Mavzu: Kirish Reja



Download 37,61 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi37,61 Kb.
#828085
  1   2
Bog'liq
1-Mavzu

1-Ma’ruza


Mavzu: Kirish
Reja:

  1. Axborot xavfsizligiga kirish

  2. Milliy xavfsizlik tushunchasi, xavfsizlik mexanizmlari va turlari

  3. Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari va darajalari


Tayanch iboralar: Axborot xavfsizligi, konfidentsiallik, buzg’unchi, milliy xavfsizlik, xavfsizlik mexanizmlari, yaxlitlik, vakolat berish, foydalanishni nazoratlash.

  1. Axborot xavfsizligiga kirish

Kompyuter texnikasi va axborot tizimlarining iqtisodda, boshqarishda, aloqada, ilmiy tadqiqotlarda, ta’limda, xizmat ko‘rsatish sohasida, tijorat, moliya va inson faoliyatining boshqa sohalarida qo‘llanilishining rivoji axborotlashtirish va, umuman, jamiyat rivojini belgilovchi yo‘nalish hisoblanadi. Kompyuter texnikasining qo‘llanishi evaziga erishiluvchi samara axborot ishlanishi ko‘lamining oshishi bilan ortib boradi. Ushbu texnikaning qo‘llanish sohalari va ko‘lami uning ishlashining ishonchliligi va barqarorligi muammolari bilan bir qatorda unda aylanuvchi axborot xavfsizligini ta’minlash muammosini tug’diradi.
Axborot xavfsizligi – axborotning nomaqbul (axborot munosabatlarining tegishli subyektlari uchun) oshkor qilinishidan (konfidentsialligining buzilishidan), buzilishidan (yaxlitligining buzilishidan), sirqib chiqishidan, yo‘qotilishidan, modifikatsiyalanishidan yoki foydalanuvchanlik darajasining pasayishidan hamda noqonuniy tirajlanishidan himoyalanganligi. Ushbu xodisalarning sababchisi tasodifiy ta’sirlar yoki buzg’unchining (niyati buzuqning) atayin ruxsatsiz foydalanishi natijasidagi ta’sirlar bo‘lishi mumkin.
Jamiyatning jadal sur’atlarda axborotlashtirilishi sababli axborot xavfsizligi muammosi nihoyatda dolzarb va doimo shunday bo‘lib qoladi.
2. Milliy xavfsizlik tushunchasi va xavfsizlik mexanizmlari va turlari
Hozirda 29 avgust 1997 yili qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risida” qonuni amalda. Ushbu qonunga asoslanib milliy xavfsizlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi deganda O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini ifodalovchi va hokimiyatning yagona manbai hisoblanuvchi ko‘p millatli xalqining xavfsizligi tushuniladi.
Milliy xavfsizlikning, shartli ravishda, quyidagi tashkil etuvchilarini ko‘rsatish mumkin:

  • iqtisodiy xavfsizlik;

  • ichki siyosiy xavfsizlik;

  • ijtimoiy xavfsizlik;

  • ma’naviy xavfsizlik;

  • halqaro xavfsizlik;

  • axborot xavfsizligi;

  • xarbiy xavfsizlik;

  • chegaraviy xavfsizlik;

  • ekologik xavfsizlik.

Iqtisodiy xavfsizlik – shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy sohadagi hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi.
Ichki siyosiy xavfsizlik – hokimiyat institutlarining barqarorligi va samaradorligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy jarayonlarni nazoratlash qobiliyati, aksariyat fuqarolar tomonidan madadlashga erishish, jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta’minlovchi, samarali faoliyat yurituvchi nodavlat siyosiy institutlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy xavfsizlik – shaxs, oila va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarining ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligi.
Ma’naviy xavfsizlik – bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.
Xalqaro xavfsizlik – xalqaro munosabatlar nazariyasida xalqaro xavfsizlik deganda dunyo hamjamiyatining barqarorligini ta’minlovchi xalqaro munosabatlar holati tushuniladi.
Axborot xavfsizligi – mamlakat madaniy mulkining, xo‘jalik subyektlari va fuqarolar intellektual mulkining, davlat va kasbiy sirga ega maxsus ma’lumotlarning ishonchli himoyalanganligi holati.
Xarbiy xavfsizlik – xarbiy siyosat O‘zbekiston Respublikasi xarbiy doktrinasida ishlab chiqilgan nizomlarga asosan yuritiladi. Xarbiy doktrina – O‘zbekiston Respublikasining xarbiy xavfsizligining xarbiy-siyosiy, xarbiy-strategik va xarbiy-iqtisodiy asoslarini belgilovchi rasmiy qarashlar mujmui.
Chegaraviy xavfsizlik – O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi va chegara oldi xududlarining himoyalanganlik holati. CHegaraviy xavfsizlik shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligining juda muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi, chunki davlat barqarorligi uning chegaralarining xavfsizligi bilan uzviy bog’langan.
Ekologik xavfsizlik.TSivilizatsiyaning atrof – muhitga faol ta’siri natijasida uning ifloslanishi yildan-yilga oshib bormoqda. Ushbu salbiy ta’sir ayniqsa ekologik halokat joylarda, mineral resurslardan va ishlab chiqarishning zararli chiqindilaridan oqilona foydalanilmaydigan joylarda kuchli bo‘ladi.

Download 37,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish