1.5 Kimyoviy reaksiyalarning kinetik sinflanisi
Kimyoviy reaksiyalar kinetik jihatdan reaksiyaning molekularligi va reaksiya tartibiga ko’ra sinflanadi. Kimyoviy reaksiyaning elementar aktida ishtrok etuvchi molekulalar soniga qarab reaksiyalar monomolekular (reaksiyada bitta molekula ishtrok etadi), biomolekular (reaksiya borishi uchun kamida ikkita molekula bo’lishi kerak), trimolekular (reaksiyaga uchta molekula kirishadi) va polimolekular (reaksiyada uchtadan ortiq molekula ishtrok etadi) reaksiyalarga bo‘linadi. Amalda polimolekular reaksiyalar deyarli uchramaydi. Bi- va tri-molekular reaksiyalarning amalga oshirish uchun ikkita yoki uchta zarracha o‘zaro to‘qnashishi kerak. Zarrachalar soni ko‘paygan sari bunday to‘qnashuv ehtimolligi kamayib boradi: uchta zarrachaning to‘qnashish ehtimolligi ikkita zarrachaning to‘qnashishi ehtimolligidan kam, to'rtta zarrachaning to‘qnashishi ehtimolligi esa uchta zarrachanikidan kam va deyarli sodir boimaydi. Agar reaksiyada ko‘p molekulalar ishtrok etadigan bo‘Isa, jarayon ancha murakkab yo‘l bilan ikki yoki uch bosqichda boradi. Monomolekular reaksiyada bitta molekula qatnashadi. Bunga radiy atomining parchalanib radonga aylanishi, ba:zi molekulalar - ning ichki molekular o‘zgarish reaksiyalri kiradi, masalan: Oddiy monomolekular reaksiyalar uchun reaksiya tezligi qu - yidagicha ifodalaniladi: v = kC. Bunda C - boshlang'ich moddaning konsentratsiyasi. Biomolekular reaksiyalarda ikkita molekula reaksiyaga kiri - shadi, masalan: H2+J2=1HJ Oddiy biomolekular reaksiyalar uchun reaksiya tezligi: и = kCxC2. Bunda C, va C, boshlang‘ich moddalaming konsentratsiyasi. Trimolekular reaksiyalarda bir vaqtning o‘zida uchta molekula o‘zaro to‘qnashishi kerak. Bunga quyidagi reaksiya misol boia oladi: 2N0+H2=N20+H20 Umumiy holda trimolekular reaksiyaning tezligi quyidagicha ifodalaniladi: и = kC x C2 ■ C3 Bunday reaksiyalar juda kam uchraydi. Reaksiya tartibi. Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog‘liqligi tenglamasidagi konsentratsiyalar daraja ko‘rsatkichlarining yig‘indisi reaksiya tartibini ko'rsatadi. Shunga ko'ra barcha reaksiyalar birinchi tartibli, ikkinchi tartibli va uchinchi tartibli reaksiyalarga bo‘linadi. Yuzaki qaraganda esa tartibi uning molekularligi bilan bir xildek,ko'rinadi, lekin aslida bunday emas. Oddiy gomogen reaksiyaning tartibi reaksiyaning elementar aktida ishtirok etadigan molekulalar soniga mos keladi. 176 www.ziyouz.com kutubxonasi Lekin nolinchi tartibli reaksiyalar va tartibi kasr son bilan ifodalanadigan reaksiyalar ham bor. Reaksiyaning tezligi reaksiya davomida o‘zgarmasa. bunday reaksiya nolinchi tartibli bo‘ladi. Nolinchi tartibli reaksiyalarga adsorbsiyaning modda konsentratsiyasiga bog‘liq bo'lmagan sohasi misol bo‘la oladi. Yuqori haroratda sodir bo‘ladigan
N,+02=2N0 reaksiyaning tezligi shunday ifodalaniladi:
Bu tenglamani integrallasak,
Do'stlaringiz bilan baham: |