Mavzu: Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi darsning maqsadi: a ta’limiy



Download 465,17 Kb.
bet47/192
Sana31.12.2021
Hajmi465,17 Kb.
#229554
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   192
Bog'liq
Mavzu Kirish. Adabiyot – ma’naviyatni yuksaltirish vositasi dar-fayllar.org

Darsning tarkibiy qismi

(bosqichlari)


Ajratiladigan vaqt (reglament)


1

Tashkiliy qism


5 daqiqa




2

Ma’naviyat daqiqasi




3

O‘tilgan mavzuni takrorlash


5 daqiqa




4

Yangi mavzuni tushuntirish


25 daqiqa




5

Mustahkamlash


5 daqiqa




6

O‘quvchilarni baholash


5 daqiqa




7

Uyga vazifa berish




DARSNING BORISHI:

Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.

Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.

O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.

Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.

Rabg‘uziy qissalari va hikoyatlarida axloqiy-ta’limiy qarashlar ifodasi yetakchilik qiladi. Deyarli har bir hikoyatda shunday qarashlar aks etgan. Sulaymonning qarinchg‘a (chumoli) bilan so‘zlashgani hikoyatida ham bu hol kuzatiladi. Sulaymon – Dovud payg‘ambarning o‘n ikkinchi, kenja o‘g‘li. U ham boshqa akalariday «olim, faqih, oqil» yigit edi. Dovud podshohligi unga meros qoldi. Ammo otasiga o‘xshab o‘z hunarini ham qo‘ymas edi. U temirchilik hunarini oliy darajaga yetkazdi. Bu hunarning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi . O‘zbek adabiyotida payg‘ambarlardan Dovud va Sulaymon

nomi ko‘p uchraydi. Ayniqsa, «...taxti Sulaymon » iborasi ko‘p qo‘llanadi. Rabg‘uziyning yozishicha, «Taxti bir yig‘och yer ichinda erdi. Ul taxtini oltun, kumush birla qilmish erdi». Sulaymonning chumolilar podshosi bilan suhbati kata ma’rifiy

va axloqiy-ta’limiy ahamiyatga molik. Unda kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan ayrim illat va kamchiliklar ustida so‘z boradi. Hikoyatda Sulaymon katta mavqega ega bo‘lgan,

manman, kibrli, manfaatdor hukmdor sifatida gavdalanadi. Aksincha, qarinchg‘a – chumolilar podshosi dono, tadbirkor, xalq g‘amini yeydigan hukmdor, ma’rifatparvar, olim, orif sifatida ko‘zga tashlanadi. Rabg‘uziy shaxs kamoloti faqat jismoniy sifatlar bilan belgilanmasligini (qarinchg‘alarning ulug‘i oqsoq erdi), buning uchun undagi aqliy-ma’naviy fazilatlar ustun bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. Qissa epik janrga mansub. Unda muayyan voqea-hodisalar tasviri qalamga olinar ekan, bunda voqealarning izchil tasviri, ulardagi qahramonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish yetakchilik qiladi. Qissalar hajmiga ko‘ra yirik bo‘ladi. Bu yiriklik faqat hajm nuqtayi nazaridangina emas, tasvirlanayotgan voqea-hodisalar ko‘lami, ulardagi ishtirokchilar soni bilan ham izohlanadi.

Qissalar o‘zbek nasrining ajoyib namunasidir. Ularda xalq tilining o‘sha davrdagi ko‘rinishlari butun boyligi, tarovati, kuchi, qudrati, qo‘yingki, mavjud holati bilan namoyon bo‘lgan. Qissalar tarkibida ba’zan she’riy parchalarning uchrashi esa uning mazmunini boyitgan, ta’sirchanligini yanada oshirgan. Asar hammasi bo‘lib 72 qissadan iborat. Qissalar payg‘ambarlar (Nuh, Muso, Iso, Ya’qub, Sulaymon, Dovud, Muhammad va boshqalar) to‘g‘risidadir. Goho bir qissa ichida uning mazmunini to‘ldiruvchi boshqa qissa, rivoyat, hikoyatlar keltiriladi.



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

1. Hikoyatlar tilida qanday o‘ziga xosliklar e’tiborni tortadi? Ularda lug‘aviy, so‘z shakli va uslubiga ko‘ra qanday farqlar mavjud?

2. «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatini qismlarga ajrating. Har bir qismga sarlavhalar toping.

3. Hikoyat savol-javoblarga tayanadi. Ana shu suhbatda Sulaymon va qarinchg‘aga xos qanday xislatlar namoyon bo‘lmoqda?

4. Hikoyatdagi so‘zlarning qo‘llanishiga e’tibor bering. Aytingchi, qaysi gap qoliplari hozirgi tilimizdagidan farq qiladi?

5. Hikoyatlardagi dialoglarni yana bir marta o‘qib chiqing. Ularning vazifasini aniqlang.

6. Asardagi qaysi so‘zlar hozirgi adabiy tilimizda faol qo‘llanmaydi?


Download 465,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish