Ekvivalentlar qonuni. - Tarkibning doimiylik qonunidan moddalar bir-biri bilan aniq miqdoriy nisbatlarda birikishi kelib chiqadi.
- Masalan, 49 g sulfat kislota 32,5 g rux bilan reaksiyaga kirishganda 1 g vodorod ajralib chiqadi. Sulfat kislota o’rniga 36,5 g xlorid kislota olinsa ham o’shancha vodorod ajralib chiqadi. Ruxning o’rniga alyuminiy olinsa, 1g vodorod ajralib chiqishi uchun 9 g alyuminiy kerak bo’ladi.
Moddalar o’zlarining ekvivalentlariga proporsional miqdorda reaksiyaga kirishadilar. m1|m2=E1|E2 - Kimyoviy elementning ekvivalenti deganda, uning 1 mol vodorod atomlari bilan to’liq reaksiyaga kirisha oladigan yoki kimyoviy reaksiyalarda uning o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi.
E=A|V V - valentligi. - Misni (Cu) ni ekvivalenti 64/2= 32 yoki 64/1 =64 ga teng. Alyuminiyni ekvivalenti 27/3=9 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |