Sinf: 9 Sana:
Fan: Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari
Mavzu: Kirish
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad:
- ezgulik tushunchasi haqida umumiy bilimlarga ega bo’lish.
b) tarbiyaviy maqsad:
- o’quvchining milliy istiqlol ruhida tarbiyalash;
- insonparvarlik ruhida tarbiyalash;
- o’zaro yordam hamda berilgan vazifani bajarishda mas’uliyat sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad:
- o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish;
- nutq madaniyatini o’stirish;
- ma’naviy bilim va malakasini rivojlantirish.
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar: o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish.
Dars turi: tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: zamonaviy, “Guruhlar bilan ishlash”.
Darsning jihozi: O’zbekiston Respublikasi xaritasi, darslik, fotosuratlar.
Darsning borishi:
1) Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish, fan va davr yangiliklari bilan tanishish.
2) Yangi mavzuni tushuntirish:
Inson qiziquvchan zot. U tabiat va jamiyatdagi ko‘pdan ko‘p muammolarga yoshligidanoq javob izlaydi. Voqea-hodisalarning mohiyatini tushunishga intiladi. Shu tariqa uning ongi rivojlanib, tasawuri kengayib boradi. Bu jarayon uzluksiz bo‘lib, olam harakatdan to‘xtamaganidek, inson ham bilish va fikrlashdan to‘xtamaydi. Ammo dunyoni bilish va tushunishning o‘ziga xos yo’llari, shakllari bor. Ularga ko‘ra bilimlar foydali yoki zararli, kerakli yoki keraksiz bo‘lishi mumkin. Masalan, sobiq SSSR davrida o‘qitiladigan bilimlarning ko‘pi befoyda va keraksiz edi. Chunki ular soxta g‘oya va mafkuraga asoslanar edi.
Shu bois inson hayot sinovlaridan o‘tgan haqiqiy g‘oya yoki mafkura asosida yashaydigan bo‘lsa, faqat kerakli va foydali bilimlami egallashga intiladi. Chunki g‘oya va mafkura maqsadni ravshanlashtiradi. Maqsad aniq bo‘lsa, oldinga qarab intilish ham, hayotning ma’nosini tushunish ham, haqiqatni anglash ham oson kechadi.
G‘oya va mafkura harakat manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bois inson o‘z orzu-intilishlari, qiziqish va ehtiyojlarini amalga oshirishda poydevor bo‘lib xizmat qiladigan g‘oya va mafkuraga hamisha ehtiyoj sezib yashaydi. Odamzotning ko‘p asrlik tarixi, xalqimizning qadimiy hayot yo‘li, mustaqillik yillaridagi tajribalar inson hech qachon g‘oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko‘rsatdi. Chunki tabiatda, jamiyatda bo‘shliq bo‘lmagani kabi, insonning qalbi va ongida ham bo‘shliq bo‘lmaydi.
Agar go‘dakning qo‘lidan o‘yin-chog‘ini olib qo‘ysangiz, u biroz yig‘lab, xarxasha qiladi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, haligi o‘yinchoqni esdan chiqaradi. Chunki uning xayolini boshqa narsa, deylik, qo‘liga tutqazilgan kitob yoki daftar band etadi. Ya’ni, uning murg‘ak ongidagi o‘yinchoqqa bo‘lgan qiziqishni darhol boshqa narsaga bo‘lgan qiziqish egallab oladi. Insonning tabiati shunday: bir narsaga qiziqmasdan turolmaydi.
Shuning uchun ham agarda insonning qalbi yoki ongida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yilsa, u o‘z orzu-intilishlari va hayotiy manfaatlariga mos qadriyatlarga emas-u, balki soxta g‘oya hamda mafkuralarga ishonib, to‘g‘ri yo‘ldan adashishi, yaxshilik o‘rniga yomonlik, ezgulik o‘miga yovuzlik ortidan ergashib ketishi mumkin. Ayniqsa, soxta g‘oya va mafkuralar tajovuzkor bo‘ladi, zaif va mo‘rt odamlami tezda o‘z domiga tortadi.
Tajovuz degani birovga kutilmaganda hujum qilib, unga jarohat yetkazishni bildiradi. Tajovuzkorlik — buzg‘unchilik va vayronkorlikning asosi. Shuning uchun dunyodagi aksariyat vayronkor kuchlar tajovuzkor g‘oya va mafkuralarga tayanadi. XX asrning 30-yillarida Germaniyada hukmronlik qilgan fashizm, o‘tgan yuzyillikda sobiq SSSR hududida ildiz otgan sho‘ro tuzumi harakatining kirdikorlari bunga misol bo‘la oladi.
Bunyodkor g‘oya va mafkuralar esa o‘z ta’sirini ma’rifat asosida yoyishga intiladi. Prezident Islom Karimov aytganidek, ular jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash olib boradi.
3) Darsni mustahkamlash:
1. Islom Karimov g’oyalar xususida qanday fikr bildirgan?
2. Tajovuzkorlik deganda nimani tushunasiz?
3. Soxta g’oya va mafkuraga asoslangan bilimlarni bilasizmi?
4) O’quvchilarni baholash va xulosa chiqarish: tekshirish, reyting asosida dars jarayonida baholab borish.
5) Uyga vazifa: mavzu oxirida savollarga javob yozish, atamalar va sanalarni yodlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |