoliyatda qo’llash.
b) tarbiyaviy:milliy g’oya va mafkurani o’quvchilar ongida shakllantirish: o’quvchilarda insonparvarlik, mehr-shavqat tuyg’ularini shakllantirish.
с) rivojlanuvchi:O’quvchilarni fikrlash qobiliyatini o’stirish; mavzuni o’rganish borasida o’quvchilarni ijodiy yondoshishga yo’llash.
|
Pedagogik vazifalar:
|
O’quv faoliyati natijalari:
|
1) Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi o’rganish o’quvchilarga tushuntiriladi
2) Gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi xaqida umumiy ma’lumoto’quvchilarga tushuntiriladi
|
1) Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi o’rganish o’quvchilarga tushuntiriladio’quvchilar tushunadilar va amaliyotda qo’llaydilar
2) Gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi xaqida umumiy ma’lumoto’quvchilar tushunadilar va BKMga ega bo’ladilar
|
O’qitish usullari:
|
ma’ruza, blits- so‘rov, grafik- organayzer
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakli:
|
Umumjamoa, juftlikda ishlash
|
O’qitish vositalari:
|
Darsliklar, ma’ruza matni, slaydlar, tarqatma materiallar. Kompyuter, proektor, doska, bo‘r, jadvallar, sxema va rasmlar.
|
O’qitish sharoitlari:
|
Amaliy mashg‘ulotini o‘tish uchun sinf xonasi talabalar soniga mos stol va stullar bilan jixozlangan bo‘lishi shart. Auditoriyada doska, elektr toki bo‘lishi zarur. Didaktik vositalarni qo‘llash uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak, ya’ni sinf xonasini kerakli vaqtda nim qorong‘i bo‘lishini ta’minlash maqsadida sinf xonasining derazalariga qora parda tortish kerak.
|
Qayta aloqaning usul va vositalari:
|
Tezkor-so’rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baholash.
|
O’QUV MASHG’ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Faoliyat mazmuni:
|
Ish bosqichlari va vaqti
|
O’qituvchi:
|
O’quvchi:
|
1-bosqich. O’quv mashg’ulotiga kirish
(10 daqiqa)
|
Tashkiliy qism:
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.
1.2. Avvalgi mavzuga savollar orqali bog‘lanadi.
|
1.1.Eshitadilar, yozib oladilar.
1.2.E’tibor beradilar. javob beradilar
|
2-bosqich Asosiy
(60 daqiqa)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish;
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi, hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beradi, ularni baholaydi. Maqsad va vazifani belgilanishi;
2. Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
3. Mustaqil ish uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi.
4. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatgichlari bilan tanishtiradi
O’quvchilar bilimini faollashtirish;
5. Tezkor-so’rov, savol-javob, va boshqalar orqali bilimini faollashtiradi.
Yangi o’quv materiali bayoni;
6. Amaliy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq o’qitish jarayoni tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi
7. Slaydlar namoyishi va sharxlash
Yangi o’quv materialini mustaxkamlash;
8. Mustaxkamlash uchun savollar
9. Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruhga ishlash qoidasi bilan tanishtiradi.
Har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.
10. Guruhlarda ishlaydi, bajarish jarayoni kuzatiladi, maslaxatlar beradi.
11. Ish vaqti tugagach, guruhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruhlar bir-biri bilan savol-javob beradi, o’zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi.
12. Guruhlar ishi o’zaro baholashni o’tkazadi.
13. Mavzuning har bir qismi bo’yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etilishini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog’lanadi.
|
Uyga vazifani taqdim etadilar
Savollarga javob beradilar
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar
Savollarga javob beradilar.
Yozib oladilar.
Diqqat qiladilar
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqlarni bajaradilar
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o’z topshiriq varaqlari bo’yicha faoliyatini boshlaydi
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi. Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar. Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |