Mavzu: Dinamika asoslari. N`yutonning birinchi qonuni. - Bu qonun, dastavval, Galiley tomonidan aniqlangan. Keyinchalik Isaak N`yuton «Natural filosofiyaning matematika asoslari» deb nomlangan kitobda (1687-yilda nashr etilgan) harakatlarni o`rganishda oid barcha ma`lumotlarni umumlashtirib, dinamikaning uchta asosiy qonunini baen etdi. Shu sababli mazkur qonunlar N`yuton qonunlari deb nom olgan.
- N`yutonning birinchi qonuni kuyidagicha ta`riflanadi, har qanday jism tinch holatini eki tug`ri chiziqli tekis harakatini bu jismga boshqa jismlar ta`sir qilmaguncha saqlaydi.
Agar N`yutonning birinchi qonuni biror sanoq sistemasida o`rinli bo`lsa, bu sistemaga nisbatan tug`ri chiziqli tekis harakat qiladigan boshqa sistemalarda ham o`rinli bo`ladi. Bunday sanoq sistemalari inertsial sanoq sistemalari deb ataladi. U holda N`yutonning birinchi qonunini kuyidagicha ta`riflasa ham buladi` inertsial sanoq sistemasida erkin jism o`z tezligini o`zgartirmaydi. Mazkur ta`rif tinch holatdagi jism uchun ham taalluqli, albatta. Chunki jismning tinch holati - uning tezligi nolga teng bulgan xususiy holdir. - Agar N`yutonning birinchi qonuni biror sanoq sistemasida o`rinli bo`lsa, bu sistemaga nisbatan tug`ri chiziqli tekis harakat qiladigan boshqa sistemalarda ham o`rinli bo`ladi. Bunday sanoq sistemalari inertsial sanoq sistemalari deb ataladi. U holda N`yutonning birinchi qonunini kuyidagicha ta`riflasa ham buladi` inertsial sanoq sistemasida erkin jism o`z tezligini o`zgartirmaydi. Mazkur ta`rif tinch holatdagi jism uchun ham taalluqli, albatta. Chunki jismning tinch holati - uning tezligi nolga teng bulgan xususiy holdir.
N`yutonning ikkinchi qonuni. - N`yutonning birinchi qonuniga asosan, inertsial sanoq sistemasida ihtieriy jismning tezligini o`zgartirish uchun unga boshqa jism eki jismlar sistemasi ta`sir qilishi lozim. Bu ta`sirlashish jaraenida bir jismdan ikkinchi jismga harakat uzatiladi. Harakatning uzatilishi faqat jismlarning bir-biriga bevozita tegishida amalga oshishi shart mas. Haqiqatdan, er sirtidan biror balandlikda turgan jismni tayanchdan ozod qilsak, u tekis tezlanuvchan harakat qilib er tomon erkin tusha boshlaydi. eki xarakatlanaetgan po`lat sharcha yaqiniga kuchli magnit joylashtirsak, sharchaning harakati o`zgaradi.
N`yutonning uchinchi qonuni. - Ikki jism o`zaro ta`sirlashishning mohiyati shundaki, agar birinchi jism ikkinchi jismga biror bir kuch bilan ta`sir etsa, o`z navbatida ikkinchi jism ham birinchi jismga albatta qandaydir kuch bilan ta`sir etadi.
Butun olam tortishish qonuni. - Barcha jismlar erga tortiladi. Umuman, tabiatdagi barcha jismlar orasida o`zaro tortishish kuchlari mavjudki, bu kuchlarni N`yuton butun olam tortishish kuchlari deb atadi. Bu kuch gravitatsion kuch deb ham ataladi.
Elastiklik kuchi. Guk qonuni. - Tashqi kuch ta`sirida qattiq jismning shakli eki xajmi o`zgarishi deformatsiya deb ataladi. Deformatsiyani vujudga keltiradigan kuchning ta`siri yo`qolgach, qattiq jism o`zining avvalgi shakli va hajmini tiklasa, elastik deformatsiya sodir bo`ladi.
Ishkalanish kuchlari. - Ikki jismning bir-biriga tegip turgan sirtlari orasida vujudga keladigan va shu jismlarning bir-biriga nisbatan siljishiga to`sqinlik qiladigan kuchlarni ishqalanish kuchlari deb ataladi.
- Ishkalanish kuchlarining vujudga kelishiga asosiy sabab bir-biriga tegib turuvchi jismlar sirtlarining g`adir-budurligi va jismlar zarralari orasidagi o`zaro tortishishdir
- «Ish» tushunchasining ma`nosi kundalik turmushda qo`llaniladigan tushuncha ma`nosidan farqlanadi. Xususan, odam og`ir toshni siljitish maqsadida itaradi. U toshni qo`zg`ata olmagan bo`lsa-da, chiranishi tufayli charchaydi. Mexanika nuqtai nazaridan, mazkur holda odam ish bajarmagan hisoblanadi, chunki mexanikada ish sodir bo`lishi uchun kuch ta`sirida jismning ko`chishi amalga oshishi shart.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: - A.T.Glazunov, I.I.Nurminskiy, A.A.Pinskiy. O`rta maktabda fizika o`qitish metodikasi. (Nostatsionar hodisalar elektrodinamikasi, kvant fizikasi). T.: 1998 y.
- B.M.Mirzaxmedov, N.M.Mamadiyorov. O`rta maktabda fizika o`qitish metodikasi. Guliston.: 1992 y.
- B.M.Mirzaxmedov, N.B.G`ofurov, F.F.Toshmuhamedov. Fizika o`qitish metodikasi kursidan o`quv eksperimenti. T.: 1989 y.
- A.Yusupov, B.Mirzaxmedov, N.B.G`ofurov, F.F.Toshmuhamedov. Fizikadan praktikum. T.: 1992 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |