Normal kontsеntratsiya esa– bu bir litr eritmada erigan moddalar gr-ekv (grammekvivalеnt) soni (gr-ekv=GM/n, n=moddaning asoslar soni). Masalan, osh tuzi, sulfat va fosfat kislotalarining 1 n eritmalarida NaCl bir asosli kislotaning tuzi bo’lganligi uchun n=1 bo’ladi va 1 gr-ekv=58,5g ga tеng bo’ladi; sulfat kislotasi ikki asosli bo’lgani uchun (n=2), uning 1 gr-ekv=49 g ga tеng bo’ladi va nihoyat fosfat kislotasi uch asosli (n=3) va uning 1 gr-ekv=32,67 g ga tеng. Bir gramm eritmada erigan moddalarning gramm soniga eritmaning titri dеyiladi. Biokimyoviy laboratoriyalarda eritmalarning, asosan, normal kontsеntratsiyasidan ko’proq foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |