2.4.Kartoshka kuyasiga qarshi kurashning kartoshka hosildorligiga ta’siri.
2013-yildagi kuzatuvlar shuni ko’rsatganki, kartoshka kuyasi Tayloq tumani sharoitida 5-6 to’liq avlod berib, asosan aprel oylirida paydo bo’lgan, vegetasiyaning oxirigacha to’xtovsiz davom etib, adabiyotlarda bayon etilgan ma’lumotlarga to’g’ri kelgan va yashil massaga juda katta zarar keltirgan. Ayrim hollarda kartoshkaning yer usti qismi 27-45 % gacha nobud bo’lgan, natijada yer ostki qismiga ya’ni tuganaklarning hosil bo’lishiga, ularning rivojlanishiga katta zarar yetkazgan, hosildorlik rejaga nisbatan ham kam bo’lgan (nazorat variantida), lekin o’z navbatida kimyoviy himoyalangan maydonlardagi hosildorlik, ishlov berilmagan, himoyalanmagan maydonlarga nisbatan gektaridan 14,4-20,8 sentnergacha ortiq bo’lgan hamda tuganaklarni saqlqsh davrida ham ko’plab saqlanib qolishi kuzatilgan. O’rtacha hosildorlik ishlov berilmagan maydonlarda gektariga o’rtacha 115,2 sentnerni tashkil etgan bulsa, Desis 0,4 l/ga purkalgan maydonda gektaridan o’rtacha 136,0 sentner bo’lgan, boshqa variantlarda ham yuqori 129,6-133,9 sentnerni tashkil etgan. Nazorat maydoniga nisbatan hosildorlik 12,5-18,1 % saqlanib qolganini tajriba natijalaridan ko’rish mumkin. (3-jadval). Kartoshka kuyasi qurtiga qarshi kurashish, nafaqat birinchi, balki uzoq davom etadigan barcha fazalari va avlodlariga olib borilganda yetishtirish mumkin bulgan hosilni saqlab qolishga erishish mumkin ekan.
Shovot tumani xo’jaliklarida kartoshka kuyasiga qarshi kurashishning iqtisodiy ko’rsatkichlari.Bozor iqtisodiyoti davrida har-bir bajarilgan ish, tajriba o’zini iqtisodiy tomondan ijobiy baholashi kerak, ya’ni o’sha xo’jalikka iqtisodiy foyda keltirishi ko’zda tutilgan.
Xulosalar
Kartoshka kuyasi tez urchiydigan, o’suv hamda saqlash davrida xavfli zararkunanda bo’lishi, unga qarshi kurashishni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda, shuning uchun ham oldinlari qo’llanib kelgan fosfororganik birikma Fazalon bilan bir qatorda yangi istiqbolli insektisidlardan Detsis va Sumi-alfa preparatlarni ham sinab ko’rilgan. Bu preparatlar Fazalonga nisbatan 3-4 barobar kam meyyorda ham qurt, ham kapalaklarga yuqori biologik aktivlik ko’rsatib, samaradorligi qurtlariga 87,2 %, kapalaklarga esa 76,4 % dan yuqori bo’lganligi tufayli hosildorlik ham 12,2-18,1 % saqlanib qolinishiga erishilgan. Ekologiya talablariga to’liq javob beradigan meyyorlarda yuqori natijalarga erishilgan. 2. Detsis 2,5 % k.e. 0,4 l/ga meyyordagi variant har tomonlama ustunlik qilgan. Boshqa pestisidlardan o’zining qulayliklari bilan ajralib turgan. Shuning uchun ham pestisidlar assortimentidan xo’jalik sharoitida kartoshka kuyasiga qarshi Desisdan foydalanish tavsiya etish mumkin bo’ladi. 3. Kartoshka kuyasi Respublikamiz bo’ylab yildan-yilga tarqalayotganini inobatga olib unga qarshi kurashni yanada takomillashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |