Kassirni vaqtinchalik al- mashtirishga ehtiyoj tug‘ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida, u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘
Kassirni vaqtinchalik al- mashtirishga ehtiyoj tug‘ilganida korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida, u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash va boshqa maqsadlar uchun sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim. Kassaga pul topshirilayotgan paytda KO–1 shakldagi kirim kassa orderi rasmiylashtiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.