Mavzu: kimyoviy bog’lanish va uning turlari. Reja



Download 23,8 Kb.
bet2/5
Sana03.07.2022
Hajmi23,8 Kb.
#737018
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU KIMYOVIY BOG\'

2. Kovalent bog‘lanish
Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‘lanish kovalent bog‘lanish deyiladi. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita yadroni tutib turadi) bog‘lanishdir. Kovalent bog‘lanishli birikmalar gomeopolar yoki atom birikmalari deyiladi. Kovalent bog‘lanishning ikki turi: qutbsiz va qutbli bog‘lanish bor. Qutbsiz kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari bir xil bo‘lgan atomlar o‘zaro ta’sirlashganida kovalent qutbsiz bog‘lanishli molekulalar hosil bo‘ladi. Bunday bog‘lanish H2, F2, Cl2, O2, N2 kabi oddiy moddalarning molekulalarida bo‘ladi. Bu gazlarda kimyoviy bog‘lanishlar umumiy electron juftlar vositasida, ya’ni muvofiq elektron bulutlarning o‘zaro qoplanishi tufayli hosil bo‘ladi; bu jarayon atomlar bir-biriga yaqinlashganida yadro bilan elektron orasidagi tortishuv natijasida amalga oshadi. Qutbsiz kovalent bog‘li moddalarning elektron formulalarini qanday tartibda tuzish kerakligini (azot molekulasi N2 misolida) qarab chiqamiz:
1. Elektronlarning azot atomidagi energetik pog‘ona va pog‘onachalarga joylashish sxemasini yozamiz: +7N  1 s2 2 s2 
2. Azot atomida uchta toq elektron borligini aniqlab olamiz: shunga ko‘ra, N2 molekulasi tarkibida ikkita azot atomi orasida uchta bog‘lovchi elektron juft hosil bo‘lishi kerak: N : N
3. Har qaysi azot atomining tashqi elektron pog‘onasida qoladigan ajralmas bir juft elektronni alohida tarzda quyidagicha belgilaymiz::N: N:
Qutbli kovalent bog‘lanish. Elektrmanfiyliklari jihatidan bir-biridan u qadar keskin farq qilmaydigan elementlarning atomlari o‘zaro ta’sirlashganida umumiy elektron juft elektrmanfiyligi kattaroq bo‘lgan atom tomon siljiydi. Buning natijasida kovalent qutbli bog‘lanish hosil bo‘ladi. Kimyoviy bog‘lanishning bu ko‘rinishi anorganik va organik birikmalarda eng ko‘p uchraydi. Kovalent bog‘lanish hosil bo‘lishining boshqacha — donor-akseptorli mexanizmi ham bo‘lishi mumkin. Bu holda kimyoviy bog‘lanish bitta atomning ikki elektronli buluti bilan boshqa atomning erkin orbitali hisobiga vujudga keladi. Misol tariqasida ammoniy ioni NH4+ ning hosil bo‘lish mexanizmini ko‘rib chiqamiz. Ammiak molekulasida azot atomining bo‘linmagan elektronlar jufti (ikki elektronli buluti) bo‘ladi: Vodorod ionida ls- orbital bo‘sh (to‘lmagan); uni shunday belgilash mumkin: H+. Ammoniy ioni hosil bo‘lishida azotning ikki elektronli buluti azot bilan vodorod atomlari uchun umumiy bo‘lib qoladi, ya’ni u molekular-elektron bulutga aylanadi. Demak, to‘rtinchi kovalent bog‘lanish vujudga keladi. Ammoniy ioni hosil bo‘lish jarayonini ushbu sxema bilan ko‘rsatish mumkin: Vodorod ionining zaryadi umumiy bo‘lib qoladi (u delokallashgan, ya’ni barcha atomlar orasida tarqalgan), azotga tegishli ikki elektronli bulut (taqsimlanmagan elektronlar jufti) esa vodorod bilan umumiy bo‘lib qoladi. Sxemalarda katakchaning tasviri Ѓ ko‘pincha tushirib qoldiriladi.

Download 23,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish