Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘quvchilar bilan quyi sinflarda olingan bilimlarni og‘zaki yoki tarqatmali materiallar asosida takrorlash – savol-javob o‘tkaziladi. Mustaqil o‘qish uchun berilgan topshiriqlar o‘quvchilardan so‘raladi.
Yangi mavzu bayoni: O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
«Ruhlar isyoni» dostoni Erkin Vohidov ijodida muhim o‘rin tutadi. Doston o‘tgan asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan otashin bengal shoiri Nazrul Islomning qahramonona va fojiali taqdiriga bag‘ishlanadi. Shoirga qalbidagi dardini ifodalash uchun Nazrul Islomning achchiq qismati vosita bo‘lgan. Chunki o‘sha davrda O‘zbekiston ham sobiq Ittifoqning mustamlakalaridan biri bo‘lib, o‘zbek xalqining erki va mustaqilligi o‘z qo‘lida emas edi. Mustamlakachilar tomonidan o‘zbek millatining ming yillik an’ana va urf-odatlari, milliy qadriyatlari, ilm-u urfonining toptalishi, yo‘q qilinishi, ma’rifatparvarlarni xalq dushmani sifatida qamalishi va qatl etilishi, so‘z erkinligining yo‘qligi shoirni ushbu mavzuga qo‘l urishga undagan, albatta. Chunki yurt boyligi yetarli bo‘lsa-da, xalqining mehnatiga yarasha farovon yashamasligi, kamsitilishi, nazar-pisand etilmasligi Erkin Vohidovga ham Nazrul Islomday tinchlik bermadi. Shu bois Erkin Vohidov nafaqat o‘zini, barcha erksevarlarni qiynayotgan dil tubidagi dard-sitamlarni Nazrul Islom tilidan barilla aytishga jazm etdi va bunga erishdi. Ammo bu she’rni eshitgan olomon da’vatkor shoirni xalq tinchini buzuvchi dushmanga chiqardi. Olomonning o‘z shoirini anglab yetmagani, unga ergashmagani mustamlakachilarga juda qo‘l keldi va shoir ozodlikdan mahrum etiladi.
Malomatga qoldi endi
Shoir bitib haq doston.
Hindu uni «jobon» dedi,
«Kofir» dedi musulmon.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1.Dostonning «Isyon qo‘shig‘i», «G‘alayon», «Tutqunlikda», «Ozodlik» sarlavhasi ostida berilgan matnlarini kichik guruhlarda muhokama qiling va taqdimot o‘tkazing.
2. Doston nima uchun «Ruhlar isyoni» deb nomlangani borasida o‘zaro fikr almashing.
3. Dostondan olgan taassurotlaringizni ijodiy yondashgan holda qisqacha yozing.
4. Shoir «Inson» qasidasida qanday qarashlarini tasvirlaydi. Shoir qarashlarini matnga asoslangan holda izohlang.
5. «Yaxshidur achchiq haqiqat» she’rini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |