Mavzu: Kirish. Q/x ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi fanining vazifasi va ahamiyati. Reja



Download 31,32 Kb.
bet1/4
Sana09.12.2022
Hajmi31,32 Kb.
#882045
  1   2   3   4
Bog'liq
1-МАВЗУУ


  1. Mavzu: Kirish. Q/x ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi fanining vazifasi va ahamiyati.

Reja:

  1. Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi fani va uning ahamiyati.

  2. Qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi fanining nazariy asoslari.

  3. Seleksiya va urug‘chilikning rivojlanishi tarixi. O‘zbekistondagi asosiy seleksiya markazlari va ularning ishlari.

  4. Seleksiya va urug‘chilik ishlarini yaxshilash borasida Respublikamiz tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlar

  5. Mamlakatimizda qishloq xo‘jalik ekinlari seleksiyasi ishlarining asosiy vazifalari.

  6. Jumxuriyatimizdagi asosiy ekinlar seleksiyasining yunalishlari.

  7. Ishlab chiqarish talablariga javob beradigan navlar yaratishning samarali usullari.

  8. Ayrim ekinlar seleksiyasining yutuqlari.

O‘sib borayotgan aholining oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qon-dirish, ularni tulaqonli qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlash muammosi ishlab chiqarish imkoniyatlarining talab darajasida qondirmayotganligini ko‘rsatadi. Bu ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki yer yuzidagi aholining uchdan ikki qismi aynan shu mamlakatlarda istiqomat qilishiga qaramasdan bu davlatlarda umumiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 38% gina yetishtiriladi. Shuning uchun qishloq xo‘jalik o‘simliklari mahsuldorligini qo‘shimcha harajatlarsiz oshirish muammosi juda dolzarb muammodir va uni seleksiya ishtirokisiz xal qilish deyarli mumkin emas. Qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi navlarini va duragaylarini yaratish ishlari bilan seleksiya fani shug‘ullanadi.
Seleksiya fanining o‘sib borayotgan rolini AQSh olimlari olib borgan tadqiqotlari misolida tasdiqlash mumkin. Masalan, ularning aniqlashicha g‘o‘zada vegetatsiya davrining 160-180 kun o‘rniga 120 kunga qisqarishi o‘g‘itlar sarfini 80%ga, suv sarfini 50% ga, insektitsidlar sarfini 75% ga kamaytirish va hosil birligi tannarxini 43% kamaytirish imkoniyatini beradi. Ertapishar navlarning eqilishi natijasida va hosilning bir vaqtda yetilishi tufayli umumiy mexnat sarfini ham anchagina kamaytirish (energiya sarfi maydon birligiga 33% ga kamayadi) imkoniyatini beradi. Bulardan tashqari hosildan erta bo‘shagan dalalarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tqazish imkoni-yati paydo bo‘ladi.
Seleksiya lotincha selectio so‘zidan olingan bo‘lib tanlash degan ma’noni bildiradi. Seleksiya rivojlanishining boshlang‘ich davrida tanlash asosiy usul bo‘lgan va bu boradagi ishlarni to‘liq ifodalagan. Keyinchalik seleksiya olib borayotgan ishlar qo‘lami kengayganligi tufayli bu tushunchaning ma’nosi kengayadi va xozirda seleksiya deganda boshlang‘ich material (kur) ni saralash, o‘zgaruvchanlik, irsiyat va yangi shakllarni yaratish, ularni ajratib olish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Xozirgi vaqtda seleksiya duragaylash, mutagenez, poliploidiya, geterozis, gen injeneriyasi va boshqa usullardan keng foydalanmoqda. Shunday bo‘lishiga karamasdan seleksiyaning boshqa usullaridan samarali natijalarga erishishda tanlashning ijodiy ahamiyati juda kattadir.
Seleksiya fani dala ekinlari urug‘chiligi bilan uzviy bog‘langandir. Urug‘chilik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining maxsus tarmog‘idir. Uning vazifasi xo‘jaliklarni yuqori sifatli navdor urug‘lar bilan yetarli miqdorda ta’minlashdir. Shunga ko‘ra urug‘chilik fan sifatida navdor urug‘larni ko‘paytirish, ularning nav tozaligini sof holda bo‘lishini ta’minlash, navning genetik, biologik,xo‘jalik belgilarini va xususiyatlarini saqlash hamda urug‘ning sifatini har tamonlama yaxshilashga qaratilgan masalalarni o‘rganadi. Seleksiya va urug‘chilik fanlari bir-biri-ni to‘ldiruvchi agronomik fanlardir. O‘simlikshunoslik, agro-kimyo, dexqonchilik kabi fanlar o‘simliklarning o‘sish sharoitiga ta’sir ettirish orqali hosildorlikni oshirishga qaratilgan bo‘lsa,seleksiya va urug‘chilik ulardan farqli ravishda o‘simlikning irsiyatiga ta’sir etadi. Seleksiyaning nazariy asosi genetikadir. Chunki irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlari uning negizidir. Seleksiya fanining hamma yutuqlari genetik usullar va Ch. Darvinning evolyusion ta’limoti bilan bog‘likdir. Genetika fani yakka tanlash va ommaviy tanlash usulini, boshlang‘ich materialni barpo etish, irsiyatni boshqarishning yangi usullarini ishlab chiqqan. Bu usullar jumlasiga geterozis duragaylar yaratish, sitoplazmatik erkaklik samarasizligi (SES) dan foydalanish, radioaktiv hamda ximiyaviy moddalar ta’sirida mutatsiya va poliploidlar olish kabi muxim ahamiyatga ega yunalishlar kiradi. Bu boradagi ishlarga geterozis seleksiyasi, poliploidlar olish, mutantlar olish borasida erishilgan yutuqlarni keltirish mumkin.
Seleksiya fani yangi nav va shakllarning paydo bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish va ularni qo‘llashda genetik usullar bilan bir qatorda mustaqil fan sifatida o‘zining xususiy ish tartibi va usullarini ham ishlab chikdi. Seleksiya ishida nav yaratish uchun muxim omillardan biri bu populyatsiyada paydo bo‘ladigan yangi shakllarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganish va undan amalda foydalanish hisoblanadi. N. I Vavilov ta’kidlaganidek seleksiya inson xoxishi bilan yunaltiriladigan amaliy evolyusiyadir. Chunonchi seleksioner sun’iy tanlashdan foydalanib o‘simliklarning yangi navlarini yaratadi. N. I. Vavilov fikriga ko‘ra seleksiyaga fan sifatida, sanoat sifatida, va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining muayyan tarkibi sifatida qarash mumkin.
Nav inson faoliyati mahsuli bo‘lib, qishloq xo‘jalik unumdorligini oshiradigan ishlab chiqarish vositalaridan biridir. Ya’ni, yaxshi nav eqilganda hosildorlik ortib mahsulot sifati yaxshilanadi. Yangi navlarni joriy qilish don ekinlarida 2-3 s\ga va undan ham ortiq qo‘shimcha hosil olish imkonini beradi.
Yaratilayotgan navlar kasalliklarga,xashoratlaga, qurg‘oqchilik-ga, shurlanishga va tashkimuxitning noqulayliklariga chidamli bo‘lishi kerak. Oziq-ovqat muammosini xal qilishda, mahsulot sifatini yaxshilashda seleksiyaning ahamiyati boshqa fanlarga karaganda beqiyos kattadir.
Seleksiya yuli bilan yaratilgan navlarda bir vaqtning o‘zida hamma belgilarni yaxshilash mumkin emas. Masalan, xo‘jalik uchun qimmatli belgilar uzaro teskari bog‘lanishda bo‘ladi. Shuning uchun turli belgilar orasidagi korrelyatsiyani yaxshi bilish kerak. O‘simliklar seleksiyasi o‘z rivojlanishi tarixida 4 ta asosiy bosqichdan o‘tdi.
1. Ibtidoiy seleksiya-uzoq ajdodlarimiz yovvoyi o‘simliklar orasidan ko‘p va sifatli mahsulot beradiganlarini ajratib ovqat uchun ishlatganlar. Lekin ularni ajratib olib ko‘paytirish, saqlash kabilarni bajarishmagan bo‘lsada vaqt o‘tishi bilan inson ongining rivojlanishi natijasida tanlashga asos solgan. Natijada odamlar o‘z extiyojlari uchun yaxshi hosil beradigan O‘simliklarni ajratib ko‘paytira boshlaganlar. Xozirda ekiladigan ekinlarning ko‘pchiligi qadimgi ajdodlarimiz olib borgan oddiy tanlash natijasidir.
2. Xalq seleksiyasi. (maxalliy navlarning olinishi). Poltavka, Rusaka, Krasnokoloska kabi bahori yumshoq bug‘doyning qur-g‘oqchilikga chidamli, Kro‘mka, Belokoloska, Sandomirka kabi kuzgi bug‘doyning qishga chidamli navlari. Janubiy zonalarda qattiq bug‘doyning Beloturka, Chernouska kabi bahorgi navlari. O‘rta Osiyoda ham kuzgi, ham bahori hisoblangan Qizil bug‘doy, Oltin bug‘doy, kabi yumshoq bug‘doy navlari serhosilligi, qurg‘oqchilik va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi.
Arpaning Toshkallak, sholining Arpasholi, Xo‘jaaxmad, Qozoqi sholi, Qirmizi navlari, jo‘xorining Xuraki, Kattabosh, Chillaki, Boyjo‘xori, Pakana jo‘xori navlari. Bedaning Xorazm bedasi kabi navlar yaratilgan bo‘lib ularning yo‘qolib ketmasligini ta’minlash va ulardan seleksiya uchun boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish zarur.
3. Ishlab chiqarishning rivojlanishi sanoat seleksiyasining paydo bo‘lishiga va qator yirik mamlakatlarda seleksiya va urug‘-chilik tashilotlari tuzilishiga olib keldi. Endi nav yaratish bi-lan tarqoq dexqonlar emas, balki maxsus seleksiya va urug‘chilik muassasalariga uyushgan seleksionerlar shug‘ullana boshladi (XVII-asrda yashagan Gallet, Lekuter, Shiref). 1774 yilda Parijda tashqil topgan “Vilmoren“ firmasi (qand lavlagi ustida ish olib borib boshlang‘ich nus’halarga karaganda 3 barobar ko‘p shakari bo‘lgan navlar yaratishdi). Bundan tashqari o‘simliklar sistematikasi, botanika, texnikadagi yutuqlar, mikroskopning kashf etilishi introduksiya, o‘simliklarning jinsiy ko‘payishini, urug‘ning paydo bo‘lishini va sun’iy chatishtirish kabilarni o‘rganish yangi navlarni yaratishni tezlatish, nav yaratish usullarini takomillashtirish imkoniyatini berdi.
4. Ilmiy seleksiya-erishilgan yutuqlar asosan seleksionerlarning aqli, kuzatuvchanligi va tajribasiga tayangan edi. Shuning uchun ham seleksiya ilmiy -nazariy asosga muxtoj edi. Bunday asosni Ch. Darvin (XIX asr o‘rtalarida) ishlab chiqdi. Bu ta’limot ilmiy seleksiyaning negizi bo‘lib qoldi va xozirgi zamon seleksiyasi shu ta’limotga asoslangan. Bundan tashqari Mendel, Nilson-Ele, Iogansen ta’limotlari seleksiya usullari uchun na-zariy asos bo‘lib koldi. I. V. Michurin va Berbanklarning ishlari ilmiy -nazariy va amaliy seleksiya uchun muxim ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyoda 1900 yilda qishloq xo‘jalik stansiyalari tashqil topdi (Turkiston, Andijon, Mirzacho‘l,Ashxobod). Ular asosan g‘o‘za seleksiyasi bilan shug‘ullangan. 1910 yilda Turkiston tajriba stansiyasi (Shreder nomli bog‘dorchilik instituti) da, akademik Shreder maxalliy don ekinlarini ekib ularni nazariy urgana boshladi. Xozirgi vaqtda yuqoridagilardan tashqari seleksiya ishlari bilan G‘allaoroldagi O‘zbekiston don-ilmiy tadqiqot instituti, Genetika, Paxtachilik, O‘simlikshunoslik institutlari va boshqa ilmiy tashqilotlar shug‘llanmoqda. Ularning tarkibida bir qancha filiallar, bo‘limlar va laboratoriyalar bo‘lib ular seleksiya urug‘chilik ishlarini zamon talablari darajasida olib borishmoqda. Keyingi yillarda Andijonda sug‘oriladigan yerlarda ekiladigan donli ekinlar urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy tekshirish instituti ochildi. U jumxuriyatimiz dalalari uchun navdor urug‘-larni yetqazib berish ishlari bilan shug‘llanadi. Bu yerda kuzgi bug‘doyning 100-110 s/ga, bahorisining 70-80 s/ga hosil beradigan navlarini yaratish borasida rejalar tuzilgan. O‘zbekiston sholichilik instituti va uning filiallarida sholining 80-100 s/ga hosil beradigan navlari yaratish ishlari qizg‘in va muvaffaqiyatli bo‘lmoqda.
O‘zbekistondagi seleksiya ishlari ayniksa mustaqillik yillari tubdan yaxshilanib bormoqda. Buning yorkin misoli sifatida xukumat tomonidan keyingi yillarda qabul qilingan bir qator qaror va qonunlarni keltirish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risidagi qonuni “(1996,30 avgust),“Urug‘chilik to‘g‘risida“ (1996, 29 avgust) va Vazirlar Maxkamasining 25.11.1998y. “1999-2000 yillarda paxta navlarini yangilash va joylashtirish Dasturi“ to‘g‘risidagi 491-qarori qabul qilingan. Bu qonunlar va qarorda seleksiya hamda urug‘chilik bo‘yicha kadrlarni tayyorlash, seleksiya va urug‘chilik borasidagi tushunchalar, nav va duragaylar, ularning urug‘chiligini yaxshilash xaqida, yangi navlarni joylashtirish (xo‘jaliklarda 1 ta, tumanlarda 2 ta, viloyatlarda 4 ta dan ortiq g‘o‘za navlarini joylashtirish tartibi) seleksioner olimlarning xaq-xuquqari, seleksiya yutuqlari, patent olish, va x. k. xaqida juda muxim ahamiyatga ega tushunchalar aks ettirilgan. 491-qarorga asosan g‘o‘zaning kechpishar navlari Davlat Reestridan chiqarilishi va tezpishar navlarning unga kiritilishi ko‘rsatilgan. Shuningdek unda urug‘lik chigitlarni yetiishtiruvchi tashqilotlarni rag‘batlantirish maqsadida elita va reproduksiyali urug‘larga ustama xak belgilangan. Navlarni yaratuvchi tashqilotlarga va urug‘chilik tashqilotlariga qo‘shimcha xaq to‘lash mexanizmini ishlab chiqishni amalga oshirish vazifalari qo‘yilgan.
Hamma soxada bo‘lgani kabi seleksiya va urug‘chilik ishlari ham reja asosida olib boriladi. Mavjud seleksiya-urug‘chilik tizimi yangi nav chiqarish, elita yetishtirish jarayonida navlarni yaxshilash va ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan seleksiya -tajriba muassasalari, yangi navlarni o‘rganish va noxiyalashtirish bilan shug‘llanadigan Davlat nav sinash komissiyasi, ekin maydonlarini navdor urug‘lar bilan ta’minlab turadigan urug‘chilik xo‘jaliklari, urug‘ nazorati laboratoriyalari va boshqalarni uz ichiga oladi. Barcha ekin navlari tabiiy iqlim zonalarga mos ravishda noxiyalashtiriladi. Shulardan kelib chiqib, seleksiyaning asosiy vazifasi- muayyan tuproq-iqlim sharoitida muttasil mo‘l va sifatli hosil olishni ta’minlaydigan nav yaratishdan iboratdir. Masalan, tezpishar, qurg‘oqchilikga chidamli, sho‘rlanishga va boshqalar.
Shuningdek, sug‘oriladigan yerlarda poyasi yotib qolmaydigan, serhosil, kasalliklarga chidamli nav va duragaylarni yaratish ham muximdir. Bizning jumxuriyatimiz sharoitida (subtropik) yog‘ingarchilik kam qish sovuq bo‘lib, sug‘oriladigan dexqonchilik yaxshi rivojlangan. Eqiladigan navlar unib chiqish va naychalash davrida sovuqka chidamli, meva tugish davrida issiqqa chidamli, boshoq chikarguncha namsevar va boshoqlagandan keyin qurg‘oq-chilikga chidamli bo‘lishi kerak. O‘zbekiston sharqiy kichik subtropik zonaga kiradi. Iqlimi keskin kontenintal bo‘lib, ob-xavo yil, sutka mikyosida o‘zgarib turadi xavosi nixoyatda quruq. O‘zbekistonning lalmikor dexqon-chilik yerlarini 5 ta yirik geografik zonaga bo‘lish mumkin. (O‘rta Sirdaryo, Zarafshon, Qashkadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona). Har bir geografik zonada tekislik, baland-pastlik, tog‘ oldi, tog‘lik, baland tog‘lik yerlar bor. Ularning har biri dengiz satxidan ma’lum balandlikda bo‘lib, pastdan tepaga qarab yog‘ingarchilik ko‘payib boradi, namlik ortadi, xarorat pasayadi, o‘suv davri qisqaradi, tuproq unumdorligi ortadi, o‘t-o‘lanlar ko‘payadi.
Seleksiyaning asosiy yunalishlari. Jumxuriyatimizda vegetatsiya davrining ancha cheklanganligini hisobga oladigan bo‘lsak asosiy qishloq xo‘jalik ekini bo‘lgan paxtadan yuqori hosil olishning garovi bu tezpishar navlarni yaratishdir. Chunki faqatgina paxtachilikda emas balki boshqa ekinlar misolida ham tezpisharlik hosil miqdorinigina emas, balki uning sifatini, tannarxini va mexanizmlar yordamida yig‘ishtirib olishni belgilovchi faktorlardan hisoblanadi. Tezpisharlik -murakkab irsiy belgi bo‘lib, bu belgi o‘suv davrining ayrim fazalari uzun-qisqaligi bilan belgilanadi. Bu borada bir-biridan ekologik uzoq formalarni chatishtirish, turlararo duragaylash asosiy hisoblanadi. Tezpisharlik bo‘yicha seleksiya ishlari boshqa belgilarni hisobga olgan holda kompleks tarzda olib boriladi.

Download 31,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish