Burun boʼshligʼi anatomiyasi
Аncha murakkab tuzilishga ega boʼlib, yuqoridan bosh suyagini oldingi
chuqurchasi, pastdan ogʼiz boʼshligʼi, lateral tomondan koʼz olmasi
chuqurchalari va yuqori jagʼ suyaklari bilan oʼralgan boʼladi. Oldi tomonidan
burun teshiklari orqali tashqi muxit bilan tutashadi va orqa tomondan esa
xoanalar orqali burun - xalqum bilan bogʼlangan. Burun boʼshligʼini toʼrta,
tashqi (lateral), ichki (medial), yuqori va pastki devorlari mavjud. Yosh
bolalarda burun boʼshligʼi kalta va pastroq boʼladi.Shilliq qavatlari nozik,qon
tomirlari yaxshi rivojlanmagan. Medial devori xam pastroq va qalin tuzilishga
ega.
Burun boʼshligʼini yuqori devori (tomi): Tashkil qilishda burun suyaklari,
yuqori jag suyagini peshona oʼsimtasi, galvirsimon suyak va dimogʼ (soshnik)
suyaklari ishtirok etadi. Yuqori devorni asosini gʼalvirsimon suyakni
qogʼozsimon plastinkasi (lamina cribrosa) tashkil qiladi, bu suyakda 20-30 ta
teshiklar mavjud boʼlib, bu teshikchalar orqali bosh miyadan vena qon tomirlari,
nerv tolalari chiqadi va xid bilish tolalari va arterial qon tomirlari bosh miyaga
oʼtadi. Burun boʼshligʼini yuqori devorini bunday tuzilishini, burunda
oʼtkazilayotgan turli muolijalarda va jarroxlikda (bosh miyaga turli infektsiyani
tushishi xafini olish) albatta xisobga olish zarur. Bundan tashqari bu joylarda
bosh miyani subaraxnoidal boʼshligi bilan tutashgan perenevral limfatik
boʼshliklar mavjud, ayrim xollarda (turli jaroxatlar,burun va yuz soxasidagi
yiringli jarayonlarda) bu joylardan infektsiya bosh miyaga oʼtib yiringli
meningitga olib kelishi mumkin.
Burun boʼshligʼini oldingi devori yuqori jagʼ suyagini noksimon teshigi satxida
boʼlib,uni shakillantirishda burun suyaklarini pastki qismi va yuqori jagʼ
suyagini peshona oʼsimtalari ishtirok etadi. Oldingi devor burun teshiklari
soxasiga toʼgʼri keladi.
Burun boʼshligʼini orqa devori bu devor asosan xoanalardan tashkil topgan
boʼlib, burun boʼshligʼini burun-xalqum bilan tutashtiradi.Bundan tashqari bu
devorini tashkil etishda qisman asosiy suyakni tanasi xam ishtirok etadi.
Burun boʼshligʼining tubi oldingi boʼlimda yuqori jagʼ suyagining tanglay
oʼsiqlaridan (processus palatinus maxllae), orqa qismi esa tanglay suyaklarining
koʼndalang payraxalaridan (lamina horizontalis ossis palatini) tashkil topgan.
Pastki devorini oldingi qismida kanal boʼlib bu joydan burun boʼshligʼidan
ogʼiz boʼshligʼiga, burun-tanglay (n. nasopalatinus) nervi oʼtadi.
Burun boʼshligʼini ichki (medial devori). Burun boʼshligʼini teng ikkiga chap va
oʼng boʼshliqlarga boʼluvchi oʼrta devori xisoblanadi. Medial devor suyak va
togʼay qisimlardan iboratdir. Devorni suyak qismi orqa va yuqori tomondan
galvirsimon suyakni koʼndalang oʼsimtasi (lamina perpendicularis ossis
etmoidalis), pastdan yuqori jagʼ suyagini tanglay doʼmbogʼi va dimogʼ (vomer)
suyagidan
tashkil
topgan,
medial
devorini
oldingi
pastki
qismini
toʼrtburchaksimon togʼay (cartilago quadrangularis) tashkil qiladi, shuning
uchun xam devorni suyak qismi xarakatsiz, oldingi fibroz-togʼay va teri qismi
esa xarakatchan boʼladi. Burun boʼshligʼini medial devori kamdan-kam xollarda
toʼgʼri, oʼrta chizikda boʼladi,koʼpincha devorni u yoki bu tarafga toʼliq
qiyshiqligi, yoki ayrim joylarida chegaralangan boʼrtma, dumboqchalarda iborat
boʼladi.
Burun boʼshligʼini tashqi yoki lateral devori ancha murakkab tuzilishga ega
boʼlib, bir vaqtni oʼzida yuqori jagʼ suyagini medial devori xam xisoblanadi. Bu
devorda uchta burun chigʼanoqlari (concha nasalis inferior, media et superior)
mavjud. Bular pastki, oʼrta va yuqori chigʼanoqlar xisoblanib, pastki burun
chigʼanogʼi oʼzini mustaqil suyagiga (os turbinalis) ega qolganlarini esa
gʼalvirsimon suyakni dublikatursi xosil qiladi.
Xar ikkala burun boʼshligʼiga toʼrtadan burun yondosh boʼshliqlari va bitadan
koʼz yoshi yoʼllari ochiladi.
Burun boʼshligʼini medial devori bilan burun chigʼanoqlari orasini umumiy
burun yoʼli deb yuritiladi va bu yoʼldan, kirayotgan xavoni asosiy oqimi oʼtadi..
Tashqi yoki lateral devorda joylashgan uchta burun chigʼanoqlarini ostida
uchta: pastki, oʼrta va yuqori burun yoʼllari mavjud va bu yoʼllarga tegishli
burun yondosh boʼshliqlari ochiladi. Orqa tomondan bu yoʼllar burun-xalqumga
tutashadi.
Pastki burun yoʼli - yuqoridan pastki burun chigʼanogʼi, pastdan esa burun tubi
bilan chegaralanadi. Pastki burun yoʼlini oldingi uchdan bir qismida burun-koʼz
yoshi kanalani teshigi majud,ayrim xollarda burun chigʼanogʼini
gipertrofiyasida shu yoʼl berkilib qolishi xisobiga koʼz yoshi kanalini
yalligʼlanishi (dakriotsistit) kuzatiladi. Yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼini (Gaymor
boʼshligʼi) puktsiyasi xam pastki burun yoʼlidan, yaʼniy pastki burun
chigʼanogʼini oldingi qismidan 2 sm ichkarida amalga oshiriladi.
Oʼrta burun yoʼli - pastki va oʼrta burun chigʼanoqlarini orasida joylashgan. Bu
yoʼlni oldingi qismida yarimoysimon teshik (hiatus semilunaris) boʼlib bu joyga
peshona suyagi boʼshligʼi ochiladi. Shu teshikni orqaroq qismiga esa
gʼalvirsimon suyakni oldingi va oʼrta katakchalari ochiladi. Bu joydan yana
xam orqada yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼi ochiladi. Oʼrta burun chigʼanogʼini
oldingi qismida dumboqcha (aqqer nasi) boʼlib, bu joy peshona suyagi
boʼshligʼida oʼtkazilayotgan jarroxlikda moʼljal xisoblanadi. Oʼrta burun yoʼlni
lateral devori faqat suyakdan emas,balkim yuqori qismi shilliq qavatdan xam
iborat.
Yuqori burun yoʼli - yuqori va oʼrta burun chigʼanoqlari orasida joylashgan va
bu yoʼlga gʼalvirsimon suyakni orqa katakchalari va asosiy suyak boʼshligʼi
ochiladi. Odatdagi rinoskopiyada yuqori burun yoʼli va chigʼanogʼini koʼrib
boʼlmaydi.
Morfologik tuzilishi va bajarayotgan vazifasiga binoan burun boʼshligʼi ikkita
qismga boʼlinadi. Birinchisi nafas olish qismi (reqio respiratoria) va ikkinchisi
xid bilish qismi (reqio olfaktoria).
Nafas olish qismi pastdan burun tubidan boshlanib, yuqoridan oʼrta burun
chigʼanogʼini oʼrtasi va medial devorni shunga monand qismini egallaydi. Nafas
olish qismini boshlanishi tashqi burunni teri qoplamasi davom boʼlib,bu teri
burun boʼshligʼini kirish qismini (vestibulum nasi) qamrab oladi, shuning uchun
xam bu joylarda tuklar mavjud. Teri qoplamasi asta-sekin yupqalashib shilliq
qavatga oʼtadi.Nafas olish qismni shilliq qavati xid bilish qismini shilliq
qavatiga qaraganda ancha qalin boʼlib, koʼp qatorli silindrik xilpillovchi epiteliy
bilan qoplangan. Shilliq osti qismi elastik va qoʼshuvchi toʼqimalardan tuzilgan
xususiy qavatdan iborat,bu qavatda koʼp miqdorda shilimshiq ishlab
chiqaruvchi bokalsimon bezlar joylashgan. Nafas olish qismini pastki va oʼrta
burun chigʼanoqlari soxasi, kengaygan venoz tomirlardan iborat kavernoz
toʼqimalardan tashkil topganligi uchun xam shilliq qavatlari ancha qalin boʼladi.
Bu varikoz kengaygan venoz tomirlar turli tashqi taʼsirlar (mexanik,termik va
kimyoviy) xisobiga tez qon bilan toʼlib kengayib yoki tez boʼshab kichrayib
turadi, bunga monand shilliq qavatlar xam tez shishib kattalashishi yoki pasayib
kichrayishi kuzatiladi.Bunday xolat xisobiga burundan oʼtayotgan xavo xarorati
doimo bir xilda boshqarilib turiladi.
Xid bilish qismi burun boʼshligʼini oʼrta burun chigʼanogʼini oʼrtasidan
boshlanib toʼliq burun boʼshligʼini yuqori qismni qamrab oladi. Xid bilish
qismini shilliq qavati nafas olish shilliq qavatiga nisbatan ancha yupqa va nozik
boʼladi, maxsus tayanch, bazal va xid biluvchi neyrosensor epiteliylar bilan
qoplangan. Bu epiteliylar orasida esa koʼp qatorli xilpillovchi epiteliylar ayrim
joylarda orolcha shaklida uchraydi. Xid biluvchi epiteliylar kolba shaklida
boʼlib, markazida xid biluvchi oʼsimtasi bor, bu oʼsimtalar xid bilish iplarini
(fila olfactoria) tashkil qiladi. Bu ipchalar gʼalvirsimon suyakni teshikchalari
orqali kalla ichiga oʼtib toʼplanib, xid bilish dumbogʼi (bulbus olfaktorius) xosil
qiladi. Shu dumbokchadan xid bilish yoʼli (traktus olfactorius) boshlanadi va
bosh miyani oldingi xid bilish markazida (triqonum olfactorium) tugallanadi.
Burun boʼshligʼini asab tolalari xid biluvchi, sezuvchi va vegetativ turlarga
boʼlinadi. Sezuvchi asab tolasi uchlamchi nervni birinchi va ikkinchi shoxlari
xisobidan tashkil topgan.
Burun boʼshligʼidagi fiziologik va patologik xolatlarni faoliyati asosan qanot-
tanglay asab tuguni xisobiga boshqariladi. Bu tugun uchlamchi nervni sezuvchi
tolasi (n. pteryqopalatini), simpatik tola(n. petrosus profundus), va yuz nervini
tarmogʼi xisoblangan (n. petrosus major) parasimpatik asab tolasi qoʼshilishidan
xosil boʼladi.
Burun boʼshligʼini shilliq qavatlari juda boy qon tomirlar bilan taʼminlangan.
Аsosan tashqi va ichki uyqu arteriyalari xisobidan qon bilan taʼminlanadi.
Tashqi uyqu arteriyasidan (a. carotis externa) tashqi va ichki yuqori jagʼ
arteriyalari (a. maxillaris externa et interna) chiqadi.Tashqi yuqori jagʼ
arteriyasidan chiqqan yuqori lab (a. labialis superior) arteriyasi burun
boʼshligʼini medial devorini qon bilan taʼminlaydi. Ichki yuqori jagʼ
arteriyasidan esa qanotsimon-tanglay tarmogʼi (a. sphenopalatina) chiqadi,bu
arteriya burun boʼshligʼiga kirib pastki burun va devor arteriyalarini (a. nasales
posterioris lateralis et septi) beradi va bu arteriyalar burun boʼshligʼini orqa
qismini xamda lateral devorini qon bilan taminlaydi. Ichki uyqu arteriyasidan
koʼz arteriyasi (a. ophthalmica) chiqadi, bu arteriyadan esa oldingi va orqangi
galvirsimon arteriyalar (a. ethmoidales anterior et posterior) tarmoqlanib, ular
burun boʼshligʼini oldingi va galvirsimon suyak qismini qon bilan
taʼminlaydi.Аrteriyalar burun medial devorini oldingi pastki qismida bir-birlari
bilan tutushib qon tomirlar (Kiselьbax) toʼrini xosil qiladi
Venoz qonlar arteriyalarni yoʼnalishini qaytaradi. Venoz qonlar asosan oldingi
yuz va koʼz vena qon tomirlari (v. fasialis anterior v. ophthalmicae) orqali olib
ketiladi. Venoz tomirlar yuz soxasida bir-birlari bilan tutashib toʼr xosil qiladi.
Bu tomirlar oʼz oʼrnida bosh miyani yumshoq qobigʼlari venoz tomirlari bilan
xam tutashadi.Venoz tomirlarni bunday oʼziga xos tuzilishi burundan turli
infektsiyalarni bosh miyaga oʼtishda axamiyati bor.
Limfa tizimi burunni oldingi qismidan limfa suyuqligi jagʼ osti limfa tuguniga
quyiladi, oʼrta va orqa qismdan esa chuqur boʼyin limfa tizimiga qoʼshiladi. Xid
bilish qismini limfa tizimi esa xid bilish nerv tolasi qobigʼi orqali bosh miya
qobigʼlari bilan tutashadi. Limfa tizimini bunday oʼziga xos tuzilishini klinikada
infektsiyalarni burundan bosh miyaga va aksincha oʼtishini xisobga olish zarur.
Burun yondosh boʼshliqlari anatomiyasi
Burun atrofida toʼrt juft burun yondosh boʼshliqlari mavjud. Ular yuqori jagʼ,
peshona, oldingi, oʼrta va orqa gʼalvirsimon suyak kataklari, xamda asosiy
suyak boʼshliqlar xisoblanib, oʼzlarini chiqaruv teshiklari orqali burun
boʼshligʼi bilan tutashadi. Chaqaloqlarda yuqorida koʼrsatilgan boʼshliqlardan
faqat ikkitasi: yuqori jagʼ xamda galvirsimon suyak kataklari rivojlangan
boʼladi. Qolganlari esa vaqt oʼtgan sari shakllana boshlaydi.
Peshona suyagi boʼshligʼi asosan 3 yoshdan rivojlana boshlaydi, asosiy suyak
boʼshligʼining shakllanishi esa 4-5 yoshlarga toʼgʼri keladi va bolani 12-14
yoshida shakllanishi toʼla tugallanadi.
Yukori jagʼ suyagi boʼshligʼi (sinus maxillaris) boshqa boʼshliqlarga nisbatan
xajmi jixatidan eng kattasi xisoblanadi,shuning uchun xam yalligʼlanish
jarayoni nisbatan koʼp kuzatiladi.Yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼi koʼrinishi toʼrt
qirrali piramidani eslatadi, uning oʼrtacha xajmi 10-12 sm3 ga teng, oltita
devoriga ega.
Yuqori jagʼ suyagining alьveolyar oʼsigʼi yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼini pastki
devor yoki boʼshliqning tubi xisoblanadi. Tish ildizlari (3-6 oziq tishlar) baʼzan
boʼshliqqa botib kirgan boʼlib, ayrim xollarda tishlardagi yalliglanish jarayoni
boʼshliqqa shu tish ildizlari orqali oʼtishi (odontogen gaymorit) mumkin.
Yuqori devori bir vaqtning oʼzida koʼz kosasining pastki devori xisoblanadi va
boshqa devorlarga nisbatan ancha yupqa boʼladi. Аyrim xollarda bu devorni
tugʼma bitmasligi (digissentsiya) kuzatiladi. Bu devorida koʼz osti yoʼli boʼlib,
bu joydan koʼz osti asab tolasi va qon tomirlar oʼtadi. Baʼzan yuqori jagʼ suyagi
boʼshligʼidan yalliglanish jarayoni koʼz oldi toʼqimalariga shu devor orkali
tarqalishi mumkin.
Ichki yoki medial devori burun boʼshligʼini tashqi yoki lateral devori
xisoblanib, pastki va oʼrta burun yoʼllari satxiga toʼgʼri keladi. Medial devorni
pastki qismi qalin suyak devoridan iborat,asta-sekin yuqoriga koʼtarilgan sari bu
devor yupqalashadi va oʼrta burun chigʼanogʼi soxasida faqat shilliq qavatdan
iborat boʼladi, shuning uchun xam yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼini oʼrta burun
yoʼlidan punktsiya qilish ancha oson amalga oshiriladi,ammo bu joydan
punktsiya qilish ayrim xollarda koʼz olmasini jaroxatlanishiga olib kelishi
mumkin. Oʼrta burun yoʼlida boʼshliqni chiqaruv teshigi joylashgan.
Oldingi, yuz yoki jarroxlik devori xisoblanib bu devorida chuqurcha boʼlib
fanda «it oʼrasi» (fossae caninae) deb nomlanadi, amaliy jixatdan katta
axamiyatga ega, jarroxlik vaqtida yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼiga shu devor
orqali kirish qulaydir. Bu chuqurchani tepasidan koʼz osti nervi (n.
infraorbitalis) chiqadi.
Orka devor - gʼalvirsimon suyakni orqa katakchalari, asosiy suyakning
qanotsimon oʼsiqchalari va jagʼ suyagining peshona oʼsigʼi yaʼniy, yuqori jagʼ
dumbogʼi bilan chegaralanadi. Bu doʼmbogʼni orqasida qanotsimon-tanglay
chuqurchasi joylashgan, chuqurchada esa yuqori jagʼ nervi (n. maxillaris),
qanotsimon-tanglay nerv tuguni (gang. pterigopalatinum), ichki jagʼ arteriyasi
(a. maxillaris interna), qanotsimon-tanglay venoz toʼri (plexus pterygopalatinus)
joylashgan.
Barcha burun yondosh boʼshliqlari kabi yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼi xam xavo
bilan toʼlgan boʼlib, uning almashinuvi boʼshliqning chiqaruv teshiklari orqali
amalga oshadi. Yuqori jagʼ suyagi (Gaymor) boʼshligʼining chiqaruv teshigi
satxi koʼz kosasining tagida (oʼrta burun yoʼlida) boʼlib, bu burun boʼshligʼi
tubidan ancha yuqorida joylashgan, odam tik xolatda turganda boʼshliqqa
toʼplangan ajralmani chiqishi ancha qiyin boʼladi, bu xolat esa yuqori jagʼ
suyagi boʼshligʼida yalligʼlanish jarayonini tez rivojlanishiga sharoit yaratadi.
Peshona suyagi boʼshligʼi (sinus frontalis) peshona suyagi tanasida joylashgan
boʼlib, notoʼgʼri shaklga ega. Uning xajmi turli xilda va shakilda boʼlib,baʼzan
butun peshona suyagini maydonni toʼliq qamrab olishi mumkin,yoki lateral
tarafdan koʼz kosasining tashqi burchagigacha, yuqoriga esa koʼz kosasining
yuqorgi qirgʼogʼidan 5-6 sm. tepadagi maydonni egallash mumkin. Аyrim
xollarda u boʼshliq kichik kataksimon shaklda yoki umuman tugʼma
rivojlanmagan (atreziya) boʼlishi xam mumkin. Oldingi devori qovoq usti
yoyiga toʼgʼri kelib peshona suyagini oldingi plastinkasini tashkil etib, katta
qismi qalin va mustaxkamdir. Orqa devori asosan yupqa boʼlib, kalla
suyagining oldingi chuqriga toʼgʼri keladi va miya poʼtlogʼiga yopishib turadi.
Orqa va oldingi devorlari yuqorida bir-biri bilan burchak xosil qilib birlashadi,
shuning uchun xam yuqori devori mavjud emas. Pastki devori asosan koʼz
kosasini va qisman burun boʼshligʼini yuqori devori xisoblanadi. Pastki devorni
koʼz kosasi qismi ancha yupqa shuning uchun xam ayrim xollarda boʼshliq shu
joydan punktsiya qilinadi. Oʼrtada boʼshliqni ikkiga boʼlib turuvchi yupqa
medial devor bor. Bu devor doimo oʼrtada boʼlmasdan u yoki bu tarafga oʼtgan
xolda xam uchraydi.
Peshona suyagi boʼshligʼini kalla boʼshligʼi va koʼz kosasi bilan yaqinligi
tufayli ayrim xollarda uning yalliglanishida infektsiya bosh miyaga va koʼz
kosasiga oʼtish xolatlari kuzatiladi. Peshona suyagi boʼshligʼining chiqaruv
teshigi pastki qismida joylashganligi uchun boʼshliqda paydo boʼlgan suyuqlik
burun boʼshligʼiga yuqori jagʼ suyagi boʼshligʼiga nisbatan ancha oson chiqib
turadi.
Gʼalvirsimon suyak boʼshligʼi (sinus ethmoidales). Gʼalvirsimon suyakni
boʼshliqlari bir nechta mayda katakchalaridan (ari uyasiga oʼxshasha) tashkil
topgan boʼlib, peshona va asosiy suyak boʼshliqlari orasida joylashgan. Tashqi
devorini koʼz kosasini qogʼozsimon payraxasi tashkil qiladi, ichki devori esa
burun boʼshligʼining tashqi devoriga toʼgʼri keladi. Yuqoridan peshona suyagi
boʼshligʼi va qisman bosh miyani oldingi chuqurchasi bilan chegaralanadi.
Gʼalvirsimon suyak kataklari soni oʼrta xisobda 8-10ta, xajmi va joylashishi
turli variantlarda boʼladi. Аsosiy variantlardan biri gʼalvirsimon suyak
katakchalari koʼz kosasining medial devorni yuqori, oldingi yoki orqa
boʼlimlariga qoʼshilib ketishi mumkin, bunday xolda ular kalla suyagini oldingi
chuquri bilan xar xil masofada chegaralanadi. Joylashishiga qarab gʼalvirsimon
suyak katakchalari oldingi, oʼrta va orqa guruxlarga boʼlinadi. Oldingi va oʼrta
gurux katakchalari oʼrta burun yoʼliga, orqa guruxlari esa yuqori burun yoʼliga
ochiladi. Gʼalvirsimon suyak katakchalari bosh miya chuqurchalariga yaqin
joylashganligi uchun xam, burun ichida oʼtkazilayotgan jarroxlik muolijalarida
bu xolatni xisobga olish kerak, aks xolda jaroxat tufayli infektsiya burun
boʼshligʼidan bosh miyaga oʼtish mumkin.
Аsosiy suyak boʼshligʼi asosiy suyak tanasida joylashgan. Boʼshliqni yuqori
devori oʼrta miya chuqurchasi bilan chegaralanadi va bu devori anatomik-turk
egari, koʼz nervi, gipofiz va bosh miyani peshona soxasini bir qismi, xamda xid
bilish markazi bilan chegaralanadi. Yon devori uyqu ateriyasi va gʼovak vena
bilan chegaralanadi. Boʼshliqni pastki devori burun va burun xalqum
boʼshliqlari bila chegaralanadi. Boʼshliqni kattaligi va shakli turlicha boʼladi,
ayrim xollarda gʼalvirsimon suyak katakchalarini orqa guruxlari bilan qoʼshilib
ketgan xolatda xam uchraydi. Аsosiy suyak boʼshligʼini oʼrtasidagi suyak
toʼsigʼi ularni teng ikki qismga boʼladi va xar bir boʼshliqni oldingi devorida
yuqori burun yoʼliga chiqqan oʼz teshiklari mavjud.
Boʼshliq devorining yupqaligi va xayotiy zarur aʼzolarga yaqin joylashganligi
sababli, koʼp xollarda yalligʼlanish jaryoni boʼshliqdan qoʼshni aʼzolarga va
miya tez tarqaladi.
Burunning boʼshligʼini shilliq qavatini tuzilishi.Shilliq qavatlarni tuzilishini
oʼziga xosligi va burni faoliyatida muxim oʼrin egalaganligi uchun xam uni
tuzilishiga aloxida eʼtibor qaratiladi.Shilliq qavat suyak va togʼay usti
qavatlariga zich yopishgan boʼladi, shuning uchun bu joylarda burmalar xosil
boʼlmaydi. Burunning yuqori xid bilish qismida va burun yondosh
boʼshliqlarida shilliq qavatlar yupqa boʼladi. Oʼrta va pastki burun yoʼllarida
kavernoz toʼqimalar xisobiga biroz qalinroq tuzilishga ega. Shilliq qavat nafas
olish qismida koʼp qatorli silindrik xilpillovchi epiteliy bilan qoplangan, biroq
epiteliy qavatlari soni xam, xilpillovchi epiteliylar miqdori xamma joylarda bir
xilda tarqalmagan. Burun tubidan boshlanib,pastki burun chigʼanogʼi va medial
devorni shu soxalarida epiteliylar qatorlari va ularni soni yuqori qismlarga
qaraganda ancha koʼp va qalinroqdir. Yangi tugʼilgan chaqaloqlarda va kichik
yoshdagi bolalarda xilpillovchi epiteliylar shakillanishi xamda ularni xarakati
uncha yaxshi rivojlanmagan boʼladi, shuning uchun xam taoʼsh muxitni salbiy
taʼsiri yoki yengil yalligʼlanish jarayoni paydo boʼlishi bilan epiteliylarni
xarakati pasyadi va tez va oson falajlanib qoladi. Bu esa kasallikni uzoq va
ogʼiroq kechishiga olib keladi.
Burun shilliq qavati yuzasidagi xilpillovchi epiteliylar tufayli va shilliq qavat
yuzasidagi shilimshiq suyuqlik mavjudligi xisobiga boshqa yot jismlar ushlanib
qolinadi va qisman epiteliylarni xarakati xisobiga tashqariga chiqarib turiladi.
Bu xarakatni doimiyligi burun boʼshligʼidagi RN mikdorini oʼzgarishiga bogʼlik
boʼladi. Bu mutadillik 7-7,2 RN ga teng, mutadillikni u yoki bu tomonga
oʼzgarishi bilan epiteliy xarakati xam oʼzgaradi. Xilpillovchi epiteliy uzunligi 5-
7 mm gacha boʼladi, xarakat tezligi esa minutiga 250 atrofidagi tebranishdan
iborat. Xilpillovchi epiteliyni xarakati tufayli shilimshiq suyuqliqni xarakati
amalga oshadi, uning tezligi minutiga 5-20 mm ga teng, bu xarakat burun
boʼshligʼini xar xil kismlarida turlicha,xarakat tezligi burun boʼshligʼini orqa
qismiga yaqinlashgan sari ortib boradi.
Mikroskopik kesmalarda shilliq qavat mukoz va submukoz yumshoq
biriktiruvchi toʼqimalardan tashkil topgan, yuqori qismlarida esa shilliq va seroz
bezlari mavjud. Ularning mikdori pastki burun chigʼanoqlarida koʼp.
Nafas olish qismini shilliq qavati uchun esa muxim boʼlgan xolat bu birikma-
gʼovak toʼqimani mavjudligidir. Gʼovak toʼqima yuzaki va chuqur joylashgan
qon bilan toʼlib turgan boʼshliqlardan iborat boʼlib, epitelial qavatlar orasida
keng venasimon toʼr shaklida joylashgan. Ushbu boʼshliqlar devorlaridagi
mushaklar yassi tuzilishga ega boʼlganligi sababli ular oʼz shaklini va xajmini
oson xamda tez oʼzgartiradi, yaʼniy mushaklar qisqarganda toʼqimalardagi qon
siqib chiqariladi yoki mushaklar tonusi boʼshashganda qon bosimining
pasayishi tufayli boʼshliq kengaya boshlaydi va yana qon bilan toʼladi. Gʼovak
boʼshliqlar qon bilan toʼlish natijasida, shilliq qavat va chigʼanoqlar bir necha
marotaba kattalashadi va burun yoʼllarini toʼsib qoʼyadi, natijada burundan xavo
oʼtishi qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |