Мавзу: “Kelurnoma” ideografik lug‘atning ilk namunasi sifatida Reja



Download 17,37 Kb.
bet1/2
Sana26.02.2022
Hajmi17,37 Kb.
#472661
  1   2
Bog'liq
N. A leksikografiya 4 mavzu


-мавзу: “Kelurnoma” ideografik lug‘atning ilk namunasi sifatida


Reja:

  1. “Kelurnoma” lug‘atining yaratilishi.

  2. Kitobning tuzilishi

  3. Lug‘atda bir ma’noli so‘zlar, antonimlar, omonimlar, yozilishi bir xil so‘zlarning berilishi

Darsning maqsadi: talabalarga “Kelurnoma” asarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushuncha berish.


Mavzuning qisqacha mazmuni
Muhammad Yoqub Chingiy Hindistonda yurtga egalik qilgan boburiy xonlardan oxirgisi Abu Muzaffar Muhiddin Avrangzeb o‘rdasida xizmatda bo‘lgan edi. U o‘zining “Kelurnoma” asarini xonning buyrug‘i bilan yozgan. Fanda “Kelurnoma”ning ikkita qo‘lyozmasi ma’lum: biri - O‘zRFA Sharqshunoslik institutinida 5052 raqami ostida, ikkinchisi esa Britaniya muzeyida saqlanmoqda.
Kitob o‘n besh bobdan tuzilgan (qarang: KN); har qaysi bob o‘z ichida fasllarga bo‘linadi. SHundan o‘n to‘rt bobi fe’llarga bag‘ishlanadi. Ularda 400 dan ortiq turkiy fe’l shakllari berilgan. Fe’llar masdar shaklida (-maq/-mağ affiksi bilan), shuningdek, o‘tgan, hozirgi-kelasi hamda kelasi zamonda, bo‘lishli va bo‘lishsiz ko‘rinishlarida berilib, har qaysisi forschaga tarjima qilingan: uyqulamaq – xābidan, uyquladp – xābid, uyqulaptur – xābida ast, uyqular – xāhad xābid, uyqulabdp – xābida bud, uyqulaydur – mixābad, uyqulamadp – naxābid, uyqulamaptur – naxābida ast, uyqulamas – naxāhad xābid, uyqulamabdї – naxābida bud, uyqulamaydur – namixābad, uyqula – baxāb, uyqulama – maxāb, uyqular-biz – mixābim mā, uyqulamas-biz - namixābim mā singari.
Boblar alifbo sirasidagi harflar bilan boshlanuvchi fe’llarga atalgan: birinchi bob – “alif” harfi bilan boshlanuvchilar, ikkinchi bob – “ba”, uchinchisi – “ta”, to‘rtinchisi – “chim”, shu ketma-ketlikda o‘n to‘rtinchi bob “yay” bilan boshlanuvchi so‘zlarga bo‘linadi. Har qaysi bob o‘z ichida fasllarga ajraladi. Masalan, uchinchi – “ta” harflilar bobining birinchi fasli – tanpmaq, ikkinchi fasli – tanmaq, uchinchi fasli – tonamaq, to‘rtinchi fasli – tӧnmaq fe’lining o‘tgan, hozirgi-kelasi hamda kelasi zamondagi, bo‘lishli va bo‘lishsiz ko‘rinishlari haqidadir. Jumladan, tanї- fe’lining formalari quyidagicha: tanїmaq, tanїdї, tanїtur, tanpr, tanїbdї, tanїydur, tanїmadї, tanїmaptur, tanїmas, tanїmabdї, tanїmaydur, tanї, tanїma, tanїr-biz, tanїmas-biz.
Lug‘atning so‘nggi – o‘n beshinchi bobi ismlarga atalgan bo‘lib, ular ma’nosiga ko‘ra guruhlashtirib chiqilgan. Bu bob to‘qqiz fasldan iborat. Masalan, birinchi fasl – ko‘k va uning bilan bog‘liq narsalar, ikkinchisi – yer va unda joylashgan narsalar, shunday ketma-ketlikda oxirgi fasl – olmosh, yordamchi so‘z va qo‘shimchalar haqida. Masalan, ko‘k va uning bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarning oti: ksk, quyaš, kndš, kn, ay, aydpn, yulduz, Yetdikdn, Hlkdr, ağpl, yaruq, yaruqluq, yašpn, čaqpn, pldprpm, bulut, yağpš (yog‘ingarchilik), yağmur, čibdr (shivirlagan yomg‘ir), qar, muz, čapqun, yz, yel, qpraw, suw, ot, čoğaš (quyoshning tafti), yalpn, čdŋ, ayas (toza havo), šdrn, taŋ, kn, kndz, kečd, ertd, keč (kech, vaqtga nisbatan), keč (o‘tmak, kechmak), axšam, qaranğu, alav, manyar, qpš, yaz (bahor), sawuq, pspğ. YOki yer va unda bor bo‘lgan narsalar: yer, tufraq, čdgd (qum), qum, teŋiz, say, arna (suv yo‘li, kanal), bulaq, quduq, qaq (ko‘lmak), quyun, arpq, qayun (qayiq), qaypq, kemd, čuqur, qpraq (qirg‘oq), olaŋ (dasht, tekislik), yaban (dasht, tekislimk), yazp (tekislik), balpğ, yplan singari.
Lug‘atda bir ma’noli so‘zlar, antonimlar, omonimlar, yozilishi bir xil so‘zlar bir yerda, muayyan izchillikda beriladi. Masalan: quyaš, kndš, kn – quyosh; yašpn, čaqpn, pldprpm - chaqmoq, yashin; yağpš, yağmur – yomg‘ir; čdgd, qum – qum; qayun, qaypq – qayiq; olaŋ, yaban, yazp - tekislik, dasht; uy, skz – buqa, ho‘kiz; indk, spypr – sigir singari sinonimlar lug‘atda ketma-ket keltiriladi.
Yoki: ertd – erta, keč – kech singari zid ma’noli so‘zlar;
Yoki: keč – kech (kechki payt), keč – kechmoq, fe’l; tz – tekislik, tz – to‘g‘ri, chin ma’nosini bildiruvchi omonimlar ketma-ket keltirilgan. YOzilishi va o‘qilishi bir-biriga yaqin, ma’nosi turlicha bo‘lgan: arpq – ariq, arpğ – toza so‘zlari ham bir yerda, sababi tilni yaxshi bilmaydigan kishi ularni qorishtirib yuborishi hech gap emas. YOzilishi bir xil, talaffuzi turlicha so‘zlar ham shunday izchillikda. Masalan, زوت omografi ma’nosi va talaffuziga ko‘ra turli anglamlarda keladi: tz – tekislik, tz – to‘g‘ ri, rost; tuz – tuz, osh tuzi; toz – chida-; toz – chang; toz - bardam bo‘l, bo‘yunsun-; tz - tuz, sozla;
Yana bir jihati, fasllar ichida so‘zlarning ketma-ketligi tartibsiz emas, ma’nolariga qarab oldinma-ketinlikda beriladi. Masalan, qarindosh-urug‘chilikni bildiruvchi so‘zlarga bag‘ishlangan faslda avval tug‘ushganlar (uluğ ata, ata, aba, abağa (amaki), uluğ aba (katta amaki), kičik aba (kichik amaki), ana, uluğ ana, ača (ona), dkd, ağa, ini, apa, egdči, jiydn, siŋil), so‘ng to‘ydan keyin shakllangan qayinbo‘ylar (qaypn ata, qaypn ana, qaypn egdči, qaypn siŋil, qaypn ini, qaypn ağa), undan keyin xotin bilan bog‘liq urug‘lar (qalpnlpq (kelin), xatun (xotin), oğlan (avlod), oğul, qpz), er-xotinlikdan kelib chiqqan qarindoshlar (kiyaw, ydzna (pochcha), qušarta (sevgili), abušqa (er), er), qarindosh-urug‘larning umumiy nomlari (qarpndaš, uruğ, dtdkd (erkak tarbiyachi), atalpq (ota tomondan bog‘lanish), endgd) va boshqalar keladi. Kishi tana a’zolarini bildiruvchi otlar haqidagi faslda ketma-ketlik bosh va uning a’zolari bilan boshlanib, oyoq uchi bilan oxirlaydi. Yoki sonlarga bag‘ishlangan fasl sonning darajalari asosida birdan boshlanib, minglik bilan tugaydi.



Download 17,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish