Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Asardagi joziba, shiddatli bayon uslubi, Farida obrazining betakror qirralari har kimning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortadi. Roman boshlanishida Farida es-hushini tanigan kunlardagi kayfiyatni, atrof-muhitga, odamlarga, yaqinlariga munosabatlarini bayon etadi. Fransuz tili muallimasi Aleksi opaning taklifiga ko‘ra boshqa tengdoshlari kabi u ham bolalik xotiralarini yozadi: «Men baliqlar singari ko‘l ichida tug‘ilganga o‘xshayman. Onamni es-es bilaman... Otam, enagam, xizmatkorimiz Husayn ham esimda... Bir kun meni ko‘chada quvgan qora laychani... Bir kun to‘la savatdan yashiriqcha uzum olayotganimda barmog‘imni chaqib olganarini... Ko‘zim og‘riganda tomizilgan qizil dorini... Mehribon Husayn bilan Istanbulga kelganimizni... Ha, shularga
o‘xshash ko‘p narsalarni eslayman... Lekin bulardan hech biri ilk xotira emas... Faridaning bu inshosi boshqa o‘quvchilarga ham o‘qib eshittiriladi. Mazkur parchadagi tasvirlar, birinchidan, roman muallifining o‘z qahramonini boshqalardan ajratib ko‘rsatishi, ikkinchidan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘riso‘z, badiiy tafakkur tarziga ega ekanini boshidanoq ma’lum qilishi uchun zarur edi. Faridaning o‘z e’tirofiga ko‘ra: «Menga
kelsak, men butunlay boshqacha qiz edim», – deb yozadi u. Roman Faridaning shu «boshqacha»ligi tafsilotlari asosiga qurilgandir. Ayniqsa, Faridaning maktabdagi o‘qish yillari va shu muhitda turli sarguzashtlarni boshidan kechirgani, ba’zan turli qiziqchilik uchun atay hazillar boshlashlari – bularning barcha-barchasi roman sahifalari miqdori ko‘paygan sari o‘quvchining ushbu shaddod qahramon to‘g‘risidagi tasavvurini
to‘ldirib, yaxlitlashtira boradi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
4. Faridani boshqalardan ajratib turadigan tabiatiga xos xususiyatlar to‘g‘risida fikringizni ayting.
5. Asardagi Komron, Narimon, Mujgon obrazlariga tavsif bering.
6. Roman voqealari qayerda sodir bo‘ladi?
7. «Choliqushi» romani bilan o‘zbek adabiyotidagi shunday romanlarni qiyoslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |