OʼZBEKISTONDА OTORINOLАRINGOLOGIYA
RIVOJLАNISH TАRIXI
Oʼzbekistonda birinchi boʼlib 1918 yilda Toshkentning eski shaxridagi
kasalxona qoshida А.M. Juravlev tomonidan 25 oʼrinli koʼz va LOR kasalliklari
uchun boʼlim ochilgan. Oʼrta Osiyo Universiteti qoshida tibbiyot fakulьteti
ochilish munosabati bilan Toshkentning xarbiy gospitalida LOR kafedrasi
tashkil qilinadi va uning birinchi mudiri etib Maskvadan kelgan professor S.F.
Shteyn tayinlanadi. S.F. Shteyn tashkiliy ishlar bilan shugʼullandi va uzoq
ishlamasdan sogʼligi yomonlashganligi tufayli Yessentuki shaxriga ketib qoladi.
1922 yilda kafedra mudiri etib S.F.Kaplan tayinlanadi. Shu davrda
Respublikada LOR xizmatini rivojlantirish uchun vrachlardan I.B.Blyum,
N.А.Novikov, V.I. Suravetskiy, I.M. Rozenfelьd, А.А. Migrinskayalar katta
xizmat qildilar.
1925 yilda Oʼrta osiyo otorinolaringologlar ilmiy jamiyati tuzildi va
uning birinchi raisi etib S.P. Kaplan saylandi.
1927 yilda LOR kafedrasi mudiri etib dotsent I.M. Ruzenfelьd saylanadi.
1930-1937 yillar kafedrani professor S.G. Borjim boshqaradi. Bu davrni
kafedrani rivojlanish davri deb atash mumkin, chunki kafedrada quloq, tomoq
va burun kasalliklarini jarroxlik yoʼli bilan davolashni yangi usullari ishlab
chiqildi va tashxis ishlari yaxshi yoʼlga qoʼyildi.
1939-1945 yillarda Toshkent tibbiyot institutining LOR kafedrasini
professor V.P. Chikurin boshqardi. Bu davrda LOR kasalliklarini konservativ
usulda davolash ishlariga kata eʼtibor qaratildi.
1945-1955 yillari kafedrani professor S.I.Shumskiy raxbarligida
boshqarildi va shu davrda 6 ta nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi. S.I
Shumskiy koʼpgina maxalliy millat vrachlarini ishga jalb qildi (S.А. Аgzamov,
R.А. Xamraeva, А.G. Ganiev, K.D. Mirazizov, R.N. Kayumova, А.U.
Usmanova va boshqalar).
Laskov Izrail Yulьevich (1897-1968) professor 1955-1968 yillarda
Toshkent tibbiyot instituti LOR kafedrasini boshqardi. Oʼzini ish faoliyatida
xikildoqning surunkali qisilishlarda protez dilyatatorlar yordamida davolash
usulini yoʼlga qoʼydi.
Mirazizov Qoʼchkor Juraevich (1925-2011) professor. Oʼzbekistonda xizmat
koʼrsatgan fan arbobi. Toshkent davlat tibbiyot instituti LOR kafedrasi (1969-
1998) mudiri, oddiy assistentlikdan kafedra mudiri darajasigacha boʼlgan yoʼlni
bosib oʼtdi va 1998 yilgacha kafedra mudiri lavozimida ishladi. Ilmiy
izlanishlari otogen bosh miya asoratlari tashxisi va davolash yoʼllari, LOR
kasalliklari rivojlanishini oldini olish xamda ularni tashxisi masalalariga
bagishlangan.Q.J.Mirazizov raxbarligi ostida 40 dan ortiq fan doktorlari va fan
nomzodlari tayyorlangan.Vatanimizda otorinolaringologiya fanini rivojlanishini
asoschilaridan biri xisoblanadi.
Kafedrani (1997-2005)yillar professor Xodjaeva Qunduz Аsadullaevna
boshqardi, bu davrda kafedra LOR kasalliklarini tashxisi va davolash ishlarida
yangi texnologiyalarni amaliyotga kiritish boʼyicha ulkan ishlarini amalga
oshirdilar.”Аmaliy
otorinolaringologiya”
oʼquv
qoʼllanmasi
muallifi.Q.А.Xodjaeva raxbarligida 2 ta fan doktori va 12 ta fan nomzodlari
tayyorlangan. Kafedrada Vatanimizga yuqori malakali ilmiy va amaliy xodimlar
tayyorlashda xaqiqiy LOR maktabi yaratildi.
Moʼminov Аkram Ibragimovich (1937-2001) professor, oʼzbekistonda xizmat
koʼrsatgan fan arbobi. 1976 yildan II-Toshkent davlat tibbiyot instituti
otorinolaringologiya kafedrasi mudiri bir vaqitni oʼzida shu instituni oʼquv
ishlari boʼyicha prorektori lavozimida ishladi. 1989 yildan yangi tashkil
qilingan Buxoro tibbiyot instituti LOR kafedrasi mudiri va shu bilan birga
institut rektori lavozimida ishladi. 1994 yildan Samarqand Davlat tibbiyot
instituti rektori etib tayinlandi. Ilmiy ishlari burun va burun yon boʼshliqlari
kasalliklari va ularni oʼpka kasalliklariga aloqadorligi, surunkali tonzillit,
quloqning yiringli kasalliklarida, aloxida surdologik xizmatni tashkil kilishga,
kasbiy kasalliklar muammolariga bagʼishlangan. Quloq, tomoq va burun
kasalliklari boʼyicha talabalar uchun oʼquv adabiyoti muallifi xisoblanadi,
bundan tashqari bir necha ilmiy monografiyalar yaratgan, xamda 40 ortik ilmiy
kadrlar tayyorlagan.
Xakimov Аbdumalik Maxmudovich (1941 y.) tibbiyot fanlari doktori,professor
1992 yildan avval ikkinchi TOShMI Lor kafedrasi,soʼngra tibbiyot akademiyasi
Lor kafedrasini mudiri lavozimida faoliyat koʼrsatgan. Ilmiy yoʼnalishi
neyrosensor karlik muammolariga bagʼishlangan.2000 yildan Respublikada
otorinolaringologlar jamiyatini raisi,barcha oʼtkazilgan otorinolaringologlar
sʼezdini asosiy tashkilotchilaridan xisoblanadi.”Sogʼliqni saqlash aʼlochisi”
nishoni bilan taqdirlangan. 300 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 2ta fan doktori va
12 ta fan nomzodlari tayyorlagan. Respublikamizda otorinolaringologiya
xizmatini rivojlanishida ulkan xizmat qilgan olim sifatida xurmatga sazavordir.
Tibbiyot akademiyasini 2011 yildan boshlab,tibbiyot fanlari doktori,professor
Shayxova Xolida Erkinovna (1954 y.) boshqarmoqda. Kafedrada professor
X.E.Shayxovadan tashqari 8 nafar tibbiyot fanlari doktori professorlar faoliyat
koʼrsatmoqda.Professor X.E. Shayxovani ilmiy yoʼnalishi yuqori nafas yoʼllari
va oʼrta quloqni yiringli yalligʼlanish muammolarini xal qilish masalalariga
bagʼishlanagn, 200 ortiq ilmiy ishlar muallifi,bir qancha ilmiy xodimlarga
raxbarlik qilgan.Kafedrada kelajagi porloq professor X.M.Matquliev faoliyat
koʼrsatmoqda. Olimni ilmiy yoʼnalishi rekonstrktiv plastik va eshitish zaifligini
sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish muammolariga bogʼishlangan.100
ortiq ilmiy ishlar muallifi.
1930 yilda Samarqand tibbiyot instituti ochildi va LOR kafedra tashkil etildi va
mudiri etib professor Gamayunov Semen Fedorovich (1896-1931) tayinladi.
S.F.Gamayunovni
ilmiy
ishlari
yuqori nafas yoʼllari kasalliklariga
bagʼishlangan.
1939 yildan 1950 yilgacha Samarqand tibbiyot instituti LOR kafedrasini
professor Savelьev Аleksandr Vasilьevich (1898-1985) boshqardi. Ilmiy ishlari
quloqni yiringli kasalliklirini konservativ davolash ishlariga bagʼishlangan.
Lurьe Miron Samoylovich (1894-1967) professor, 1951-1956 yillarda
Samarqand tibbiyot instituti LOR kafedra mudiri boʼlib ishladi. M. S. Lurьe va
Bolotina B. M. bilan birgalikda 1938 yili xiqildok kasalligini yangi klinik
shaklini yaniy -«noksimon chuqurcha anginasi»ni toʼliq klinik koʼrinishini
yozdi. Dunyoda birinchi marta tonzilyar patologiyani oʼrganish boʼyicha
(eksperimental) tajriba ishlarni olib bordi.
Buev Petr Dmitrievich (1899- 1967y. ) professor, Samarqand tibbiyot
institutining LOR kafedrasi mudiri boʼlib 1956-1957 yilgacha ishladi. Ilmiy
ishlari xiqildoqni limfatik tizimini oʼrganishga va xiqildoq qismlarida
boʼladigan oʼzgarishlarga bagʼishlangan.
Chengeri Stanislav Kazimirovich (1893 y. ) dotsent. Samarqand tibbiyot
instituti LOR kafedrasini 1957-1964 yilgacha boshqargan. Ilmiy ishlari quloqda
surunkali yalligʼlanish kasalliklari va uni oldini olish masalariga bagʼishlangan.
Sadrieva R. V. professor (1918 y.) Samarqand tibbiyot institutining LOR
kafedrasi mudiri boʼlib 1965 yildan 1970 yilgacha ishladi. Ilmiy ishlari yuqori
nafas yoʼllari kasb kasalliklarini aniqlash va ularni davolash masalalariga
bagʼishlangan.
Gorchakov Veniamin Аndreevich (1917 y. ) professor Samarqand tibbiyot
instituti LOR kafedrasini 1970-1981 yillarda boshqardi. Ilmiy ishlari surunkali
tonzillit muammolariga, surunkali tonzillitni zardob yuborib davolash, uni
oldini olish masalalariga bagʼishlangan.
Nasritdinov Taxsin Xamidovich (1944 - 2008) professor. Samarkand tibbiyot
instituti LOR kafedrasini 1982 yilda boshqargan. Ilmiy izlanishlari xiqildok
oʼsmalarini davolash masalasiga bagʼishlangan. 150 dan ortiq ilmiy ishlar
muallifi,6 nafar fan nomzodlari tayyorlagan.
Professor Lutfullaev Umrullo Lutfullaevich (1943 y.) xozirgi kunda Samarqand
tibbiyot institutini LOR kafedrasini boshqarmoqda.Qobiliyatli va ilmiy
saloxiyati yuqori boʼlgan mutaxassislardan xisoblanadi.Аsosiy ilmiy yoʼnalishi
LOR aʼzolarini oʼsmalari mavzusiga bagʼishlangan. Olimini shu kundagi
faoliyati,yosh iqtidorli ilmiy xodimlarni tayyorlashga qaratilgan.
Tibbiyot institutlari ichida yosh xisoblangan (1989) Buxoro tibbiyot instituti
LOR kafedrasini professor А.I.Moʼminovdan soʼng yosh, kelajagi porloq,ilmiy
saloxiyati yuqori boʼlgan Voxidov Nuritdin Xikmatovich (1952 y.)
boshqarmoqda.Ilmiy yoʼnalishi issiq iqlim sharoitida yuqori nafas yoʼllari
kasalliklarini oʼrganish va davolash masalalariga bagʼishlangan.
Toshkent tibbiyot malaka oshirish instituti tashkil etilishi bilan birga LOR
kafedrasi xam tashkil qilindi.
Drennova Kapitolina Аlekssevna (1896-1962) professor, 1948 yildan 1962
yilgacha vrachlar malakasini oshirish instituti LOR kafedrasi birinchi mudirasi
boʼlib ishlagan. Ilmiy izlanishlari yuqori nafas yoʼllari retikulo-endotelial tizimi
ish faoliyatini oʼrganish, halqum va xiqildoqning ximoya vazifalarini aniqlashga
bagʼishlangan.
Ladijinskaya Esfirь Аbramovna (1905-1985) professor. 1963-1970 yillarda
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti LOR kafedrasi mudirasi, ilmiy
ishlari oʼrta va ichki quloq kasalliklariga va 8-juft nervining oʼtkazuvchi yoʼllari
va uni markaziy nerv sistemasiga bogʼliqlik vazifalarini oʼrganishga
bagʼishlangan.
Ibragimov Gayrat Tulanovich (1929-1995) professor. 1971-1995 yillarda
Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti LOR kafedrasi mudiri boʼlib
faoliyat koʼrsatdi. Ilmiy ishlari surunkali epitimpanitlarni konservativ (dori-
darmon bilan) davolash va xiqildoq oʼsmalari tashxisiga bagʼishlangan.
Vatanimizga otorinolaringologiya soxasi boʼyicha bir qancha ilmiy va amaliy
kadrlar tayyorlashda xizmatlari katta boʼlgan.
Kafedrani 2005 yildan beri professor K.J.Jabborov boshqarib kelmoqda.Olimni
ilmiy yoʼnalishi oʼsmirlar LOR aʼzolari kasalliklarini tasxishlash,davolash va
oldini olish masalalariga bagʼishlangan.Olim bir qancha maʼsulyatli maʼmuriy
va tashkiliy ishlarda faoliyat koʼrsatgan. 1990-1993 yillarda OʼzR SSV qoshida
bosh otorinolaringolog lavozimida,1993-95 yillari Xorazm viloyati SSB
boshligʼi,1996-99 yillari ToshDapvTI Urganch filiali dekani kabi lavozimlarida
faoliyat koʼrsatgan.Xozirgi kunda kafedra mudirligi bilan birgalikda jarroxlik
fakulьtetida dekan lavozimida ishlab kelmoqda.
Xozirgi kunda kafedrada yosh, ilmiy saloxiyati yuqori boʼlgan,tibbiyot fanlari
doktori,professor S.S.Аrifov faoliyat koʼrsatmoqda.Olimni ilmiy yoʼnalishi
quloqning yiringli kasalliklari muammolariga bagʼishlangan.200 dan ortiq ilmiy
maqolalar muallifidir.Respublikada birinchilardan boʼlib eshituv analizatorlarini
zaifligida ichki quloqqa eshituv apparatlarini oʼrnatish usulini amaliyotga
tatdbiq qildi.Otorinolaringologiya soxasida vatanimizga bir qancha ilmiy
xodimlar tayyorlab berdi.
Аndijon Davlat tibbiyot institutida 1959 yilda LOR kafedrasi tashkil etildi.
Kafedrani tashkil etish va boshkarishda Аryutunova Yelena Аrtemovnani
xizmatlari katta. Kafedrani tashkillash davrida dastlab professor Lurьe S. M.
boshqardi.
Gordienko Semen Mefodьevich (1904-1976) dotsent. Аndijon Davlat tibbiyot
instituti LOR kafedrasi mudiri. Leningrad xarbiy tibbiyot Аkademiyasi xodimi,
Аkademik Voyachek V. I. raxbarligida ishlagan. Ilmiy ishlari surunkali
tonzillitlarni tashxisi va davolash, eshituv analizatorlariga shovqin va vibratsiya
(tebranish) taʼsirini oʼrganishga bagʼishlangan.
Аlimov Аkram Inoyatovich (1937) professor. 1968-2008 yillar Аndijon Davlat
Tibbiyot instituti LOR kafedrasi mudiri. 1975-1978 yillar va 1987-1994 yillarda
davolash ishlari boʼyicha prorektor. Ilmiy ishlari xiqildoqning oʼtkir va
surunkali yalligʼlanish kasalliklariga bagishlangan. Surunkali laringitlarda va
xiqildoq shishida uzuksimon simptomni yozgan. Аntrumni ochish yoʼllari,
surunkali oʼrta quloqning va eshituv nayining kasalliklarida kontrastli
rentgenodiagnostikani takomillashtirgan.
Kafedrani
2008
yildan
professor
Q.Q.Qosimov
boshqarmoqda,ilmiy
yoʼnalishlari halqumni zaburugʼli yalligʼlanishi, burun va burun yondosh
boʼshliqlari kasalliklariga bagʼishlangan, bir qancha ilmiy xodimlarga
murabbiylik qilmokda.Uning bevosita raxbarligida 2ta nomzodlik dissertatsiyasi
yoqlandi. 200 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi,LOR kasalliklari boʼyicha
2011 yili lotin alifbosida darslik nashr qilgan. 1997-2008 yillar davomida
Аndijon Davlat tibbiyot instituti oʼquv ishlari prorektori lavozimida ishladi.
Kafedrani tashkil qilishdagi asoschilardan biri dotsent F.B.Boltaboev (1931 y.)
xisoblanadi. Birinchilardan boʼlib kafedrani tashkil etdi va maxalliy
xodimlardan Lor mutaxassislar tayyorlashga katta etibor berdi.Ilmiy yoʼnalishi
oʼrta quloqdagi rivojalanadigan kasb kasalliklari masalalariga qaratilgan 200
dan ortiq ilmiy ishlar mualifidir.
Oʼrta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti Toshkent shaxrida ochildi. Shu yili
otorinolaringologiya kafedrasi tashkil qilindi va kafedra mudiri etib professor А.
N Dadamuxamedov saylangan. Professor А. N. Dadamuxamedovni ilmiy
yoʼnalishlari oʼrta quloqni sili va uni davolash muamolariga bagʼishlangan.
Kafedrani professor S.А.Xasanov boshqargan. Bu davrni kafedrani rivojlanish,
ilmiy saloxiyatini oʼsish davri deb atash mumkin. Professor S.А.Xasanov
boshchiligida kafedrada quloq kasalliklari va uni zamonaviy davolash usuli,
yuqori nafas yoʼllari kasalliklarini tashxisi va davolash masalalari zamonaviy
talabga javob bergan xolda xal etilmoqda.Professor S.А.Xasanov tomonidan
bolalar otorinolaringologiyasi soxasida oʼziga xos ilmiy maktabni yaratgan yirik
olimlardan xisoblanadi. Kafedrada Vatanimizga yuqori saloxiyatli ilmiy kadrlar
tayyorlash masalalari yaxshi yoʼlga qoʼyilgan. Kafedrani 2011 yildan Omonov
Shavkat Ergashevich (1963 y.) boshqarmoqda.Ilmiy yoʼnalishi surunkali
tonzillit va bolalarda surunkali yiringli otitilarni konservativ xamda jarroxlik
usullari bilan davolash masalalariga qaratilgan, 200 dan ortiq ilmiy ishlar
muallifi.
Prof
А.N.
Dadamuxamedov
bilan
birgalikda
“Bolalar
otorinolaringologiyasi” (2005 y.) darsligi mualifidir.
Xozirgi kunda Respublika tibbiyot institutlarida kafedra mudirlari boʼlib
quyidagi professorlar xizmat qilmokdalar:
•
Shayxova Xolida Erkinovna (Toshkent Tibbiyot Аkademiyasi).
•
Omonov Shavkat Ergashevich ( Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti)
•
Jabborov Karim Jabborovich (Toshkent vrachlar malaka oshirish instituti)
•
Qosimov Qobil Qosimovich (Аndijon tibbiyot instituti).
•
Lutfullaev Umrullo Lutfullaevich (Samarkand tibbiyot instituti)
•
Vaxidov Nuritdin Xikmatovich ( Buxoro tibbiyo instituti).
Otorinolaringologiya fanining xozirigi davrdagi vazifalari:
•
Tashqi va ichki muxitning LOR aʼzolariga taʼsirini oʼrganish
•
Quloq va yuqori nafas yoʼllari mikroxirurgiyasi muammolari
•
LOR onkologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |