Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy



Download 465,17 Kb.
bet35/192
Sana31.12.2021
Hajmi465,17 Kb.
#229554
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192
Bog'liq
Mavzu Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi dar-fayllar.org

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)


Ajratiladigan vaqt (reglament)


1

Tashkiliy qism


5 daqiqa




2

Ma’naviyat daqiqasi




3

O‘tilgan mavzuni takrorlash


5 daqiqa




4

Yangi mavzuni tushuntirish


25 daqiqa




5

Mustahkamlash


5 daqiqa




6

O‘quvchilarni baholash


5 daqiqa




7

Uyga vazifa berish




DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Yusuf Xos Hojib jahonning ulug‘ adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir.Adibning nodir iste’dodi natijasi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasidir. Adib bu bilan turkiy o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqdi. Adib haqidagi ma’lumotlar, asosan, dostonning o‘zidagina saqlangan. U o‘zi tug‘ilgan joyni Quz O‘rdu deb ko‘rsatgan. Bu manzil qadimgi Yettisuvning markazi – Bolosog‘unning

ko‘plab nomlaridan biridir. Hozirgi Qirg‘izistonning To‘qmoq shahri yaqinida uning xarobalari saqlanib qolgan.

Adib Bolosog‘undan Qashqarga ko‘chib borgan. Dostonni shu yerda tugatgan. Doston nihoyasiga yetganida adibning yoshi ellikdan yuqori («Tegurdi manga algi ellik yashim») bo‘lgan. Har holda u «(qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush)» bo‘ldi deb ta’kidlaydi. Yana bir o‘rinda «O‘ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi, agar oltmish (yosh) qo‘l tegizsa, nimalar qilar ekan?» degan qayd ham borki, bular asar yozilib bo‘lgan chog‘larda muallifning ellikni to‘ldirib, oltmishga yaqinlashib qolganini ko‘rsatadi. Kitob so‘ngida ilova qilingan qasidalarda ham qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan: asar yozilgan muddat («Tugal o‘n sakkiz ayda aydim bu so‘z»), yozib tugatilgan sana («Yil altmish eki erdi to‘rt yuz bila»), shuningdek, o‘z nomining keltirilishi («E Yusuf, kerak so‘zni so‘zla ko‘ni»,

ya’ni «Ey Yusuf, kerak so‘zni ro‘yi rost so‘zla») shu siraga kiradi. Umumiy hajmi olti ming olti yuz baytdan ortiq bo‘lgan dostonning bir yarim yilda yozilishi adibning juda kata tajribasi va ulkan mahoratidan dalolatdir. Asar Qashqarda tugatiladi va mamlakat eligi – hukmdori Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxonga tortiq qilinadi. Buning evaziga esa u xos hojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi. Bular asardagi nasriy muqaddimada o‘z aksini topgan.

Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Adib haqidagi tasavvurlaringizni aytib bering.

2. Adib tarjimayi holidagi qaysi fakt va hodisalar siz uchun qiziqarli bo‘ldi?

3. Yusuf Xos Hojibga zamondosh bo‘lgan mashhur ijodkorlardan kimlarni bilasiz?

4. Adibning «(qora) quzg‘un tusidek boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush)» bo‘ldi, – degan gaplarini qanday tushunish kerak?

5. Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxon nima uchun adibga «Xos Hojib» mansabini bergan?

6. «Qutadg‘u bilig»ning ma’nosi nima? Nega adib asariga shunday nom bergan?

7. Oyto‘ldining nutqida ayrim harakat va ramzlar (ko‘rsatilgan joyga o‘tirmaslik, to‘p, ko‘zning yumilishi, yuzni o‘girish va boshqalar)ning qanday izohlanganini tushuntirib bering?




Download 465,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish