Kassa muomalalari hisobi - Kassa muomalalarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bank boshqarmasining 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Korxona kassasidagi pul mablag‘larining hisobga olinishi buxgalteriya hisobining 9-sonli BHMA- ga asosan tartibga solinadi. Korxonaga tegishli pulning bank tomonidan belgilangan uncha katta bo‘lmagan miqdoridagi qismi naqd pul sifatida kassada saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |