Mavzu; Kirish Otorinolaringologiya tarixi va rivojlanishi. Burun boʼshligi klinik anatomiyasi va fiziologiyasi


BURUN VА BURUN YONDOSH BOʼSHLIQLАRINI



Download 333,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana25.02.2023
Hajmi333,97 Kb.
#914328
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Nazariy material (2)

BURUN VА BURUN YONDOSH BOʼSHLIQLАRINI 
KLINIK FIZIOLOGIYASI 
Burunni inson xayoti uchun muxim boʼlgan faoliyatlari: nafas 
olish,ximoya,xid bilish,soʼzni shakillantirish,mimik,koʼz yoshini oʼtkazish va 
yuzni kosmetik toʼldirishdan iborat. 
Burunni nafas olish faoliyati – Inson dunyoga kelgan birinchi soniyalardan 
boshlab burundan nafas oladi. Shu nafas orqali esa tanani kislorodga boʼlgan 
talabini toʼliq qondiradi.Burundan nafas olish normal nafas xisoblanadi. Bir 
marotaba olingan nafasda burun orqali 500 kub sm. xavo olinadi va shuncha 
xavo qaytib chiqariladi. Katta yoshdagi odamlar bir minutda oʼrtacha 16-20 
marotaba (yangi tugʼilgan chaqaloqlar 43-45 marotaba) nafas oladi va oʼrtacha 
8-10 litr xavo oʼtadi. Jismoniy zoʼriqishda,yugurishda ayrim psixologik 
xolatlarda burundan olingan xavo yetarli boʼlmaganligida nafas aralash xam 
burundan,xam ogʼiz orqali amalga oshadi.
Nafasni maqdori,uni yuzaki yoki chuqurligi birinchidan reflektor boshqariladi. 
Bu boshqarilish ikki tomonlama amalga oshadi - birinchidan, oʼpkani xarakati 
kelishi xisobiga, adashgan nervni qoʼzgʼaladi, undan qoʼzgʼalish bosh miyani 
nafas markaziga oʼtishi xisobiga nafas olish boshqariladi, ikkinchidan esa 
gumoral, yaʼniy qondagi SO miqdorin oshib ketishi natijasida nafas markazini 
qoʼzgʼalishi orqali boshqariladi.
Burun teshigidan kirgan xavo tepaga yoʼnalib, oʼrta burun yoʼliga oʼtadi va 
xalqumni yuqori qismiga borguncha yoysimon xarakatni tashkil qiladi, bunday 
yoʼnalishda xavo qisman pastki va oʼrta burun chigʼanogʼi, xamda burun 
boʼshligʼini medial devorini oʼrta qismini qamrab oʼtadi. 
Burun shilliq qavati qon bilan boy taʼminlanganligi xamda gʼovaksimon 
toʼqima mavjudligi tufayli oʼtayotgan xavo oqimi shilliq qavat yuzasiga urilib 
tez iliydi. Nafas olishda burundan kirayotgan xavo oqimiga burun oldi 
boʼshligʼidagi iligan va yetarli namlangan xavolar chiqib, burun yoʼlidagi xavo 
oqimiga qoʼshiladi,natijada xavo oqimi yana qoʼshimcha iliydi va namlanadi. 
Bu xavo oqimi burundan burun-xalqum orqali pastki nafas yoʼliga oʼtadi, nafas 
chiqarishda esa qaytayotgan xavo oqimini bir qismi burun oldi boʼshliqlariga 
qayta kiradi. Nafas olib chiqarishni shunday fiziologik faoliyati buzilib, 
ogʼizdan nafas olinganda, organizmga kirayotgan kislorod miqdori ozayadi, qon 


aylanish tizimi izdan chiqadi va tanani moslashish faoliyati pasayadi, natijada 
inon tanasida turli patologik xolatlar paydo boʼladi. Bunday xolat ayniqsa 
bolalarda keskin namoyon boʼladi. Oʼtayotgan xavoni xarakat yoʼnalishi burun 
qanotlari,chigʼanoqlari va medial devorni xolatiga bogʼliq boʼladi. 
Burunni ximoya faoliyatin (tozalash faoliyati) - burun boʼshligʼi turli egri 
yoʼllardan tashkil topganligi uchun,kirayotga xavo oqimi toʼgʼridan-toʼgʼri 
burun xalqumga oʼtishdan avval shilliq qavatlarga,chigʼanoqlarga toʼliq tegib 
oʼtadi. Shuning uchun xam xavo oqimi bilan kirayotgan turli yirik chang va 
gʼuborlarni bir qismi avvalo kirish qismidagi tuklar orqali ushlanib qolinadi. 
Bundan tashqari mayda zarralar va mikroblarni 40-60% shilliq qavat yuzasidagi 
shilimshiq ajralma orqali ushlanib qolinadi. Mikroblar esa burundagi shilimshiq 
ajralma tarkibida boʼlgan lizotsim,mutsin va inbixin taʼsirida zararsizlantiriladi. 
Burun yoʼllarida toʼplanib qolgan turli changlar shilliq qavatni bir minutda 250 
marotaba toʼlqinsimon xarakat qiladigan xilpilovchi epiteliysi xisobiga burun-
xalqumga oʼtadi, undan pastga tushib qismani soʼlak bilan birga yutilib 
ketadi,qolgani esa tupurib tashlanadi. Koʼproq toʼplanib qolgan chang va 
mikroblar reflektor chuchkirish chakirish xisobiga aks urilganda tashqariga 
chiqib ketadi. 
Olinayotgan xavo oqimi oʼtkir xidli,zaxarli chiqindilar bilan ifloslangan boʼlsa, 
burunni kirish qismi va burun yoʼllari darxol reflektor torayadi,nafas 
sekinlashadi va yuzaki boʼlib qoladi. Аyrim xollarda oʼtkir zaxarli moddalar 
burunga tushganda, nafaqat burun yoʼllari xattoki reflektor xiqildoq qisilib,nafas 
toʼxtab xam qoladi. Yuqoridagi xolatlar burunni ximoya faoliyatini bir 
koʼrinishidir. Ximoya faoliyatini boshqa koʼrinishlari chuchkirish,reflektor 
koʼzdan yosh oqish,burundan shilimshiq ajralishini kuchayishi xisoblanadi. 
Burunni isitish faoliyati - Burunni ximoya faoliyatidan biri oʼtayotgan xavoni 
isitishdir. Burundagi issiqlik maʼnbasi,burun boʼshligʼidagi boy taʼminlangan 
qon tomirlar xisoblanadi. Burun boʼshligʼidan oʼtayotgan xavo oqimi burun 
shilliq qavati yuzasidagi xarorat xisobiga isiydi. Burunga kirayotgan sovuq 
xavoni taʼsirida, pastki va oʼrta burun chigʼanoqlarida joylashgan kavernoz 
toʼqima qon tomirlari reflektor kengayadi va qon bilan toʼladi,maxalliy xarorat 
koʼtariladi, natijada oʼtayotgan xavoni isishi tezlashadi. Burun boʼshligʼiga 
kirayotgan xavoni xarorati 20 S boʼlgan xolda burun xalqum qismida 36 S ga 
yetadi. Burunga kirayotgan xavoni xarorati qancha past boʼlsa, burun 
boʼshligʼini istish kuchi shuncha yuqori boʼladi.


Xavoni namlanishi – burun yoʼllaridan oʼtayotgan xavo oqimi yetarli darajada 
namlanishi zarur.Burundagi namlikni miqdori doimo, quyidagi manbalar 
xisobiga toʼldiriladi
–a) burun boʼshligʼini shilliq va shilliq osti qavatida joylashgan bezlarni ishlab 
chiqargan suyuqlik xisobiga
-b) bazilyar membrana orqali sizib chiqqan limfa suyuqligi xisobiga
–v) koʼz yoshi bezini suyuqliklari xisobiga.
Аjralib chiqayotgan suyuqliklar miqdori reflektor boshqariladi.Tashqi muxitni 
taʼsiriga (mexanik,fizik,kimyoviy) binoan suyuqlik ajralishi miqdori oʼzgarib 
turiladi (tashqi ob-xavo qanchalik sovuq boʼlsa suyuqlik ajralishi shuncha 
yuqori boʼladi). Bir kecha-kunduzda burun boʼshligʼiga 500 kub sm. suyuqlik 
chiqadi. Suyuqlikni asosiy qismi (80%) oʼtayotgan xavoni namlashga 
sarflanadi,shuning uchun xam burundan oʼtayotgan xavoni namlanishi 70-80% 
yetadi. Bundan tashqari burun boʼshligʼidagi suyuqlik, shilliq qavat yuzasidagi 
xilpillovchi epiteliyni bir maromda faoliyat koʼrsatishida, muxim oʼrinni 
egallaydi. 
Xavoni ilishi, tozalanishi va namlanishi ogʼiz orqali nafas olganda burundan 
olinganga qaraganda ancha past boʼladi. 
Burunni xid bilish faoliyati. Xid bilish jarayoni insonni xayotida muxim oʼrinni 
egallaydi. Boshqa sezgi aʼzolari qatori xid bilish faoliyati xemoretseptorlar 
qatoriga kiradi va ular bir-biri bilan chambar–chas bogʼliqdir. Xid bilish 
jarayoni xid tarqatuvchi moddalarni molekulalarini, xid bilish xujayralarini 
qoʼzgʼatishi darajasi natijasida namoyon boʼladi. Burun boʼshligʼini xid bilish 
maydoni 250 mm. kvadrat xajimni egallaydi. Bu maydonni shilliq qavatini rangi 
qoʼgʼir boʼlib, uch xil xujayralardan tashkil topgan:
1) xid bilish xujayralari, markazida xid bilish nevronlari bilan 
2) silindr shaklidagi tayanch xujayralar 
3) konus shaklidagi,markazida xid bilish tuklari bor bazal xujayralar. Xid bilish 
xujayralarini tuklari (nevritlar) birlashib fila olfaktoria xosil qiladi va 
gʼalvirsimon suyak teshiklari (lamina cribrosa) orqali bosh miyaga oʼtib 
toʼplanib, xid bilish piyozchasini (bulbus olfaktorius) xosil qiladi. Xid bilish 
piyozchasidan markazga yoʼnalib, xid bilish yoʼlini (traktus olfaktorius) tashkil 


qiladi. Bu yoʼl davom etib xid bilish markazida gyrus et uncus hyppocampii 
tugallanadi. 
Odatdagi xid bilish jarayoni amalga oshishi uchun quyidagi shartlar amalga 
oshirilishi kerak: 
birinchidan- xid bilish maydoniga yetarli darajada xid tarqatuvchi moddalarni 
(gaz,bugʼ,aerozolь,tutun va chang)tushishi va bu ularni diffuz yoʼli bilan 
soʼrilishi 
ikkinchidan- burun boʼshligʼida xavo oqimini doimo xarakati boʼlishi . 
Xid bilish maydoniga tushgan xid tarqatuvchi moddalar xid bilish xujayralari 
tomonidan ishlab chiqarilgan shilimshiq modda taʼsirida eriydi va soʼriladi, 
natijada shu xujayralarda boshlanib,to xid bilish markazigacha boʼlgan 
maydonda qoʼzgʼatish chaqiradi. Xidli moddalar taʼsirida Kortiev aʼzodagi 
sezuvchi piyozchalardagi kabi, xid bilish xujayralari taʼsirlanishi epitelial 
kataklar orqali amalga oshadi, natijda xid bilish jarayoni amalga oshadi. 
Xid tarqatuvchi moddalar taʼsir koʼrsatishi boʼyicha 3 xilga boʼlinadi
a) xid bilish nerv tizimiga taʼsir etuvchi 
b) xid bilish nervi va uchlamchi asab tolasiga taʼsir etuvchi 
v) xid bilish nervi,uchlamchi nerv tolasiga va taʼm biluvchi retseptorlarga taʼsir 
etuvchilar.
BirinchIguruxga-valerian,lavanda,kofe,achchiq bodom moyi,qalampirmoʼnchoq 
kiradi 
ikkinchi guruxga- nashatir spirti,atseton,metil spirt,tuyulgan achchiq qalampir
uchinchi guruxga- esa sirka kislotasi,yodform va benzollar kiradi. Insonni xid 
bilish faoliyati va uni darajasini aniqlash uchun maxsus xid tarqatuvchi 
moddalarda iborat yigʼma mavjud. 
Burun va burun yondosh boʼshliqlarini rezanator faoliyati- tovushlarni 
rezanatorligi (sozlanishi) burun va burun yondosh boʼshliqlari mavjudligi 
xisobiga toʼliq amalga oshadi. Xiqildoqda xosil boʼlgan birlamchi tovushlar 
yuqoriga (xalqum,burun soxasi) koʼtarilib xavo bilan toʼlgan burun va burun 
yondosh boʼshliqlarida tegishli (sozlanib,tekislanib) tembrga ega boʼladi. 
Yuqori tovushlar kichik burun oldi boʼshliqlarida (gʼalvirsimon suyak 


katakchalari, asosiy suyak boʼshligʼi), past tovushlar esa katta boʼshliqlarda 
(burun boʼshligʼi,yuqori jagʼ va peshona suyagi boʼshliqlarida) sozlanadi. 
Tovushlar toʼgʼri tembrga (sozlanishga) ega boʼlishi uchun burun yoʼllari oʼta 
darajada keng yoki tor boʼlmasligi zarur,agarda nafas yoʼllaridi birorta toʼsiqlik 
(adenoid,burun 
polipi,burun 
chigʼanoqlarni 
katalashuvi,surunkali 
yalligʼlanishlar) boʼlsa, bu xolda tovushlar oʼzgarib berk pinqilik (gnusavostь) 
kuzatiladi. Pastdan yuqoriga koʼtarilib burun xalqumdan burun boʼshligʼiga 
oʼtayotgan xavo oqimi xech qanday toʼsiqqa uchramasa, oʼta darajada erkin 
xarakatda boʼlsa,ammo bemorda pinqilik kuzatilsa bu xolat (kichik til 
falajligida), ochiq pinqilik deb ataladi. 
Burunni mimik faoliyati Tashqi burun yuz tuzilishida oʼzini mushaklarini 
xarakatga keltirib,yaʼniy burun kataklarini kengaytirib yoki toraytirish,burun 
uchlarini xarakatga keltirish orqali maʼlum bir qiyofani xosil qilinadi. Аyrim 
xollarda burun mushaklarini xarakatga keltirilishi burnga oʼtkir xidlar taʼsir 
etganda xam kuzatiladi. 
Burunning reflektor faoliyati – burunni nafas olish,xid bilish va ximoya 
faoliyatlari burundagi reflekslar bilan bogʼliqdir. Burundagi reflekslar oʼz taʼsir 
doirasiga qarab,quyidagi guruxlarga boʼlinadi. 
1.Taʼsir doirasi boshqa aʼzolarga tegishli boʼlgan burundagi
reflekslar. 
2.Taʼsir doirasi burunga tegishli burun reflekslari 
3.Tanani boshqa joydagi,burunga tegishli reflekslar 
Taʼsir doirasi boshqa aʼzolarga tegishlisi, bu burundan oʼtayotgan xavo oqimi 
shilliq qavatlarni qoʼgʼalishiga va bu qoʼzgʼalish oʼz oʼrnida nafas olish 
markazini qitiqlash xisobiga,nafas jarayoni bir maromda ushlab turiladi. 
Taʼsir doirasi burunga tegishli burun reflekslari. Burun boʼshligʼini shilliq 
qavatlarini qitiqlanishi reflektor chuchkirish va burundan shilimshiq ajralishiga 
olib keladi.
Tanani boshqa joydagi,burunga tegishli reflekslar. Tanani biror joyiga sovuqni 
taʼsir etishi natijasida, reflektor burunni bitib qolishi va nafas olishni qiyinlashi 
kiradi. 



Download 333,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish