Mavzu Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. Reja



Download 221,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana13.06.2022
Hajmi221,51 Kb.
#664370
1   2   3
Bog'liq
1-мавзу (1)

vazifasi
tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona 
anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida to‘plangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, 
amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb 
muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yo‘nalishlarini belgilashdan, tarixchilarni 
muayyan tarixiy ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yo‘naltirishdan iborat. Tarixshunoslik 


oʻtmishda kechgan va bugungi kunda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarning odamlar ongida 
qanday aks etishini, tarixiy adabiyotlar orqali ijtimoiy tarixiy rivojlanish jarayonini kuzatish; 
jamiyat tarixiy rivojining turli bosqichlarida tarixiy bilimlarning oʻsib borishi jarayonini kuzatish 
imkonini beradi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining rivojini 
jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliqlikda ifodalaydi, ijtimoiy siyosiy, 
mafkuraviy muhitning tarix faniga taʼsirini, u yoki bu yo‘nalishdagi rivojlanish va tanazzulga 
yuz tutish sabablarini aniqlaydi. Tarixshunoslik shuningdek, fan taraqqiyotida oʻz o‘rniga ega 
bulgan ilmiy tadqiqot markazlari tarixini, unda faoliyat koʻrsatgan ilmiy kadrlarning salohiyati, 
ularning fan rivojiga qoʻshgan hissalarini oʻrganish kabi vazifalarni ham bajaradi. 
Tarixshunoslik tadqiqotlarining bir qancha 
tahlil usullari
mavjud:

qiyosiy tarixiy usul — turli tarixiy davrlarda tarixiy maʼlumotlar qanday paydo boʻldi, 
harakatlandi, oʻzgardi va rivojlandi, jamiyat taraqqiyotida tarixiy fikrlarning paydo boʻlishi va 
rivojlanishi jarayonini aniqlashda qoʻllaniladi;

aniq tahliliy usul — olib borilgan tarixiy tadqiqot voqea-hodisalar tafsilotini kelib 
chiqish sabablari, rivojlanish jarayonini nazariy va faktik materiallarning oʻzaro aloqasida taxlil 
qiladi, ularning fanda qanday yoritilganligini oʻrganadi;

mantiqiy tahliliy usul — tarixshunoslikda katta imkoniyatlarga ega boʻlib, tarixiy 
muammoning oʻziga xos xususiyatlari, tuzilishi, boshqa tarixiy hodisalar bilan bogʻliqligini 
oʻrganishda qoʻllaniladi. Boshqacha aytganda, maʼlum bosqich yoki davrda tarix fanining 
rivojini jamiyat taraqqiyotining asosiy yoʻnalishi bilan bogʻliqlikda ifodalaydi;

xronologik usul — voqea-hodisalar haqida turli bosqich yoki davrda toʻplangan tarixiy 
faktlarni oʻzaro bogʻliqlikda oʻrganishda qoʻllaniladi. Bu esa turli zamonda ilmiy fikrlarning 
harakatini, muammoga yondashuvda, qarashlar, gʻoyalarning oʻzgarib borishini xronologik 
tartibda takroriy yoki xilma-xil jihatlarini ochib beradi;

davriylashtirish usulida — maʼlum bir tarixiy davriy chegarada tarix fanining sifat, 
uslub va xususiyatlarining oʻzgarishiga ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning taʼsiri, har bir yangi 
bosqichda vujudga kelgan ilmiy gʻoyalarni harakatlantiruvchi omil va yoʻnalishlar aniqlanadi;

retrospektiv tahlil — har bir ilmiy adabiyot oʻz davriga taalluqli boʻlib, uning kuchli va 
kuchsiz jihatlarini oʻzida aks ettiradi.
Tarixshunoslik tadqiqotlarda tadqiqotchining vazifasi oʻzidan avvalgi bosqichlarda 
yaratilgan ilmiy asarlarni zamonaviy bilimlar nuqtai nazaridan oʻrganish, ularning ijobiy va 
salbiy jihatlarini taxlil qilishdan iborat 
Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo‘lgan? Bu savolga javob olish uchun antik, 
ya’ni qadimgi tarixshunoslik manbalariga murojat qilamiz. 
Yozuvlar vujudga kelgunga qadar epik asarlar (epos-
grekcha
so‘z bo‘lib, doston, rivoyat, 
afsona asarlarini anglatadi) tarixni o‘rganish uchun yagona manba edi (masalan, yunon shoiri 
Xomerning «Iliada», «Odisseya» dostonlari, O‘rta Osiyo xalqlarining «Alpomish», «Manas», 
«Go‘ro‘g‘li» dostonlari, Vladimir, Muromli Ilya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi rus 
bahodirlari haqidagi dostonlar yoki «Igor polki jangnomasi qo‘shig‘i»). 
Yozuvlar ixtiro qilingandan so‘ng esa toshlar yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar ‒ eng 
qadimgi yozma tarix manbalari hisoblanadi. O‘sha davrlardagi voqyealarning guvohlari yoki 
zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik xattotlar, shoirlar tomonidan qayta-qayta 
ko‘chirilgan yoki og‘izdan-og‘izga ko‘chib bizgacha yetib kelgan manbalar qadimiy manba 
hisoblanadi. Chamasi, yozuvi bo‘lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi. Yunon 
olimi Gerodotning mashhur «Tarix» kitobi bizgacha yetib kelgan eng qadimgi tarixiy manbadir. 
Gerodot Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya hududida) sohilidagi Galikarnas shahrida tug‘ilgani 


uchun, unga Sharq ta’siri o‘tganligi tabiiydir. Sitseron zamondoshlariyoq Geradotni «Tarix 
otasi» deb atashgan. Aslida Geradotning bu asari oxiriga yetkazilmagan (miloddan avvalgi 470-
yilgacha bo‘lgan voqyealar bilan tugallanadi) va uni hozirgi ma’noda ilmiy-tadqiqot deb 
bo‘lmaydi. Shunga qaramay, uning kitobi voqyealar va dalillar ko‘lami jihatidan va badiiy 
qimmati jihatidan o‘zidan avvalgi safdoshlaridan anchagina baland turadi. Masalan, Geradot o‘z 
kitobida Kaspiy dengizgacha chegaradosh yerlargacha bo‘lgan xalqlarni tasvirlaydi. Shundan 
so‘ng Kaspiy ortida yastangan vohalar, ularda yashagan masoxatlar (massagetlar) haqida yozadi. 
Geradot birinchi bo‘lib Kaspiy dengizni Kaspiy xalqlari nomidan olganligini aytadi. Muarrixning 
buyuk shaxs ekanligini uning quyidagi xolis fikrlaridan ham bilish mumkin: «Men o‘zim 
eshitgan narsalarni hikoya qilayapman, ammo ularning hammasiga ishonishim shart emas. Mayli 
bu xulosa mening yangi asarimga ham taalluqli bo‘lsin» Miloddan avvalgi V-IV asrlarda 
yashagan Fukididning Pelopennes urushlari haqidagi asarlarini dunyoda birinchi ilmiy tarix deb 
e’tirof etishadi. Bu asar o‘sha davr tarixiy voqyealarining ishonchli va haqqoniy tasvirlangani 
bilan ajralib turadi. Gerodot asariga nisbatan Fukidid asari olg‘a tashlangan qadam edi. Fukidid 
kitobida hayot voqyealariga Olimp xudolarining aralashuvini ko‘rmaymiz. Fukidid asarida 
tarixiy taxlilning asosiy talablari-voqyealar guvohlarining aytganlarini taqqoslash va bevosita 
o‘sha voqyealar qatnashchilarining hikoyalaridan foydalanish kabi fazilatlarni ko‘ramiz. To‘g‘ri, 
Fukidid ham asotirlar, miflardan foydalanadi va bunda asosiy etiborni tarixiy taraqqiyotga, 
iqtisodiy omillarning tasiriga qaratadi. Tarixiy dalillarni aniq bayon qilish va haqiqatni 
aniqlashga intilish Fukidid asarining asosiy fazilatidir. 
Tarixiy voqyealarni haqiqatga yaqin qilib ilmiy bayon etgan, muarrixlardan yana biri, 
miloddan avvalgi XI asrda yashagan Polibiydir. U o‘zining «Umumjahon tarixi» asarida 
miloddan avvalgi 220-146 yillardagi voqyealarni ellinlar nuqtai nazaridan tasvirlaydi. 
Bu O‘rta yer dengizi atrofidagi barcha eng muhim davlatlarning tarixini o‘zaro 
bog‘liqlikda tasvirlagan birinchi asardir. Muarrix xulosasiga ko‘ra har bir davlat tirik vujud kabi 
tabiat qonuniyatiga asosan o‘sadi, rivojlanadi va inqirozga uchraydi. Polibiyda birinchi marta 
«pragmatik tarix» degan ibora uchraydi. O‘z asarining 2-qismini muarrix pragmatik usulda 
quradi: u voqyealar nima sababdan, qanday maqsada yuz berganligini aniqlaydi, ya’ni muayyan 
voqyealarning kelib chiqish sabablarini birin-ketinligini va oqibatlarini bayon qiladi.
Fukidid va Polibiy asarlari – antik, ya’ni qadimgi davr tarixshunosligining cho‘qqisini 
tashkil etadi. Keyingi yunon muarrixlarining deyarli barchasi ularning izidan bordilar. 
Tarixshunoslik tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yaratilgan baʼzi 
tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» 
va «Hindiston», Abu Bakr Narshaxiyning «Tarixi Buxoro», Sharafuddin Ali Yazdiyning 
«Zafarnoma», Boburning «Boburnoma», Muhammad Yusufbek Bayoniyning «Tarixi Xorazm», 
«Shajarai Xorazmshohiy», Ahmad Donishning «Buxoro amirlarining tarjimai hollari» va 
boshqalarda muayyan maʼlumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida 
taxliliy yondashuvga boʻlgan harakatlar kuzatiladi. 
Oʻzbekistonda tarixshunoslik tarix fanining maxsus sohasi va alohida tadqiqot predmeti 
sifatida XX asrning 2-yarmida shakllandi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tashkil 
topgach, bir qator tarixshunoslar, jumladan, V.Ya.Nepomnin, R.N.Nabiyev, I.K.Dodonov, 
L.M.Landa, X.I.Inoyatov, B.V.Luninlar muayyan muammolarning tarixshunosligini tadqiq 
qilishga kirishdilar. 1968 yil Tarix instituti qoshida «Tarixshunoslik» sektori, keyinroq boʻlim 
tashkil etilishi bu sohaning rivojiga katta hissa qoʻshdi (boʻlimni 1968-1988 yillarda tarix fanlari 
doktori B.V.Lunin, 1988-1992 yillarda tarix fanlari nomzodi V.A.Germanov bu bo‘limni 


boshqargan, 1992 yildan tarix fanlari doktori, professori Dilorom Alimova rahbarlik qilib 
kelmoqda).
 
Oʻzbekistonda tarix fani va uning baʼzi sohalari rivoji dinamikasini yorituvchi asarlar 
M.A.Axunova, B.V.Lunin, D.A.Alimova, L.S.Ivanova, T.S.Saidqulov, A.X.Doniyorovlar 
tomonidan yaratildi. mustamlaka totalitar tuzum sharoitida Oʻzbekiston tarix fani sohasida 
xizmat qilgan tarixchilarning hayoti va faoliyati D.A.Alimova, D.Rashidovalarning 
“Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri” asarida, V.Germanovning “Историки 
Туркестана в условиях политического террора 20-30 х годов”, “Профессор Пулат Салиев и 
его время” asarlarida aks ettirildi; xotin-qizlar muammosi tarixshunosligi D.A.Alimovaning 
“Женский вопрос в Средней Азии: история изучения и современние проблемы (20-80 гг)”; 
milliy ozodlik harakatlari, ularning xorijda oʻrganilishi D.H.Ziyayevaning “Turkistonda milliy 
ozodlik harakati” asarlarda oʻz ifodasini topdi. 
Tarix fanining boshqa muammolari koʻplab maqolalarda oʻzining tarixshunoslik tahliliga 
erishdi. 
Tarixshunoslik boʻlimi tomonidan oʻtkazish anʼanaviy boʻlib qolgan «Tarixshunoslik 
oʻqishlari» Oʻzbekiston tarix fani sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni sarhisob qilib boradi. 
Oʻzbekistonda Tarixshunoslik fani ilmiy maktablariga B.V.Lunin, G.I.Jeltova, F.H.Qosimov, 
R.Rajapova, D.A.Alimova kabi olimlar tomonidan asos solindi. 
Tarixshunoslik tadqiqotlari mustaqillik yillarida ancha kengaydi. 5 ta darslik, 20 dan ortiq 
nomzodlik ishlari himoya qilindi. Ayniqsa, xorijiy tadqiqotchilar (AQSH, Koreya, Turkiya, 
Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya) Oʻzbekiston tarixshunoslari bilan ilmiy amaliy aloqalar 
oʻrnatib, Oʻzbekiston tarixshunosligining muhim muammolarini oʻrganishda davom etmoqdalar. 
Tarixshunoslikni o‘rganish orqali yoshlarda tarixga muhabbat, tarixni bilish, o‘zlikni bilish 
ekanligini anglash, moddiy va ma’naviy madaniyatni ko‘z qorachig‘iday asrash hissi uyg‘onadi. 
Tarixshunoslik Vatan tarixini o‘rganishda, tarixiy muammolar ustida bahs yuritishga, 
ijodkorlikka ilhomlantiradi. Tarix-ajdodlar o‘giti, tajribasi, bir qilingan xatoni takrorlamaslik 
haqidagi saboq, kelajak so‘qmoqlarini yorituvchi chiroq vazifasini o‘taydi. 
Shunday qilib, VIII-asrdan XX-asrning boshlariga qadar bo‘lgan O‘rta Osiyo 
tarixshunosligiga doir qo‘lyozma asarlarga egamiz. Tarixshunoslik va manbashunoslik tarix 
fanining muhim yo‘nalishlaridan biri, uning nazariy asosi hisoblanadi. Bugungi kunda tarixni 
o‘rganishda tarixshunoslik o‘zining uslubiy va texnik doirasidan chiqqan. Muammoning 
tarixshunosligini bilish tarixchi tadqiqodchining metodologiyasini aniqlab bersa, muammoga oid 
manbalardan xabardorlik unga adabiyotlar bilan qiyosiy solishtirgan holda xolis (ob'ektiv) 
xulosalarni chiqarishga imkon beradi. 
O‘tgan yillar mobaynida tadqiqotlarning matodologik bazasi ham yangilandi, tarix fani 
bilan arxeologiya, etnologiya, san'atshunoslik, sotsiologiya kabi yondosh fanlar o‘rtasida o‘zaro 
metodologik tajriba almashinuvi yuz berdi.
Mavzu bo‘yicha yakuniy xulosalar:I.Karimovning Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q asari 
tarixshunoslikni o‘rganishda nazariy metodologik asos vazifasini o‘taydi. Tarixshunoslik tarixchi 
mutaxasislar tayyorlashda tadqiqotlarning ilmiy nazariy jihatlarini o‘rganishda muhim o‘rin 
tutadi. Tarixshunoslikda jamiyat mafkurasi o‘z aksini topadi.

Download 221,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish