Mavzu: Kirish. Ekologik kimyo fanining predmeti va ob’yekti reja



Download 25,5 Kb.
bet3/3
Sana13.06.2022
Hajmi25,5 Kb.
#661153
1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu

Ekologik muvozanatning buzilishi inson faoliyati oqibatida yuzaga keladi. Agar bu buzilish ma’lum kritik (keskinlik) holatidan yuqori bo’lmasa, muvozanat qaytadan tiklanadi. Bu hol atrof-muhit zaxiralari tugamaguncha davom etaveradi. Agar buzilish ma’lum keskinlik holatidan o’tib ketgan bo’lsa, u holda ekologik tizim ishdan chiqadi. Undagi hayot so’nadi yoki eng qashshoq va sodda ko’rinishda saqlanib qoladi. Yer kurrasining bir vaqtlar gullab-yashnagan mintaqalari, masalan, Afrika va Amerikaning cho’l tumanlari, Shimoliy Italiyaning tog’ etaklari, Amerika harbiylarining gerbitsidlar va defoliantlarni qo’llashlari natijasida Vetnam hududining bir qismi, O’zbekistonning Orol atrofi mintaqalari va boshqa ko’plab joylar insonning nooqilona faoliyati tufayli juda achinarli holatga kelib qolgan. Shuni tahkidlash joizki, ekologik muvozanat buzilganidan keyin ma’lum vaqt o’tib, yangi dinamik muvozanat yuzaga keladi. Bu holatni aniq misollarda ko’rib o’tish mumkin.
XX asrning 60 yillarida bog’lardagi olmani yeb qo’yadigan kuyaga qarshr DDT preparatidan ko’p foydalana boshlagan edi. Olma kuyasi bartaraf etilgandan so’ng, qizil qurtlarning o’rnashib olishi muammosi keskin bo’lib qoldi. Hali shu paytgacha bo’bonlarni qizil qurt muammosi tashvishga solmagan edi. Gap shundaki, mevali bog’larda qizil qurtlarning qirq beshta tabiiy dushmani mavjud. Shuning uchun ham u bog’larga kam zarar yetkazgan, chunki uning rivojlanib, ko’payib ketishiga tabiiy dushmanlari imkon bermagan. Bog’larga DDT bilan ishlov berilganda olma kuyalari bilan birgalikda qizil qurtlarning dushmanlari ham qirilib ketgan. Qizil qurtlar esa o’lmay qolishgan va oqibatda bog’larga katta zarar yetkazilgan. Boshqacha aytganda, ayni ekologik tizimdagi o’zgarishlar oldindan ko’ra bilinmagan noqulay oqibatlarga olib kelgan, ya’ni zararkunanda — qizil qurt yoppasiga tarqalib ketgan. Hali inson mustaqil tur sifatida shakllanmagan vaqtlarda ekologik muvozanat ta’minlangan va tabiiy - o’z-o’zini «sozlash» mexanizmi (tartibi) hukm surgan. Biror populatsiya haddan ortiq ko’payib, ayni muhitda oziqlanish imkoniyatining ortib ketib, tabiiy muvozanat buzilgan hollarda tabiatning o’z-o’zini «to’g’rilash» mexanizimi ishga tushgan va natijada muvozanatning yangi holati yuzaga kelgan. Bugungi kun sharoitida tabiiy muvozanatning buzilishiga ayrim shaharlarda ba’zan qarg’alarning birdan ko’payib ketishi misol boia oladi. Ular shahardagi oziq-ovqat chiqindilari va axlatlarni titib yurishadi. Qarg’alar galasining ko’payishi natijasida boshqa qushlar shaharda kamayib qoladi. Holbuki, ular hasharot-zararkunandalarni yeb, istirohat bog’lari va daraxtzorlarga katta foyda keltiradi. Shaharda ancha-muncha ko’payib qolgan qarg’alar «surbetlashib» vaxshiy qushga aylanadi va kamayib qolgan boshqa parranda-qushlarga hujum qila boshlaydi.
Xuddi ana shunday holat axlatxonalarga to’planib olgan, daryo, ko’l va dengiz chag’alaylari bilan ham kuzatiladi. 2000 yilning bahor-yozida Qozoghiston va Rossiyaning ayrim hududlarida chigirtkaning ko’payib ketishi va ularning maydondagi ekin-o’simliklarni yeb qo’yishlari tabiiy muvozanatning buzilishiga misol boiadi, Bunday hollarda, ma’lum vaqt o’tib, yangi ekologik muvozanat qaror topadi.
Tabiatdagi ayrim turlarning ekologik muvozanati buzilishi qisqa muddatli, masalan, bevosita toksik (zaharlovchi) ta’sir va bilvosita uzoq ta’sir tufayli kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bu holni bir necha misollarda ko’rib chiqaylik. Agar begona (yovvoyi) o’tlar gerbitsidlar bilan yo’qotilsa yoki o’simliklarning yuqumli kasalliklari bilan kurashishda ularni eltuvchilar bo’g’im-oyoqlilarni qirish uchun insektotsidlar qo’llanilsa u bevosita ta’sir hisoblanadi. Ammo mazkur kimyoviy vositalar yordamida begona o’tlar va hasharotlarni alohida tanlab yoqotish bilan bir qatorda foydali o’simlik, hasharotlar va hatto hayvonlar ham zarar ko’rishi mumkin. Bunday hollarda ham nomaqbul bevosita ta’sir yoki uzoq ta’sir ko’rinishlari namoyon boiadi. Qolaversa zararkunandalar bilan kurashishda inson tomonidan foydalaniladigan zaharli moddalar uzoq vaqt davomida yer-tuproqda, havo va suvda saqlanib qoladi. Chunki tabiatning o’zida ularni zararsizlantiradigan bakteriyalar (mexanizmlar) deyarli yohq. Bu zaharli moddalarning parchalanib ketishi yoki zararsizlanishi uchun ko’p hollarda juda uzoq vaqt talab etiladi.
Ko’pincha, ularning yemirilishi jarayonida yanada zaharliroq mahsullar paydo bo’lib qoladi. Holbuki, ularning xususiyatlarini biz hali bilmaymiz, shuning uchun ham ularni har tomonlama o’rganishimizga to’g’ri keladi. Yangi paydo bo’lgan zaharli mahsullar flora va faunalarning namunalariga juda uzoq vaqt ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu bilvosita uzoq muddatli ta’sirlar hisoblana-di. Boshqacha aytganda, bir zararkunandaga ta’sir etib, hech kutilmagan yoki o’ylab ko’rilmagan natijaga duch kelinadi. Xususan, daryo va ko’llarda baliqlar, o’rmon va yaylovlardagi foydali hasharotlar va qushlar, mazkur tuman hududlarida yashaydigan yovvoyi hayvonlaming qirilib ketishi yoki ko’plab o’lishiga sabab bo’ladi. Tabiiyki o’simliklar, hasharotlar, qush va hayvonlarning zaharlanib o’lishi esa qishloq xo’jaligi uchun juda katta zarar keltiradi.
Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish