Dastaki payvandlash qurilmalari yordamida maxsus sexlarda va qurilish maylonlarida detallarni payvandlash bo‗yicha turli amallar bajariladi. Bu esa ishlatiladigan uskunalarga va payvandlash texnologiya-siga maxsus talablar qo‗yadi. Ko‗chma payvandlash qurilmalarida ishchi tokining qiymati 200, 300, 400 va 500 A bo‗lishi va payvandlash simining diametri 25, 50, 75 va 95 mmbo‗lishi talab etiladi. Quyidagi 1 – jadvalda ba‘zi payvandlash transformatorlarining texnik ko‗rsatkichlari
keltirilgan.
Payvandlash ishlarining hajmi katta bo‗lganida mehnat unumdorligini oshirish maqsadida avtomatik payvandlash qurilmalari qo‗llaniladi. Avtomatik payvandlash qurilmasi yoyni yondiradigan payvandlash simini yoyning yonish zonasiga uzatadigan mexanizmlar bilan jihozlangan bo‗ladi.
Payvandlash avtomatining eng muhim qismi kallagidir (2– rasm), u yoyning yonishini ta‘minlaydi va payvandlash simini uzatib turadi. Payvandlash kallagi elektrod simiga kuchlanish keltiruvchi va uni payvandlash toki bo‗yicha yo‗naltiruvchi mundshtuk 1 dan, baraban 3 dan elektrod simi 6 ni uzatib turuvchi roliklar 2 dan, roliklarni reduktor 4 orqali aylantiruvchi elektr motor 5 dan iborat. Agar burchak tezligini rostlash talab qilinmasa, simni uzatuvchi elektr yurtima sifatida asinxron motorlar ishlatiladi.
ELEKTR BILAN PAYVANDLASh POSTLARINING TURLARI
Texnologik protsessga (payvandlanadigan materialning markasiga va elektrod qoplamasining turiga) ko‘ra payvandlash ishlari o‘zgaruvchan yoki o‘zgarmas tok bilan bajariladi. Uzgarmas tokning o‘zgaruvchan tokdan afzalligi shundaki, o‘zgarmas tokda yoy stabilroq yonadi va binobarin, payvandlash protsessi, ayniqsa, kuchsiz toklarda osonroq boradi. Payvandlash postlariga o‘zgaruvchan tok maxsus transformatorlardai, o‘zgarmas tok esa o‘zgartirgich va to‘g‘rilagichlardan beriladi.
5 rasm, a da o‘zgaruvchan tok bilan (TS tipidagi transformatordan) elektr yoyi vositasida (qo‘l bilan) payvandlash postining printsipial elektr sxemasi, 5 rasm, b da esa bunday postning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. 220 yoki 380 v kuchlanishli o‘zgaruvchan tok tarmoq 1 dan rubilnik 2 va saqlagich 3 orqali tok manbai — payvandlash transformatori 4 ga beriladi, bu erda tok yoy hosil bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan 60—75 v kuchlanishgacha transformatsiyalanadi va payvandlash simlari 5 orqali qisqich 6 va elektrod tutqich 7 orqali buyum 5 ga beriladi.
5 rasm v da o‘zgarmas tok bilan elektr yoyi vositasida dastaki payvandlash postining printsipial elektr sxemasi, 5 rasm, g da esa bunday postning umumiy ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Bu holda tok220 yoki 380 v kuchlanishli tarmoqdan o‘zgartirgichga keladi, o‘zgartirgich o‘zaro umumiy val bilan bnrlashtirilgan asinxron elektr dvigateli va payvandlash generatoridan tuzilgan. Bunday o‘zgartirgichlar kuchlanishi 25—75 v bo‘lgan o‘zgarmas payvandlash toki ishlab beradi. Bajariladigan ishning xarakteriga qarab payvandlash postlarining elektr energiya manbalari markazlashtirilgan (gruppali) va individual joylashtirilishi mumkin. Alohida binolarda payvandlash uskunalari gruppali qilib joylashtirilganda payvandlash postidan 30—40 m masofada qo‘yiladi.
Energiya manbalari elektr payvandchining ish joyidan minimal masofada o‘rnatiladi. Payvandlash postlari statsionar (doimiy) va ko‘chma bo‘lishi mumkin. Kichik o‘lchamlik buyumlarni payvandlaydigan statsionar postlar usti ochiq alohida payvandlash kabinalariga joylashtiriladi (3 rasm, a). Ko‘chma postlar katta gabaritli buyumlar: uzun truboprovodlar (3 rasm, b), metall konstruktsiyalari, katta sig‘imli idishlar va shunga o‘xshashlarni payvandlashda ishlatiladi. Ishlovchilarni payvandlash yoyining ultrabinafsha nurlaridan saqlash uchun yonmaydigan materiallardan qilingan 1,2—1,5 m balandlikdagi ko‘chma shchitlar, to‘siqlar o‘rnatiladi. Payvandlash ishlarining hajmi katta bo‘lganda ko‘p postli payvandlash to‘g‘rilagichlari, o‘zgartirgichlari yoki transformatorlaridan foydalanish samarali bo‘ladi. Bunda payvandlash toki kattaligi har bir ishchi postida ballast reostatlar (o‘zgarmas tokdan foydalanganda) va drossellar (o‘zgaruvchan tokdan foydalanganda) yordamida rostlab turiladi. Ko‘chma payvandlash postlari odatda montaj qilishda va remont ishlarida qo‘llaniladi. Bunda ko‘pincha maxsus pritseplar yoki yopiq avtomobillarga o‘rnatilgan ko‘chma payvandlash tronsformatorlari, payvandlash agregatlari va to‘g‘rilagichlaridan foydalaniladi. Bunday pritseplar va avtomobillar qurilmalar ulangan maxsus rubilniklar bilan jihozlangan. 3rasm. Payvandlash kabinalarining turlari: Turli balandliklarda ishlaganda elektrodlar va payvandchining zarur asboblari uning belbog‘iga osilgan brezent sumkalarda yoki maxsus panel yoki yashiklarga solingan bo‘ladi. Ishda qulaylik va xavfsiz bo‘lishi uchun panjarali xovazolar yasaladi yoki aravachalar osib qo‘yiladi. Energiya manbaidan ancha uzoqda va balandlikda ishlayotganda payvandlash tokini masofadan turib rostlaydigan regulyatorlar qo‘llaniladi. Yopiq tipdagi idishlarda payvandlashda xavfsiz mehnat sharoiti yaratish uchun salt yurish uzgichlari (cheklagichlari) ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |