Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Oquvchilar bilimini baholash



Download 297,39 Kb.
bet21/36
Sana06.09.2021
Hajmi297,39 Kb.
#166725
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Oquvchilar bilimini baholash.

Sana:

Sinf: 8 “B”-sinf

Fan: Adabiyot

Mavzu: Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi. “Mirrix yulduziga” she`ri.

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Fitrat hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish,”Mirrix yulduziga ”she’rini ifodali o’qish va she’rni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish;

b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida erkni qadrlash tuyg`usini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyatini takomillshtirish;

Dars turi:yangi bilim berish;

Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil;

Dars jihozi :Abdurauf Fitrat siymosi,asarlari,darslik.

Darsning borishi

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Nodira hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

2.Nazm gulshani:Navoiy va Nodira she’rlari asosida.

Darsnng mohiyatini anglash bosqichida:

I.O`zbek milliy uyg`onish davrining jarchisi va asoschilaridan biri ,o`zbek milliy prozasi , maorifi ,tilshunosligi,adabiyotshunosligi, jamiyatshunosligi singari o`nlab sohalarning oyoqqa turishiga va rivojiga ulkan hissa qo`shgan adib Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat 1886-yil Buxoroda ziyoli oilasida tug`ilgan.Uning otasi Abdurahimboy zamonasining o`ziga to`q ,o`qimishli , dunyo ko`rgan kishilaridan edi.Uning tirikchiligi sarroflik va savdogarlik b-n kechgan.Kasbi taqozosi b-n Turkiya,Eron,Qashqarga tez-tez borib kelib turgan.Bo`lg`usi ijodkor avval shahardagi ko`plab eski maktablardan birida ,keyin mashhur Mir Arab madrasasida o`qiydi.18 yoshlarga yetganda bir muddat otasiga yordam beradi, u b-n birga haj ibodatiga ham boradi. 1904-1907-yillar oralig`ida ro`y bergan shu safar davomida yosh Fitrat dunyoning Turkiya,Eron, Hindiston,Arabiston,Rusiya singari mamlakatlarini o`zi u-n kashf qildi.1909-yilda Abdurauf o`zining bir necha hamshaharlari b-n Istambulga o`qishga ketadi.1913-yil oxirigacha Istanbuldagi “dorulmuallimin”-muallimlar gimnaziyasida o`qiydi.1909-yilda Fitrat dastlabki yirik asari-“Munozara”ni e`lon qildi.Asarning to`liq nomi “Hindistonda bir farangi ila buxorolik mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg`an munozarasi”b/b u fors tilida yozilgan.

Turli yillarda Fitrat o`nlab asarlarni yozib e`lon qildi:

“Rahbari najot”, “Oila”, “Begijon”, “Mavludi sharif”, “Abo Muslim” va h .

Fitrat yangi maktablar uchun “Muxtasar islom tarixi”, “O`qu” kabi kitoblarni yozdi.

Fitrat 30-yillar qatag`onida asossiz “turkparast”, “millatchi”, “islomparast”, “G`arbning josusi” degan tuhmatlar b-n ayblanib ,bir qator noqonuniy o`tkazilgan tergovdan so`ng 1938-yilning 4-oktabrida “xalq dushmani” sifatida aybanib otib o`ldirildi.

Fitratning dramatik asarlari:

1.“O`g`uzxon”

2.“Chin sevish”

3.“Abulfayzxon”

4.“Shaytonning tangriga isyoni”

5.“Arslon”

Fitratning ilmiy asarlari:

1.“Bedil”ilmiy ommabop ocherk

2.“O`zbek tili tajribalari to`g`risida bir tajriba:

Sarf (1-kitob),Nahv (2-kitob)”

3.“Sarfi zaboni tojik”

4.“Adabiyot qoidalari”

5.“Eng eski turkiy adabiyot namunalari”

6.“O`zbek adabiyoti namunalari”

7.“Sharq shaxmati”

8.“O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi ”

9.“Fors shoiri Umar Xayyom”

10.“Aruz haqida”

II.Fitrat haqidagi darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.“Mirrix yulduziga ” she`rini o`qib ,tahlil qilish:

Go’zal yulduz,yerimizning eng qadrli tuqg’ani,

Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg’a tushibsan,

Tuvg’aningga nechun sira gapurmasdan turibsan?

So’yla,yulduz ,holing nadir?Nechuk topding dunyoni?..

“Mirrix yulduziga” she`ri 1920-yilda yozilgan b/b, she`rdagi lirik qahramon shoirning o`zi.

Mirrix-Mars sayyorasi Shamsiy (Quyosh) yil hisobida Hamal-Mart oyining homiy sayyorasi sanaladi.Bu oyning unsure-xos belgisi-olovdir.

Futratning aynan Mars-Mirrix yulduziga murojaat qilishining yana bir ilmiy-mantiqiy sababi bor.Mars-Mirrix yulduzi , boshqa bir mifologik qarashlarga ko`ra , jang-u jadal ramzi, yunonlarda urush xudosi hisoblanadi.Fitrat “Mirrix yulduziga ” she`rida o`zimizdan chiqqan sotqinlar yurtfurushlarni dalil fosh qiladi.

II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.

III.Test sinovi.

1.Shoirning ilk chop etilgan asari.

A.”Sayha” B.”Munozara”

C.”Hind sayyohi qissasi” D.”Oila”

2.Forsiy tildagi she’rlar to’plami

A.”Sayha” B.”Begijon”

C.”mavludi sharif” D.”Munozara”

3.Fitratning “Og’uzxon”,”Chin sevish”,”Abulfayzxon”,”Shaytonning tangriga isyoni”,”Arslon ”kabi asarlari qaysi janrda yozilgan?

A.Nasriy asarlar to’plami B.Drama

C.O’quv qo’llanma D.She’riy to’plam

4.”Mirrix yulduzi” deganda qaysi sayyora nazarda tutilgan?

A.Yupiter B.Yer C.Saturn D.Mars

5.”Mirrix yulduzi” she’rining asosiy g’oyasi

A.Mars sayyorasining ko’rinishi

B.Xo’rlangan xalq va erkinlik

C.Ma’rifat va ma’naviyatni targ’ib qilish

D.Erkinlik va ozodlik uchun kurashish




Download 297,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish