Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Yozuvchi Faridaning o‘n besh yoshlik paytidagi ajib bir ziddiyatni, ya’ni sho‘xlik-o‘jarliklari qolmaganini, ammo go‘zallashib borayotganini «Fe’li bo‘ri bolasiga o‘xshasa-yu, yuzi rassom chizganday chiroyli bo‘lsa!» degan bir kimsaning ta’biri bilan ta’kidlaydi. Farida o‘z dugonalari, xususan, Mishel ismli qiz bilan sirlashadi, kerak bo‘lsa, uning ko‘zi oldida sevishganlar rolini ham ijro qiladi. Shunday ijrolardan keyin Farida o‘ylanib qoladi: «Sevgi degan narsaning roli odamni shu qadar yondirib titratsa, kim biladi, uning o‘zi qanday ekan?» Darhaqiqat, roman shunday olovli, o‘tli muhabbatning tarixidan ham so‘zlaydi. Farida bilan Komronning o‘zaro yaqinlasha
borishi uchun adib Mujgon obrazidan ham foydalanadi. Farida o‘zining Komronga munosabatlarini, barcha qilg‘iliklarini so‘zlab berganida, Mujgon Komronning ham
Faridaga befarq emasligini aytadi. Farida bundan jahllanadi, xayolga beriladi.
Roman boshlanishidagi yosh qizning hayot yo‘li bora-bora Birinchi jahon urushi davridagi turk xalqi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy muammolar foniga
olib o‘tiladi. Roman faqatgina Farida bilan Komron orasidagi ishq-muhabbat bayonidangina iborat emas, balki oddiy xalqning turmush tarzi, boshidan kechirgan mashaqqatlari, insonlararo murakkab munosabatlarini haqqoniy yoritishi jihatidan
ham muhim sanaladi. Muhtaram o‘quvchi! Farida bilan Komron o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zbek adabiyoti tarixidagi, ayniqsa, avval o‘tgan sinflarda o‘qilgan asarlarning aynan shunga yaqin qahramonlari qismati bilan qiyoslash ham o‘rinli bo‘ladi. Xususan, Otabek bilan Kumush yoki Anvar bilan Ra’no o‘rtasidagi go‘zal insoniy fazilatlar «Choliqushi» romani bosh qahramonlari tabiatida ham qaysidir shaklda o‘z ifodasini topgan. Bunday tasavvur o‘quvchida badiiy adabiyotni boshqa
xalqlarning asarlari va ulardagi obrazlar bilan qiyosiy o‘rganish malakasini hosil qiladi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. «Choliqushi» romanini to‘liq o‘qib chiqing va shu nomdagi film asosida qiyosiy muhokama qiling.
2. Siz ham o‘z xotiralaringizni yozib borasizmi? Yoki bunday fikr sizda endi uyg‘ondimi?
3. «Faridaga maktub» mavzusida kichik ijodiy matn yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |