Chok-chok o`lg`an ko`nguldek tah-batah qon bo`ldi gul (2.4.315)
bayti misralarining uch ruknida,
Yetishsa ishq aro yuz mehnatu balo, qadah ich,
Nafas-nafas quyubon may to`la-to`la qadah ich (2.4.226)
baytida esa ikkinchi misraning ikki ruknida mohirona qo`llanganini ko`ramiz. Demak, mukarrar lafz raddul ajuz alas-sadr san'atiga o`xshab bayt misralarining turli o`rinlarida qo`llanishi mumkin.
Mukarrar lafz san'ati XV asrdan keyingi o`zbek she'riyatida ham qo`llanib keldi. Jumladan, Zokirjon Furqat ijodida bu san'atning xilma-xil ko`rinishlarini uchratamiz. Chunonchi, uning
Avval-avval lutfingiz haddin ziyod erdi menga,
Emdi-emdi marhamat kamrog`ingizga dog`man (2.4.358)
kabi ko`plab baytlari fikrimizning dalilidir.
Umuman, shoir g’azaliyotida qo’llangan takrir va mukarra san’atlari baytlarning musiqiyligini, ohangdorligini, jozibadorligini ta’minlash bilan birga, ularning g’oyaviy mazmunining yanada yuksak bo’lishiga, lirik qahramon hissiyotlarining, qalb kechinmalarining chuqur va yorqin ifodalanishiga xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |